BURHONIDDIN MARGʻINONIY
BURHONIDDIN MARGʻINONIY (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imoMargʻinoniyDastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149 y. haj safariga bordi. BurhoniddinMargʻinoniySamarqand sh.dagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan.
Shunday qilib, xalifalikda VIII asr oxiri va IX asrda fan hamda madaniyat sohasidagi ulkan ko’tarilish asosan xalq ommasi ongi va tafakkuridagi progressiv o’zgarishlar tufayli yuz bergan edi.
Al-Farg’oniy yashagan davr – ijtimoiy-siyosiy hayotda suronli voqealar, fan va madaniyatda ulkan ko’tarilish davri edi.
Olimning o’ziga kelsak, al-Farg’oniy nomi tarixda ma’lum bo’lishiga qaramay, uning haqida ma’lumot deyarli saqlanmagan. Uning hayoti haqida faqat bir sana – 861 yil eslatiladi: al-Farg’oniy o’sha yili xalifa al-Mutavakkil farmoni bilan Qohirada Nil daryosidagi Ravzo orolida miqyos – suv sathini o’lchovchi asbob yasaydi.
Abu Rayhon Beruniyning bir xabariga ko’ra, Bag’dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Farg’oniy Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillarda Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etganini ham aytgan. Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861 yil bilan bog’lanadi. U shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan.
Bilshimizcha, Ahmad al-Farg’oniy ko’plab qomusiy asarlar muallifi ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq uning ba’zi ishlari bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramasdan, mavjud asarlarning o’zi ham olimning yirik ilmiy salohiyatidan darak beradi. Jumladan, al-Farg’oniyning osmon jismlarini o’rganuvchi usturlob qurulmasi haqida qisqa risolasi, “Kitob usul al-falak”, “Kitob al-fusul ixtiyor al-Majistiy”, “Kitob javome ilm an-nujum val-harakat as-samoviya” singari asarlari ma’lum.
Ahmad al-Farg’oniyning “Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya” asari uning eng muhim ilmiy ishlaridan biri hisoblanadi. Bu asarni al-Farg’oniy 840 yil atrofida yozgan, chunki kitob ichida shu sana qalamga olingan. Asar XII asrda ikki marta lotin tiliga va bir marta yahudiy tiliga tarjima qilingan. Birinchi lotincha tarjimani 1145 yili seviliyali Ioann va ikkinchisini 1175 yili kremonalik Gerardo bajargan. Yahudiycha tarjimani Yakob Anatoli bajargan. Asr Ovrupo Renessansi davrida va undan biroz so’ng bir necha marta nashr etilgan va u yerda uzoq muddat astronomiyadan asosiy qo’llanma vazifasini bajargan. Bu asar arab olimi Ibn an-Nadimning “Kitob al-Fihrist” risolasi bibliografiyasiga kiritilgan va sharhlangan. Al-Farg’oniyning mazkur asari taxminan 5000 sahifadan iborat bo’lgan. Uninng nusxasi hozirda Istanbuldagi Ayo Sofiya muzeyida saqlanadi. Bu asarga allomaning zamondoshi Abdulaziz al-Qubaysiy batavsil sharh yozgan.
O’ylaymizki, Ahmad al-Farg’oniy o’zining falakiyot ilmiga oid asarlari bilan G’arbda astronomiya maktabining shakllanishi jarayoniga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning osmon jismlari harakatlariga bag’ishlangan risolalaridan foydalangan g’arblik olimlar keyinchalik astronomiya sohasida katta kashfiyotlar qilib, olamshumul nazariyalar yaratishdi.
Ta’kidlaganimizdek, Amad al-Farg’oniy arab tilida astronomiya, jug’rofiya va matematikaga oid bir necha asarlar yozgani va ular yuqori ilmiy ahamiyatga ega bo’lishiga qaramay, ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan, deb ta’kidlaymiz. Olim ilmiy merosidan qo’lyozma shaklida yetib kelganlari quyidagilar bo’lib, ular Sharq va G’arbning yirik kutubxonalarida saqlanmoqda.
“Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul harakat-is-samoviya” (“Yulduzlar ilmining jami’va samoviy harakatlar usuli haqida kitob”). Bu asar “Kitob ilal al-aflok” (“Falaklar sabablari kitobi”) nomi bilan ham yuritiladi. U yana “Almajistiyga bag’ishlangan astronomik risola”, “Falak sferalari sababiyati”, “Almajisti”, “Ilm al-hay’a” (“Astonomiya ilmi”) nomlari bilan ham ataladi. Kitob lotin tiliga tarjima qilinib, 1669 yili nashr etilghan. Uning qo’lyozmalari Berlin, London, Parij, Mashhad, Tehron, Marokosh, Misr, Sank-Peterburgda saqlanmoqda.
“Kitob al-kolmil fi-l-usturlob” (“Usturlob haqida mukammal kitob”). Bu asarning uchta qo’lyozma nusxasi Berlin qirollik kutubxonasida saqlanmoqda. V.Alvardning 1893 yili Berlinda chop etilgan Berlin qirollik kutubxonasida saqlanayotgan arabcha qo’lyozma fihristida bu risola haqida shunday deyilgan: Bu asarning birinchi qo’lyozma nusxasi “Al-Farg’oniyning usturlob haqida mukammal kitobi” deb nomlangan. Al-Farg’oniy bu asarini xalifa Al-Ma’mun davrida taxminan 815 yili yozgan bo’lib, unda hali hech kim tomonidan maxsus asar yozilib, mufassal yoritilmagan “astrolyabiya” asbobi va bu asbob bilan bog’liq bo’lgan masalalar yetti bobda yoritilgan. Bu birinchi nusxa noma’lum kotib tomonidan taxminan 1494 yili ko’chirilgan. Asarning ikkinchi nusxasi “Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniyning astrolyabiya san’ati haqida kitobi”, bo’lib, birinchi nusxadan kamroq farq qiladi. Bu nusxani 1376 yili Muhammad ibn Yoqut ibn Ali al-Molikiy ko’chirgan. Risolaning uchinchi nusxasi “Usturlob san’ati va uning dalillari haqida kitob” deb atalib, bu nusxada V- bobdan oldin jadvallar, jadvallardan so’ng qolgan V-VII - boblar keladi. Bu nusxa 1381 yili Ali ibn Homid Abu Bakr al-Buvaytiy tomonidan ko’chirilgan.
Jumladan, “Risolat fi ma’rifat-il-avqot al-lati yakunu-l qamar fiho favq al-arzi av tahtiha” (“Oy yer ustida yoki uning ostida bo’lgan paytdagi vaqtlarni o’rganish haqida risola”). Asarning bir nusxasi Qohirada saqlanmoqda.
“Hisob al-aqolim as-sab’at” (“Yetti iqlim hisobi”). Bu asarning ham bir qo’l yozmasi Gotada, biri Qohirada saqlanmoqda.
“Kitob amal-il ruxomot” (“ Astronomik asboblarda marmarning xizmat kitobi”) kabi asarlari bor.
Yuqorida ko’rinib turibdiki, al-Farg’oniyning birorta asari O’zbekiston kubxonalarida yo’q.
Ahmad Farg’oniy asarlari u yashagan davrdan boshlab hozirgacha Sharq va G’arb olimlari tomonidan yuqori baholanib, ulardan ko’pchilik olimlar o’z ilmiy asarlarida foydalanadilar. 903-913 yillari ijod etgan eronlik geograf Abu Ali Ahmad ibn Umar ibn Rusta “Al-A’loq an-nafis” (“Nafis javohirlar”) asarida al-Farg’oniy asarlariga suyangan.
Damashq va Bog‘dod shaharlarida zikr qilingan va boshqa iste’dodli olimlarning jo‘g‘rofiy vaziyatlar nuqtalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar, shuningdek al-Ma’mun davrida Bog‘dod hamda Damashqdagi ilmi falakkiyot bo‘yicha kuzatishlari “Az-zij ul-Ma’mun al-Mumtaxana” (al-Ma’munning tekshirilgan jadvallari) nomi ostida butun Ovro’pa va boshqa chet mamlakatlarda belgili. Bu asar haqida Ahmad Farg‘oniy “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”da xabar bergan. Shu mo‘tabar ma’lumot orqali Ovro’pa olimlari “Ma’mun ziji” asarining ma’no va mazmuni, ilmiy-nazariy yo‘nalishi, tadqiqot maqsadi va hal qilingan fan muammolarini bilib olishgan.
XULOSA
Shunigdek, Ahmad Farg‘oniy falakkiyot ilmi bilan muttasil shug‘ullandi va qator ilmiy-nazariy asarlar yaratdiki, ular ilm olamining diqqat-e’tiborini tortdi. Olimning “Kitobu amal ar-Ruxomot”, “Kitobu ilal-al aflok” (“Falakda bo‘ladigan sabablar haqida kitob”), “Al-madhal ila ilmi hay’at al-aflok va an-nu-jum” (“Falakkiyot va ilmi nujum faniga kirish”) singari risolalari shular jumlasidandir.
Ayrim tadqiqotchilarning xabar berishiga qaraganda, Ahmat Farg‘oniy faqat ilmiy kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balkir rasadxona uchun kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balki rasadxona uchun maxsus asbob-uskunalar ham yaratilgan. Shu ishlar natijasi o‘laroq olim va amaliyotchi muhandis “Al-komil fi-usturlob” (“Astrolyubiya haqida mukammal bilimlar”), “Fi-san’at va usturlob” (“Astrolyubiya yasash san’ati haqida”) kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asar yozgan. Risolalar mavzu va mazmunlaridan Ahmad Farg‘oniyning chizmachilik san’ati va sir-sinoatini puxta bilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki asbob-uskunalar dastlab qog‘ozga chizma holda tushiriladi, keyin amaliy mehnat va tajribalar orqali jism sifatida shakllantirildi.
Aniqrog‘i, Ahmad Farg‘oniy “Falakkiyot asoslari” nomli ilmiy-nazariy jihatdan mukammal kitobi bilan shuhrat qozondi. Akademik T.N.Qori-niyoziy so‘zlari bilan aytganda, o‘sha asar “astronomik bilimlarning o‘ziga xos qomusidir”.
Yana bir narsani ta’kidlash lozimki, “Falakkiyot asoslari” nomli asarida muallifning va boshqa olimlarning shu sohadagi namunali ishlari va ularning muvaffaqiyatlari asosli ravishda izchil yoritilgan. Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy tomonidan muqaddam ahli ilm tadqiq ishlari qiyosiy o‘rganilgan. Demak, bu risoladan Ahmad Farg‘oniyga qadar yashab ijod etgan olimlar asarlari to’g’risida ham tegishli ilmiy va nazariy ma’lumotlar olish mumkin.
Ahmad Farg‘oniyning har qanday maqtovlarga muhtoj bo‘lmagan asarlari o‘zidan keyingi dunyo olimlariga qo‘llanma sifatida xizmat qildi va xizmat qilmoqda. Xuddi shu ma’noda buyuk olimni ajib muallif va pedagog sifatida qadrlaymiz.
Yevropada Al-Farg‘oniyning ilmiy asarlari Xorazmiy, beruniy, Ibn Sinolarningqatorida ijod qilgan degan fikr tug‘ilgan. Farg‘oniyshunoslik asrlar davomida fanda muhim ilmiy ishlar qatorida o‘irn tutadi. Al-Farg‘oniyning fikrlari Attor, Brauniul, Videman, Vist, Vernett, Gavani, Gerxard, Gool, Golius, Zuter, Dante, Delembr, Kampagni, Karmodi, Kennedi, Karistman, Mjik, Regiomontan, Reynaud, Sarton, Sevil, sezgin, Frank, Xispalensis, Xogeydaik, Shener, Shiller, Shneynshneyder, Yakubes kabi buyuk olimlar e’tiborini qozongan. Bizning asrimizda Al-Farg‘oniy ijodi bilan V.Bartold, I.Kraskovskiy, T.Qori-Niyozov, I. Muminov, P.Bulgakov, B.Rozenfeld,A.Yushkevich, B. Axmedov, G.Matvievskaya, I.Dobrovolskiy,M.Xayrullaev,N.Senrgeyeva,A.Axmedov,A.Qayumov,F.Sulaymonov shug‘ullanganlar va shug‘ullanib kelmoqdalar.
Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlari nihoyatda boy. Uning tabiiy va ilmiy qarashlaridagi falsafiy mushohadalarning ahamiyati katta. U tabiatshunoslik falsafasiga ham o’z hissasini qo’shgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. I.A.Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik». T.: O‘zb, 1994 y. 8-9 betlar
2. I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O‘zbekiston, 1997 yil 137-140-betlar.
3. Ibn Xalmiqon haqida. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» kitobidan olindi. T. Abdulla Qodiriy nomidagi Xlaq merosi nashiriyoti, 1993, 204 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |