Bog'liq 2-19-MAVZULAR. IMOM AL-BUXORIY, AHMAD FARG’ONIY VA BURHONIDDIN MARG’ILONIYNING YUBILEYLARI
Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi O’rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom riyozidon(matemika) va jug’rofiydon(geograf) al-Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi. Uning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad Ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniydir. U Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) tumanida tug’ilgan. Quva shahri o’sha davrning madaniy –ilmiy markazlaridan bo’lgan. 20 yoshgacha Quva shahrida yashab, shu yerda ta’lim oladi.
Aniqlanishicha, Al-Farg’oniy haqidagi biografik ma’lumotlar saqlanmaganligi uchun u qachon va qayerda tug’ilganligi, qayerda ta’lim olganligi haqida faqat taxmin qilishimiz mumkin. U haqidagi eng so’nggi ma’lum sana 861 yil bo’lgani uchun shu sanadan so’ng u ko’p yashamagan ko’rinadi. Uning vafoti 865 yil atrofida deyish mumkin.
VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Farg’onaning poytaxti Axsikant(yoki Axsi) edi va bu shaharni vodiyni nomi bilan Farg’ona, deyilardi. Axsikantda arab noibi turar edi, shuning uchun arablar uni poytaxt hisoblardilar.
U 809-819 yillar oralig’ida Marvda Abdulloh al-Ma’mun saroyida boshqa qator olimlar bilan birga to’planganligi ma’lum. Bu o’n yilning qaysi pallasida al-Farg’oniy Marvga al-Ma’mun saroyiga kelgani haqida esa, quyidagi mulohazani yuritish mumkin.
Aniqlanishicha, Al-Farg’oniy Marvga ketishidan avval Axsikantda arab noibiga yaqin bo’lgani ehtimol, aks holda al-Ma’munning ta’sir doirasiga tushishi amri mahol edi. Lekin u aslida Axsikantlik emas. Qubo (Quva)lik bo’lganligi ehtimolga yaqin. U Farg’onaning boshqa shaharlariga nisbatan ancha obod edi.; hatto ba’zilar Quboni Farg’onaning ikkinchi shahri, deb hisoblaganlar. Suvga serobligi va bog’lari ko’pligi jihatidan u Axsikatdan ustun bo’lgan.
Al-Farg’oniyning 1998 yilda 1200 yillik yubileyi munosabati bilan shaharda keng ko’lamda arxeologik qazishmalar olib borildi.
Yuksak madaniyatli shaharlar – Qubo yoki Axsikatdan kelib chiqqan al-Farg’oniy qadimgi an’analarga asoslangan bilim va ma’lumotni o’z vatanida olganiga shubhalanmasa bo’ladi. Ana shu chuqur bilimlari tufayli al-Ma’mun uni o’z huzuriga taklif qilgan.
Tadqiq qilinjshicha, yosh, navqiron Ahmad olim sifatida Farg’ona zaminida shakllanadi. Uning nomi o’sha davrlardayoq keng tarqalib, Marv ( hozirgi Turkmanistonning Mari) shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg’oniy nomi ko’p o’tmay, ko’p e’tibor qozonadi. Al-Farg’oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi noibi, o’g’li Abdullohning (bo’lajak xalifa al-Ma’munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy markaz hisoblangan. 651 yili eng so’nggi Sosoniy shahonshoh Yazidgard ibn Shahriyor arablar taqibidan qochib, bu yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi ma’lum. Marv arablar qo’l ostida ham madaniy markaz sifatidagi o’z mavqeini yo’qotmadi, aksincha to mo’gul istilosigacha taraqqiy etib bordi. Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to’satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko’ra, Bag’dodda taxtga o’g’li – Muhammad al-Amin nomi bilan o’tiradi. Saroydagi xurosonlik a’yonlar esa Abdullohni taxtni qol’ga olishga da’vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh O’rtasidagi taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g’alabasi bilan tugaydi va al-Amin qatl qilinadi. O’sha yili Abdulloh taxtga al-Ma’mun nomi bilan o’tiradi. Lekin u Bag’dodga bormay 819 yilgacha Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo’lib turadi. 819 yili al-Ma’mun butun saroy a’yonlari va ulamolari bilan birga Bag’dodga ko’chadi. Ular orasida al-Farg’oniy ham bor edi. Xorun ar-Rashiddan keyin Abdulloh al-Ma’munning yirik allomalarni o’zi bilan birga Marvdan Bag’dodga olib kelishi va donishmandlar uyining tashkil qilinishidagi tashabbusi Abdulloh al-Ma’munning ham ancha ma’rifatparvar bo’lganligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyolik olimlar, jumladan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abbos ibn Said Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi ko’plab olimlarimiz Yevropa adabiyotlarida arab olimlari, deb nomlanib kelindi. Ehtimol buning sababi o’sha davrlarda arab imperiyasining kuchaygan davri bo’lishi, bundan tashqari, islom dini Markaziy Osiyoga Qutayba tomonidan yoyilishi natijasida arab tilining asosiy adabiy va aloqa tili bo’lib qolishi sababli allomalarimizning asarlari ham arab tilida yozilganligi sabab bo’lgandir.
Al-Farg’oniyning Misrga qanday qilib kelib qolganligini Ashraf Ahmedov shunday izohlaydi. “Ma’lumki, al-Ma’mun Marvdan Bag’dodga nafaqat olimlarni, g’ulomlari bo’lmish turk askarlarini ham olib kelgan edi. Bag’dodga kelishi bilan u ma’lum ma’noda askarlarni turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Xalifa turk g’ulomlaridan biri Buxorolik To’lunni Suriya, Falastin va Misrdagi lashkarboshilarning amiri etib tayinladi. Uning o’gli Ahmad esa Suriya va Misrni mustaqil, deb e’lon qilib, To’luniylar sulolasiga asos soldi. Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munnig yaqin odami va maslahatchisi bo’lgani kabi al-Farg’oniy ham T’olunning yaqin odami bo’lishi mumkin yoki “Ahmad Farg’oniyning osmon yoritgichlarining ko’tarilish vaqtlarining har xil joylarda turlicha bo’lishi, tutilish sabablari va tutilishlarning vaqtlarini oldindan belgilash kabi ishlari o’sha vaqtdayoq keng tarqaldi. Ahmad Farg’oniyning al-Ma’mundan keyin, Mutavakkil zamonida (846-862) Nil daryosining suvini o’lchaydigan yangi o’lchov asbobini (Miqyos jadidni) ixtiro qilishi uning shuhratiga yana shuhrat qo’shdi. ”
Afsuski, shuhrati butun olamga tanilgan, Muhammad Xorazmiylar bilan bir qatordan joy olgan buyuk bobokalonimizning ulug’ kashfiyotlari haqida ma’lumotlarning hozirga qadar o’z Vatanida va o’z ona tilida yo’qligi,mahrum qilib turibdi. O’z xalqini uning merosidan Ahmad Farg’oniyning ijodi ham boshqa allomalarimiz kabi ko’p qirrali bo’lganligida hech shak- shubha yo’q.
O’ylaymizki, Al-Farg’oniyning ijodi va ilmiy merosiga kelsak, uning asarlari nomlari dalolat berishicha, ular asosan astronomiyaga bag’ishlangan.
Ahmad Farg’oniy asarlaridan astronomiyaga oid bo’lgan faqat quyidagi sakkiz asarning yetib kelganligi, ularning zamonaviy tillardagi tarjimasining yo’qligi yana ham achinarli. Ular quyidagilardir: “Astronomiya asoslari haqida kitob”, “Astrolyabiya yasash haqida kitob”, “Astrolyabiya bilan amal qilish haqida kitob”, “Al-Farg’oniy jadvallari”, “ Oyning Yer ustida va Yer ostida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola”, “Quyosh soatini yashash haqida kitob” va “Al –Xorazmiy zijining nazariy qarashlarini asoslash ”. Bu qo’lyozmalarning va ulardan ayrimlarining chet tillardagi tarjimasining ham bizda yo’qligi nihoyatda achinarlidir.
Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Ahmad Farg’oniyning hozircha ma’lum bo’lgan va yuqorida nomlari keltirilgan asarlaridan faqat ikkitasi, “Astronomiya asoslari haqida kitob” va “Astrolyabiya yashash haqida kitob” XII asrdan boshlab dastlab ispan va lotin tillariga tarjima qilingan.