Shaharsozuk tarixi


Toshkent. Baroqxon madrasasi, XVI asr



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

Toshkent. Baroqxon madrasasi, XVI asr.
138


Xulosa qilib aytish mumkinki, shaharsozlik va arxitekturaviy an ’a- 
nalami hisobga olib, nodir arxitekturaviy yodgorliklami ta ’mir qilish 
muammosi — murakkab va g'oyat dolzarb vazifa.
Mustaqillikka erishgach, respublikamizda madaniy meros yodgor- 
liklarini muhofaza qilish, ta ’mirlasli va ulardan foydalanish masala- 
lariga hamda ulaming iqtisodiy jihatdan daromadli sohalardan biri sifatida 
vatan va xalqaro sayyohlikni rivojlantirishdagi roliga jiddiy e ’tibor 
ko‘rsatilmoqda. Qator muhim hukumat hujjatlari qabul qilindi.
Qisqa vaqt ichida butun respublikamiz bo‘ylab katta bunyodkorlik 
ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, 0 ‘zbekistonning ko‘plab tarixiy 
shaharlari yubiley tantanalari o'tkazilishi munosabati bilan yuzlab 
arxitekturaviy yodgorliklar yangidan hayotga qaytarildi.
Biroq shuni ham aytib o'tisli joizki, ta ’mirdan chiqqan va qayta 
qurilgan yodgorliklarda quyidagi hollar ko'zga tashlanadi:
— ta’m ir va qayta tiklash loyihalarining sinchiklab ishlab chiqilgan 
asosi yo‘q;
— xususan, muhandislik va kommunikasion tarmoqlar o'tkazish 
chog‘ida qurish-sozlov ishlari sifati past;
— t a ’m irda sement, bcton, tem ir-beton va boshqa zamonaviy 
ashyolar o ‘rnida ishlalilmagan;
— yodgorliklardan yangi vazifalarda foydalanish sifati past va bosh­
qalar.
Arxitektura majmualari memorial yodgorliklar arxitekturasi. 
Alisher 
Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahovuddin Naqshband, 
Im om al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, at-Termiziy, al-Moturudiy, 
al-M aig‘inoniy va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarinimizning ijodi buyuk 
merosi mustaqilligimiz tufayli xalqimizga qaytarildi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov g‘oyasi va tashabbuslari bilan 
bajarilgan loyihalar bo'yicha yodgorliklar, bog‘lar, xiyobonlar va 
arxitekturaviy majmualar bunyod etilmoqda.
AHsher Navoiyning haykali o ‘matilgan (1941—1994-yy.) Milliy bog‘ 
bunyod etilishi bilan Toshkent shahrining markaziy maydonlaridan 
biri qayta tiklanib, har yili «Navro‘z» va «Mustaqillik» bayramlari 
nishonlanadi.
Majmua Toshkent shahar markazida jam oat dam olish zonasining 
asosiy belgilarini o ‘zida namoyon etadi va «Istiqlol» san’at saroyi, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis parlam ent binosi, «Navro‘z» 
majmui, Said Abdulqosim mad rasa arxitekturaviy yodgorligi kabi yirik 
jam oat inshootlarini o ‘z ichiga olgan.
139


Yubiley munosabati bilan bunyod etilgan Alisher Navoiy yodgorlik 
majmui bog‘ning asosiy qismi hisoblanadi.
Keng xiyobon va zinalardan an ’anaviy qubbali nafis shiypon qad 
ko‘tarib turgan tepalik ustiga chiqiladi. T o‘rt juft adl ustun taram- 
taram feruza gumbazni ko‘tarib turibdi. Qubbaning tayanch halqasi 
muqarnas uslubida muzayyan etilgan. Qubbaning ichki sirtiga yupqa 
ganch o'ymakorligi naqshlari qoplangan va gir aylantirib, shoiming 
tinchlik ham da ezgulik haqidagi baytlari bitilgan.
Toshkent, Samarqand va Sohibqironning vatani Shahrisabzda Amir 
Temurning 660 yilligi munosabati bilan yodgorliklar o'rnatildi. Boboka- 
lonimiz davrida davlatchilik va san’atning barcha turlari — eng aw alo 
arxitektura misli yo‘q darajada rivojlandi.
Toshkentga 1995-yilda o'rnatilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur 
haykali (haykaltarosh I. Jabborov, arxitektorlar F. Ashrafiy, B. 
Usmonov) otliq suvoriy ko'rinishda ishlangan — bu atrof-muhitga 
nisbatan ko‘lamli san’at asaridir. Yodgorlik muhtasham bo‘hb, buyuk 
davlat arbobining qiyofasi kompozision yechimining ulug‘vorligi va 
qat’iyligi bilan ajralib turadi. Shohsupada Amir Temurning «Kuch — 
adolatdadir» degan so‘zlari yozib qo‘yilgan.
Samarqandda Amir Temur haykali va maydoni 1996-1997-yillarda 
shaharning markaziy qismida bunyod etjlgan (haykaltarosh I. Jabborov,

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish