53
qurol-aslaha etkazib berish maqsadida ayrim shaharlarning tez o‗sishi kuzatildi
(Toshkent, CHirchiq, Angren va b.), ularda shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning
asosi shakllandi. 1945-yilda shahar aholisi salmog‗i 33,8 foiz bo‗lib, 5 yil ichida
10 foizdan ortiqroq ko‗paydi.
4-bosqich
urushdan keyin xalq xo‗jaligining tiklanish davri bo‗lib, o‗lkamizda
yo‗llar
qurilishi, yangi erlarning o‗zlashtirilishi (Mirzacho‗l, Qarshi cho‗li),
konlarning ochilishi, bilan shaharlashish jarayoni avvalgi davrlarga nisbatan jadal
bordi. 1959-yilda mamlakatda jami 101 ta shahar aholi manzilgohi qayd etildi.
Ularda 2.7 mln. aholi yashab, urbanizatsiya darajasi 33,6 foizga etdi. 1970-80-
yillarda xalq xo‗jaligini kompleks rivojlantirish asosida urbanizatsiya tez o‗sdi,
yillik shahar aholisining o‗sishi 4,4 % ni tashkil etdi. Yiliga o‗rtacha 5-6 tadan
yangi shaharlar paydo bo‗ldi. Bu esa mazkur davrda iqtisodiy rivojlanish, aholi
tabiiy ko‗payishi va shahar maqomi berilishi talabining 10 mingdan 7
mingga
tushirilishi bilan ham bog‗liq bo‗ldi. Mamlakatda sanoatning ixtisoslashuvi, sanoat
tugunlari, rayonlari bir yoki bir necha tarmoqlarga ixtisoslashgan ishlab chiqarish
majmualarining vujudga kelishi, fan-texnikaning taraqqiy etishi shaharlar
rivojlanishiga olib keldi.Tub joy aholisining ham yirik shaharlar, ayniqsa
poytaxtga migratsiyasi kuchaydi. Ana shu davrda urbanizatsiya ko‗rsatkichi
o‗zining ilk marotaba cho‗qqisiga chiqdi va 1984 yilda 42,3 foizni tashkil etdi.
5-bosqich
. 1980-yillarning
oxirlariga kelib, ro‗y bergan siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy o‗zgarishlar urbanizatsiyaga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi,
rusiyzabon xalqlarning o‗z yurtlariga ko‗chib ketish jarayoni kuzatildi.
Urbanizatsiyaning demografik ko‗rsatkichi 1991- yilda 40,4 foizga teng bo‗ldi.
Umumiy aholi tabiiy harakati sustlashdi, shahar joylarda aholining tabiiy o‗sishi
qishloqlarga qaraganda 1.5 barobar past bo‗lgani urbanizatsiya darajasining
pasayishiga ikkinchi asosiy sabab bo‗ldi. Urbanizatsiya darajasi yiliga 0,5-0,6
foizdan kamayib borib, 2008 yilda 35,8 foizga tushdi. Garchi, urbanizatsiya son
jihatdan pasaysada, uni sifat jihatdan rivojlantirishga-shaharlarni obodonlashtirish,
qurilish
va arxitekturasiga, boy tarixiy va madaniy merosini saqlash, tiklash
ishlariga katta e‘tibor qaratildi. Ularning hududiy va urbanistik tarkiblarida qator
o‗zgarishlar amalga oshirildi.
2. 2009 yilda mamlakat aksariyat aholisining qishloqlarda yashashini hisobga
olgan holda, ularga shahar hayot tarzini, madaniyatini olib kirish,
infratuzilmasini
yaxshilash maqsadida 2009 yilda Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston
Respublikasi ma‘muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‗shimcha
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qaroriga ko‗ra 965 ta qishloqqa shaharcha maqomi
berildi.
Qishloqlarning shaharchalarga aylantirilishi respublika urbanizatsiyasida
o‗ziga xos yangi bosqich bo‗ldi. SHahar aholi soni 2008 yilda 9,6 mln. bo‗lgan
bo‗lsa, 2009 yilda 14,3 mln. kishini tashkil etib, urbanizatsiya darajasi 51.7 foizga
ko‗tarildi. Bunda, eng yuqori ko‗rsatkich Namangan viloyatida kuzatilib, 64.6 foiz,
ikkinchi o‗rinda Farg‗ona viloyati -58.7 foiz va uchinchi viloyat –Andijonda -53,1
foiz shahar aholisi qayd etildi. Agar nazariy jihatdan tahlil qilinsa, aholi soni va
ular oila a‘zolarining aksariyati qishloq xo‗jaligida band emasligini hisobga olsak,
shaharcha maqomi berish talablariga javob beradi. Biroq, shahar infratuzilmasi,
54
arxitekturasi,
shahar madaniyati, aholining yashash tarzi jihatidan, bu ―soxta
urbanizatsiya‖ning bir ko‗rinishidir.
Agar o‗tgan bosqichda urbanizatsiya darajasiga ko‗ra QR, Navoiy va
Toshkent viloyatlari etakchilik qilgan bo‗lsa, so‗nggi davrda aholi soni ko‗p va
zich yashagan Farg‗ona vodiysiga almashdi. Buning asosiy sababi, Farg‗ona
vodiysi ko‗plab aholi soni katta bo‗lgan yirik qishloqlarga ega bo‗lganligidir.
2009-2016 yillar oralig‗idagi tahlillar shuni ko‗rsatadiki, O‗zR urbanizatsiya
darajasi 1,0 foizga kamaygan. Ayniqsa, Sirdaryo, Namangan, Farg‗ona
viloyatlarida yuqori ko‗rsatkichlar kuzatiladi (2-jadval).
Buning asosiy sabablari
shuki, qishloq aholisining shaharga bo‗lgan migratsiyasi sust va shaharlarning
tashkil topishi avvalgidek ko‗p emas. SHahar aholisi yillik tabiiy o‗sishi qishloq
joylarga nisbatan kam (0.8 va 1.3 foiz) va bu jarayon bundan keyin ham shunday
davom etishi kuzatiladi. Demak, O‗zbekistonda urbanizatsiya darajasi pastligi
sabablari:
-qishloq-shahar migratsiyasining sustligi;
-shahar aholisi tabiiy harakatining qishloq aholisiga nisbatan pastligi;
- shaharlarning aholini jalb etish salohiyatining zaifligi;
- muntazam ravishda yangi shaharlarning vujudga kelmasligi;
-hududlarning sanoat salohiyatining pastligi;
-aholining ko‗proq qishloq joylarga moyilligi va b.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: