1964-yilda Toshkentdagi Shahrisabz (sobiq Birinchi may) ko‘chasida
joylashgan
sobiq «Pishchevik» o ‘yingohi hududida usti yopiq suzish
havzasi qurilgan edi. Havza yaxshi joyda o'rin olgandi — u bolalar
bog‘i hududiga tutash bo‘lib, undan foydalanish uchun zarur issiq suv
va bug' manbalari topilgan joyda edi. Topshiriq loyihasi sakkiz balllk
zilzilani
hisobga olib, foydali, yengillashtiruvchi quriimalar (yig‘ma
tem ir-beton arklar, ular 6 m m asofada bir-biriga parallel qilib
joylashtirilgandan foydalanib) Giprosport tipiy loyihasi asosida ishlab
chiqilgan (1958-y arxitektorlar L. Lezovskaya, L. Chukseeva). Arklar-
ning uzunligi 35 m, ulaming ustidan
temir-beton plita tom yopilgan,
ichkarining haroratini m o‘'tadil saqlab turuvchi bu qurilma qurilish
ishlarining eng ko‘p darajada industriallashuvini ta ’minlagan. 21x50 m
hajmidagi qozon vanna havzaning negizi hisoblanadi, uning tagida
tashqi kiyimlar xonasi, shamollatish xonasi, qozonga suv berish xizmati
bo‘yicha texnik xona joylashgan. Fasadlar arxitekturasini hal etishda
mualliflar
ichki amaliy mazmunni, shuningdek inshootning sport
tabiatini ifoda etishga harakat qilganlar. Butun inshoot karamzit beton
panellar bilan to‘sib chiqilgan va qurilma ichkarisi ko£rinib turuvchi
tem ir panjaralarga katta-katta shisha varaqlari qoplangan. Asosiy
devoming katta vitrajiga tutash bosh eshik ko‘zga yaqqol tashlanib
turadi. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yaxshi,
reja chuqur va yaxshi
o ‘ylangan, biroq bino qurilishida janubiy koloritning o ‘ziga xosligi
yetishmaydi. Bu jihatdan Navoiy shahridagi yozgi suzish havzasi
maqtovga sazovor — Giprosport tipiy loyihasi bo‘yicha garchi bino
faoliyatini yaxshilash maqsadida bir muncha ishlov berilgan bo‘lsa-
da, hajm bo‘yicha ixcham va arxitekturasi o ‘ziga xos. T o‘rtburchak
shakldagi vannalari bo'lgan ochiq sun’iy vannalar mavjud,
ulaming
atroflarida qishki va yozgi xonalar joylashgan. Namunaviy loyihani
qayta ishlash natijasida (arxitektor L. Lavrov, muhandis V. Kurennoy)
foydalaniladigan tom qurilgan, u yer yuzasi bilan ikki temir-yog‘och
zinapoyalari bilan ulangan. Bino quyoshto‘sg‘ich bostirma ko‘rinishidagi
quriimalar bilan jihozlangan, ular foydalaniladigan tom ustidan yassi
asbosement varaqlaridan, shuningdek yoriqlarni to ‘ldirish uchun «IJ-
1» bloklaridan ishlangan.
0 ‘zbekiston ko‘chasidagi 1964-yilda qad ko‘targan m a’muriy bino
va Panorama kinoteatri (hoziigi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi)
jamoat binosi qiyofasini yaratishda katta yutuq bo‘ldi.
0 ‘zbekistonko‘chasidagi m a’muriy bino (arxitektorlar A. Faynleyb,
V. Berezin, S. Eshonxo‘jayev, Yu. Xaldeev,1 muhandis E. Lenneshmidt
76
va boshq.) shaham ing markaziy qismida B o‘zsuv
anhori yonida
maydonning yuqori pog'onasida joylashgan va tevarak-atrofdan baralla
ko‘rinib turadi.
Maydonning kenglik kompozisiyasi pod'ezdlami, binoga olib keluv-
chi keng zinapoyalar yam-yashil qiyaliklami, anhor tomondagi tayanch
devorlami o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilgan yer maydoni qarshidagi
sobiq Gagarin bog‘i va Bo‘zsuv anhor sohili bilan yaxshi kirishib ketgan.
Arxitektorlar maydon relefidan muvaffaqiyatli foydalanganlar. Bino
majmui ikki blokdan iborat — asosiy ma’muriy bino va yo‘lak bilan
ulangan majlislar zali. Kompozisiya majlislar zalining pastak bloklari
bilan m a’muriy bino baland hajmining qarama-qarshiligiga asoslangan.
Fasadlar oddiy va shinam. M a’muriy binoning oldi shimolga qaragan
va temir-beton qobirg‘alar yaqqol ifoda etilgan (3,6 m oraliqda), ular
oynavand bo‘lib, tik alyuminiy to‘siqlar bilan bo‘laklarga bo‘lingan.
Devoming yotig‘iga b o lin ish i birinchi va oxirgi (texnik) qavatni
bo‘rttirib turadi; zamonaviychasiga qurilgan
ulkan soyabon katta eshik
shu yerdaligini bildiradi. Janubga qaragan va quyoshdan himoya qilingan
asosiy binoning hovli devori panalagichlarga boy hamda janubiy tusga
ega. K atta-katta yuzali oynalar, qator ustunlar va yaqqol ko‘zga
lashlanib turuvchi to'siqlar ham majlislar zali bloki me’morchiligiga
Do'stlaringiz bilan baham: