Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Gulbahor, Olmazor, Tuyabo„g„iz, Chig„iriq, Ulug„bek, Krasnogorsk



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Gulbahor, Olmazor, Tuyabo„g„iz, Chig„iriq, Ulug„bek, Krasnogorsk 
(Qiziltog„) kabi shaharchalar
vujudga keldi. 
Toshkent viloyati hududining turli qazilma boyliklariga ega ekanligi yirik 
sanoat shaharlarining shakllanishiga asos bo‗ldi. Qurama tog‗i atroflarida 
Qalmoqqir, Pistalisoy, Sovuqbuloq, Saricheku kabi mis konlarining topilishi 
19
“Тошбошлойиҳа” илмий текшириш ва лойиҳалаш институти прогнозига кўра 


66 
munosabati bilan 1946 yilda 
Olmaliq 
shahri qurilishi boshlandi, 1951-yilda unga 
shahar maqomi berildi.
Angren
shahri Toshkentdan 120 km janubi-sharqda, Ohangaron daryosi 
vodiysida, Angren qo‗ng‗ir ko‗mir havzasida joylashgan. Ma‘lumki, 1928 yildan 
boshlab Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari olib borilgan. Bularning 
natijasida Ohangaron vodiysida yirik ko‗mir konlari borligi aniqlandi. 1941 yilda 
karerlar barpo qilinishi bilan bir qatorda respublikada ko‗mir sanoatining markazi 
sifatida Angren shahri qurilishi ham boshlanib ketdi. Ushbu yili vodiydagi 
Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‗yxona kabi qator qishloqlar zaminida 
―Angrenshaxtstroy‖ shaharchasi tashkil etildi. 1946 yilda ―Angrenshaxtstroy‖ 
shaharchasi shaharga aylantirildi.
Ohangaron
shahrining paydo bo‗lishi o‗ziga xos xususiyatga ega. 
―Ohangaron‖ so‗zi forscha-tojikcha so‗z bo‗lib, temirchilar shahri degan ma‘noni 
bildiradi. Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra, bundan besh ming yillar avval 
Go‗shsoyning Ohangaron daryosiga quyilish joyidagi qishloqlarda temirchilik 
rivojlangan. Tadqiq etilayotgan hududdan eramizdan avvalgi birinchi ming 
yillikning birinchi yarmida bronzadan yasalgan bolta topilganligi bunga yaqqol 
misol bo‗ladi. 
Ohangaron qadimda Iloq, Tunkat nomlari bilan ham mashhur bo‗lgan. Aholisi 
asosan, dehqonchilik, chorvachilik, ma‘dan qazish va hunarmandchilik bilan 
shug‗ullangan. 1930 yillardan boshlab mazkur hududda geologlar keng miqyosda 
qidiruv ishlarini olib borishdi. 1941 yilda, mazkur hududdan topilgan ko‗pgina 
tabiiy boyliklar (kaolin loylari, ohaktosh, mergel, binokorlik toshlari, rangli 
metallar) negizida kichik posyolka paydo bo‗ldi. SHaharning keyingi 
taraqqiyotida Angren-Olmaliq sanoat rayoni, shuningdek Toshkent-Angren ichki 
temir yo‗l shaxobchasining qurilishi, Toshkent-Angren-Qo‗qon avtomagistralining 
ishga tushirilishi muhim ahamiyatga ega bo‗ldi va natijada uning iqtisodiy 
geografik o‗rni ancha yaxshilandi. Transport kommunikatsiyalari hamda tabiiy 
resurslarning ko‗pligi sanoatni tez sur‘atlar bilan rivojlanishiga, bu esa aholi 
sonining ortib borishiga sabab bo‗ldi. 
Chunonchi, 1960 yilda Ohangaronda atigi 7.2 ming aholi yashagan bo‗lsa, 
1970 yilga kelib u 22.2 ming kishiga etdi. Ohangaron 1966 yil 27 dekabrda shahar 
maqomini oldi (2.3-jadval). 
Bekobod
nafaqat Toshkent viloyati, balki respublikaning yirik sanoat 
markazlaridan biri hisoblanadi. Mazkur shahar viloyatning eng chekka janubida 
joylashgan bo‗lib, Sirdaryoning ikki sohilida, Farg‗ona vodiysining Mirzacho‗l 
bilan tutashgan joyida qad ko‗targan. SHu jihatdan qaraganda, shaharning iqtisodiy 
geografik o‗rni bir qator qulayliklarga ega bo‗lsada, er osti boyliklari va ularning 
zahiralariga ko‗ra Olmaliq va Angren shaharlaridan farq qiladi. Bekobodda asosan 
qurilish materiallari sanoati xom ashyosi, xususan, ohaktosh, mergel, dolomit va 
boshqa boyliklar mavjud. Mazkur hududda topilgan ohaktoshlar Bekobod sement 
zavodi uchun xom ashyo vazifasini o‗taydi. 
Bekobod shahridagi ko‗plab sanoat korxonalari, xususan sement kombinati, 
Farhod 
gidroelektrostansiyasi 
(GESi), 
metallurgiya 
kombinatining 
ishga 
tushirilishi yangi shaharni qad ko‗tarishi uchun zamin hozirladi. 1945 yil may 


67 
oyida Bekobod shahar maqomini oldi. Endilikda Bekobod korxonalarida sement, 
po‗lat, prokat, shifer, g‗isht, temir-beton buyumlari va boshqa turdagi ko‗plab 
sanoat mahsulotlari, xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarilmoqda. Shahar sanoatida 
etakchi o‗rinni metallurgiya va qurilish materiallari ishlab chiqarish egallaydi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning g‗arbiy rayonlaridan qator 
korxonalarning ko‗chirib kelinishi shaharda mashinasozlik sanoatini taraqqiy 
ettirish uchun zamin yaratdi. Bekobodda O‗rta Osiyoda yagona bo‗lgan 
metallurgiya zavodi qurilishi boshlab yuborildi. 1944 yil zavod dastlabki po‗latni 
ishlab chiqargan bo‗lsa, 1946 yilda esa u birinchi prokatni berdi. 
1964-yilda esa daryoning chap sohilida Toshkent shahridan 58 km masofada 
G‗alvasoy va Oqsoqotasoy bo‗ylarida, Chirchiq daryosiga yaqin tog‗oldi 
tekisliklarida 700 m balandlikda 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish