o ‘m ini iloji boricha ozroq qisqartirishdek sinovdan o ‘tgan yo‘lidan
bordilar. Urganch teatrining mos ravishda
qoraytirilgan oynavand
vitrajlarining faqat vestibyul qismi qoldirilgan.
Hozirda Istiqlol san’at saroyi Toshkenting eng yirik jam oat tomosha
binosi (arxitektorlar E. Rozanov, V. Shestopalov SN IIEP binolar va
sport inshootlari,Tosh
N IIP I bosh plan, S. Odilov, F. Tursunov),
respublika san’at va ijtimoiy-siyosiy hayoti markazi. U nda yirik tadbirlar,
ilmiy anjumanlar, konsertlar o'lkaziladi va hokazo. Bino kompozisiyasi
hajm-kenglikni o‘zida namoyon etib, ixcham, to ‘rtburchak
shakldagi
binoning markazini 4100 o'ringa mo‘ljallangan tomosha zali tashkil
etadi. Arxitektorlik badiiy ycchim milliy arxitektura namunalari asosida
hal etilgan. Bino fasadlari uslublashtirilgan quyoshqaytarg‘ich bezakU
panjara
bilan aylantirib chiqilgan, u o £zbek arxitekturasining milliy
an’analarida bajarilgan. Bino eshiklariga bezakdor ravoqlar qo‘ndirilgan.
Bino tepasida muqarnas shaklidagi friz - bo‘g‘ot ko‘rk berib turibdi.
U marmar qoplamali yig‘ma temir-beton qismlaridan yasalgan. Balkonli
amfiteatr sifatida hal etilgan. Saroy tomosha
zali miqyosi va nafisligi
yaxshi topilgani bois yaxlit va shinam ko'rinadi. Sahna va kinoproyeksion
m oslam alarn ing texnik jih o/.lanishi eng m urakkab zam onaviy
spektakllarni qo‘yish imkonini hcradi. Ovo/. qaytarg‘ich chig‘anoq-
larining u yoq-bu yoqqa og‘ib turishi turli
xildagi musiqali tomoshalar
va nutqning a’lo darajada yangrashiga imkon beradi. Shiftning plastik
tuzilmasiga o'matilgan rangdor chiroqlar sahnani turli rangda yoritishga
xizmat qiladi va nurli musiqa ta ’siri uyg'otadi. Vestibyul va bir necha
sathda
hal etilgan foye va kuluarlar, ularga tutash bufetlar yaxlit oqib
o ‘tuvchi qo‘shrang kenglik hosil qilgan,
ikkita ulkan marmar zinalar
hamda eskalatorlar bilan bog‘langan.
Fasadlarning yorqin tovlanishiga qarshi o ‘laroq bino intererlari
zich, qaram a-qarshi ranglar qorishig'ida hal etilgan va kompozi-
siyasining mushtarakligi hamda yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi.
Saroy ichki kengligiga kiruvchi monumental-bezak san’ati
asarlari
tantanavor muhit va bayramona ko‘tarinkilik yaratadi. Ayniqsa, bino
intererlari arxitekturasi va arxitektorlarning monumentalchi rassomlar
bilan birgalikdagi ijodiy ishini alohida ta ’kidlash joiz. Vestibyuldagi A.
Buxorboyev bajargan «Bayram», «Gullayotgan o'lka» mavzularida
tabiiy toshlardan florensiya qurog'i uslubidagi pannolar e ’tiborga molik.
M onumentalchi rassom B.Jalolov Prezidium zalida mavzuli panno —
gobelen ishlagan. Y og'och o ‘ym akorligini Q. H aydarov va D.
Fayzullayev guruhi ijro etgan. Bufet va ziyofat zalidagi
bezakli naqshu
87
nigorlami X. Jalilov va A. Ilhomov guruhlari bajargan. Saroy intererida
lojuvard tusli katta sopol devor alohida ta’sirchanlikka ega, u binoga
qadam qo‘ygan har bir tomoshabinning e ’tiborini darhol o ‘ziga tortadi
(rassom A. Kedrin).
Do'stlaringiz bilan baham: