masining qayta tiklangan muhtasham binosi xuddi shimoli-sharqdagi
oldida qo‘shimcha binosi bo'lgan 14 qavatli qayta tiklangan bino kabi
maydon janubiy qismidagi binolar ansamblini nihoyasiga etkazadi.
Jimjimador ark va uning ustida parvoz qilayotgan turnalar - baxt
ramzi ham da nasi davomini anglatib, Sh. Rashidov ko'chasi va
metroning Mustaqillik bekati tomondan maydonga olib kiradigan ochiq
darvozaga o ‘xshaydi.
U m u m a n , 0 ‘z b e k isto n R e sp u b lik a sin in g b o sh m ay d o n i
arxitekturaviy-badiiy vositalari bilan o ‘ziga xos qiyofa kasb etgan bo'lib,
unda landshaft arxitekturasi, dizayn va haykaltaroshlik kompozisiyalari
usullaridan keng foydalanilgan.
Toshkent mintaqasi.
Toshkent viloyati va Toshkentni yaxUt hududiy
tizim — Toshkent mintaqasi deb qarash «Toshkent viloyatining tum an
rejasi tarhi»ni ishlab chiqishda asosiy konsepsiya sanaladi. Mintaqa
muammolarining xilma-xilligi va ular echimini «Tarh» mualliflari uch
yo‘nalishda qarab chiqqanlar: xo‘jalik-iqtisodiy majmuini rivojlantirish,
mintaqa hududining faoliyat-rejaviy tashkil etilishini takomillashtirish;
atrof-muhit holatini muhofaza qilish va yaxshilash.
«Toshkent viloyati tum an rejasi tarhi»ning tub qoidalariga muvofiq
Zafar va Gulbahor tuman markazlari bosh rejalari ishlab chiqilgan
edi; Fazalkent, Angren, Bekobod, Bo‘ka va viloyatning boshqa qator
tumanlari bosh rejalari ishlab chiqilmoqda.
Bu loyihalarda asosiy harakatlar shaharlar faoliyat-rejaviy tashkil
etilishini tartibga solish, ular ijlimoiy-iqtisodiy qudratini, hududni
muhandislik — texnik jihozlar bilan ta’minlashni, transport xizmatini
rivojlantirish, qulay ekologik sharoitlar yaratish, obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan.
1990-yillar oxirida 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ommaviy
dam olishni tashkil etish muammosini ko‘tarib chiqdi va Toshkent
mintaqasida istirohatni rivojlantirish vazifasini q o ‘ydi. «Toshkent
boshreja» instituti Chimyon-Chorvoq kurort-istirohat tumanini rivojlan
tirish Konsepsiyasini, Chimyon Chorvoq dam olish zonasi bosh rejasini,
Buqacho‘l va Yusupxona majmualarini mufassal rejalashtirish loyiha-
larini, shuningdek alohida inshootlar qurish loyihalarini ishlab chiqdi.
C h im y on -C h orv oq tu m an i hozirgi v aqtda 0 ‘zbekistondagi
istirohatni tashkil etishning yaxshi istiqbollari bo‘lgan eng yirik kurort-
istirohat tumanlaridan biri bo'lib qolmoqda. U keng, 96649 ga maydonni
cgallagan bo'lib, unda mualliflar fikri bo'yicha 100 mingdan ko'proq
dam oluvchi uchun sharoit tug'dirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: