Shaharsozuk tarixi


Samarqand bosh rejasi



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

103


Samarqand bosh rejasi. 
Samarqand shahrining 2020-yilgacha bo‘lgan 
davri bosh rejasini 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan 
«Toshkentboshreja» instituti (bosh arxitektor V. Akopjanyan, 2005-y.) 
ishlab chiqqan. Samarqand shaharsozlik rejasining o ‘ziga xosligi va 
murakkabligi shundan iboratki, u yerda jahon ahamiyatidagi noyob 
tarixiy-madaniy meros bilan bog‘liq talablar va mintaqaning zamonaviy- 
yirik m a’m uriy-xo‘jalik markazi faoliyatlari bilan bog‘liq talablari 
e’tiborga olinishi zarur. Muammolarni hal etishni mualliflar shahar 
hududiy va miqdoriy o ‘sishini barqarorlashtirish zarurhgida, shahar 
tarixiy qismini (Afrosiyob, «Eski shahar», «Yangi shahar») shaharsozlik 
faoliyati va tarh b o ‘yicha «oraliq» m intaqasining tarixiy negizini 
shakllantirishni alohida tartibga ega zonalari sifatida rejaviy ajratib 
ko‘rsatishda deb biladilar. Loyihani ishlab ehiqishda shahar turli 
qismlarini yagona butunlikka jamlovchi reja sinchiga katta e’tibor 
berilgan. Transport-aloqa tizimi markaziy zonadagi tarixiy jihatdan 
yuzaga kelgan radial-halqa tuzilmaning chekka zonadagi tangenssimon 
shohrohlar va to ‘g‘riburchakli ko‘chalar tarmoqlarining ochiq tizimi
Samarqand. 2020-yilgacha mo‘ljallangan shahar bosh rejasi, 2005-y.
«Toshkentboshreja» instituti.
104


bilan birikib ketishi asosida tuzilgan. Shahaming tabiiy sinchi alohida 
ahamiyatga ega, u qulay qurilgan anhorlar va ariqlardan iborat bo'lib, 
ular butun shahar oralab oqib o'tadi, ko'chalar, xiyobonlar va b og lam i 
sug'orish bilan birga istirohat hamda muhitni himoya qilishning uzluksiz 
tizimini yuzaga keltiigan va shahar chekkasidagi manzarador majmualar 
bilan tutashib ketgan.
Samarqand shahri rejasi konsepsiyasini ishlab chiqishda mualliflar 
quyidagi qoidalardan kelib chiqqanlar:
— tarixan vujudga kelgan zonalarning rejaviy tuzilmasi shaharsozlik 
madaniyati yodgorligi hisoblanadi va moddiy madaniyat yodgorligi 
bilan bir qatorda muhofaza qilinadi;
— «ansambl muhofazasi* tushunehasi (ko'plab xorijiy mamlakatlar 
misolida) uning tevarak-atrofini ham o ‘z ichiga oladi;
— ta ’mirlash, qayta tiklash va /.amonaviylashtirish chog'ida, shu­
ningdek istiqomat, ijtimoiy shnmltInrini yaxshilash chog'ida an’anaviy 
turar-joy muhitiga aralashuv chtimolligining yo‘l qo'yilgan chegara va 
usullarini aniqlash;
— tarixiy zonalar hududiga muhofa/н «oraliq* zonalarni tashkil etish;
— tarixiy zona ichkarisida transport ta ’minoti usullarini aniqlash;
— tarixiy zonani muhandislik texnik kommunikasiyalar bilan ta ’­
minlash.
Shahar rejaviy tuzilmasidu loyiha ho’yicha Markaziy rejaviy tum an 
ajratib ko'rsatiladi - bu uzluksiz harakat loyihaviy shohroh halqasi 
doirasidagi hududdir. U shahar nia’muriy markazini, eski «Тemuriy 
shahar»ning tutash mahallalarini, «Afrosiyob» qadimshunoslikmajmua- 
sini va ancha keyingi davrga oid sidirg'asiga bir qavatli uylardan iborat 
mahallalami o ‘z ichiga oladi. Пи zona rivojlanishining ustuvor yo‘na- 
lishlari — tarixiy merosning madaniy ahamiyatini oshirish, uning yashash 
qobiliyatini ta ’minlash, atrof-muhitni saqlash va qayta tiklash, naqliyot 
va ijtimoiy kengliklar, piyodalar zonalari, sayyohlik yo'llari tizimini 
rivojlantirish, hordiq faoliyatini rivojlantirish, hudud muhandislik 
jihozlarini yaxshilash.
Samarqand shahar bosh rejasi ni ishlab chiqish chog'ida mualliflar 
jamoasi vatan sayyohligi kabi iqtisodiy jihatdan foydali sohalardan 
biri sifatida xalqaro sayyohlikni rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratdi.
Sayyohlami jalb etadigan obidalar hamda majmualar — bu Registon 
majmualari, Amir Temur masjidi va Bibi Xonim maqbarasi, Shohi 
Zinda majmui, G o‘ri Amir maqbarasi, Oqsaroy, Ishratxona, shuningdek 
Xoja Abdi Bemn, Xoja Abdi Dorun, Ruhobod va hokazolarni o ‘z
105


ichiga olgan shahar tarixiy markazidir. Shahar rejasida ular shaharsozlik 
kompozisiyasining asosiy unsurlari sifatida qaraladi va tutash hududlami 
qayta tiklash bo'yicha loyihaviy echimlar shularga bo'ysunadi.
Iqtisodiy-jo'g'rofiy jih atd an manfaatli holatga ega Samarqand 
shahri istiqbolda xalqaro havo qatnovi rivojlangan aeroportga ega, 
shuningdek, respublika shaharlari o ‘rtasida ham, ulardan tashqarida 
ham avtomobil va tem ir yo‘l transport aloqalari rivojlangan yirik 
transport tarmog'i sifatida shakllangan.
Samarqand shahar yangi bosh rejasi oldingilaridan shu bilan farq 
qiladiki, respublika shaharsozlik loyihalashtirish amaliyotida mualliflar 
birinchi m arta g‘ayrioddiy usulni qo'lladilar - shaharning mavjud 
hududidan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalanib, to ‘g‘ri yondosh- 
ganlar. Shahar yashil halqa bilan qurshalgan bo‘lib, bunda uning 
atrofidagi mavjud bog‘lardan foydalanilgan. Aholi yashaydigan joylarda 
kichik va o ‘rta tadbirkorlik inshootlari joylashtirilgan bo'lib, bu ularga 
qulaylik tug‘diradi.
K o'plab qadimshunoslik xarobalari bo'lgan, 219 ga maydonni 
egallagan qadimgi Afrosiyob shahrini chinakam qo'riqxona shaharga 
aylantirish ko'rib chiqilayotgan bosh rejaning ozmuncha katta yutug‘i 
emas. Bu qadimgi qal’adagi barcha yot binolar va transport yo‘llari 
uning hududlaridan chiqarib tashlandi*
Shu narsa diqqatga sazovorki, so'nggi 20 yil ichida 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti LA. Karimov sa’y-harakatlari bilan 
Samarqand ulug‘vor madaniy yodgorliklari bo'lgan, ammo zamonaviy 
infrastrukturali shahar sifatida qaytadan shuhratini tiklamoqda.
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq shaharni keng miqyosda qayta 
tiklash, turli xalqaro tadbirlar, yubileylar o'tkazish munosabati bilan 
arxitektura yodgorliklarini ta ’mirlash ishlari boshlab yuborildi («Sharq 
taronalari» musiqa bayrami, Mirzo Ulug'bekning 600, Amir Temur 
tavalludining 660 yilligi va h.k.)
Eski shaharni qayta tiklash bo'yicha talay ishlar qilindi. «Toshkent», 
«8 mart», «Buxoro», «Registon» kabi ko'chalar obodonlashtirildi, 
piyodalar yuradigan zonalarga, mahalliy aholi uchun ham, mehmonu 
sayyohlar uchun ham shinam joylarga aylantirildi.
Shohi Zinda majmui va Masjidi Ajamiy oralig'ida tartibsiz yoyilib 
yotgan bozor o'rnida ajoyib xiyobon barpo etildi, shu munosabat 
bilan Shohi Zinda va Rudakiy ko'chalari kesishgan joy 8 m ga 
pasaytirildi va aeroport bilan Toshkent yo'nalishidagi ko'chalar yopib 
qo‘yildi.
106


Samarqand qadimgi madaniy markaz sifatidagina mashhur emas, 
unda ishlab chiqarish va savdo muassasalari ham keng rivoj topgan. 
V iloyatda hozirgi kunda faoliyat k o ‘rsatayotgan qator q o ‘shm a 
korxonalar nafaqat viloyat balki, respublikam iz iqtisodiyotining 
rivojlanishiga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Samarqand Toshkentdan keyin ikkinchi o ‘rinda turadi, tabiiyki, 
bu yerda mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvlari, anjumanlar, ilmiy 
anjumanlar va xalqaro ahamiyntga molik boshqa tadbirlar bo‘lib turadi. 
ОИу darajadagi bunday tadbir va uchrashuvlami hisobga olib, bu yerda 
400 o ‘ringa m o‘ljallangan Qubulxona va «Prezident oteli» qurilgan, 
ularda arxitekturaning an’anaviy va zamonaviy usullaridan foydalanil- 
gan b o ‘lib, xalqaro miqyosdagi diplomatik odob-axloqning barcha 
talablariga javob beradi.
«Siyob» bozori va ko'plab savdo inshootlari qayta tiklandi. Markaziy 
madaniyat va istirohat bog‘i Alisher Navoiy nomidagi bog‘ deb atala 
boshladi, turli attraksionlarni quyta tiklash hamda tashkil etish, daraxt 
va gullar o ‘tkazish bo‘yicha keng miqyosli ishlai amalga oshirildi. Bu 
yerda «M o‘’jiza» amfiteatri, yoshlnr qahvaxonasi barpo ctildi, ular 
Universitet xiyoboni bilan birgalikda yaxlit konipo/isiya hosil qilgan.
Samarqand shahrida «Unlvcrslada 2004» sport o'yinlari o'tkazish 
munosabati bilan bunyodkorlik isiilarl olib borildi. 15 ming tomosha- 
binga m o‘ljallangan yopiq o'yirt maydoni, akadcmtk lisey, qator yopiq 
sport maydonchalari qurildi. Mikrorayon hududidagi «Delfin» yopiq 
suzish havzasi, kollejlar va akademik liseylar, Amir Temur haykali, 
Im om al-Moturidiy, Imom ul Uuxoriy (sliahardan 20 km uzoqlikdagi 
Xartang qishlog‘ida) yodgorllk mujnuialaii, «Xotira maydoni» va boshqa 
inshootlar arxitektura yodgorllklari bilan bir qatorda zam onaviy 
Samarqandning arxitekturaviy qiyol'asini boyitdi.
Nukus 

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish