REJA:
Ahmad al-Farg’oniyning hayoti
1
Ahmad al-Farg’oniyning astronomiya
sohasidagi ishlari
2
Al-Farg’oniyning umummuhandislik fani taraqqiyotida tutgan o’rni
3
“Lison ut-tayr” asaridagi so‘zlarning mavzuiy guruhlari
Asarlari
Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi
Falakiyot ilmining usullari haqida kitob
Yetti iqlim hisobi
Kitob amal il-ruhamat
Astronomiya asoslari haqidagi kitob
Yulduzlar ilmi usuli kitobi
Usturlob yasash haqida kitob
Ilmiy tadqiqot olib borgan fanlari
astronomiya
matematika
geografiya
mantiq
Ahmad Farg’oniy 797-865-yillarda yashab ijod etgan va uning shajarasi zardushtiylarga borib taqalar edi. Ahmad Farg’oniyning yoshlik davri o’z yurtida o’tadi. U Farg’onadan Xo’jand orqali Samarqandga so’ng, Buxoro orqali Marvga al-Ma’mun ibn Horun ar-Rashid huzuriga boradi. Bog’dodda 829-yili va Damashqdagi Sinjor sahrosida 832-yili olib borilgan astronomik kuzatishlar shular natijasidir. Ularning majmuasi «az-Zinjal-Ma’mun al-mumtaxona nomi bilan mashhur «Az-Zij al-Ma’mun al-Mumtaxona» haqidagi asosiy ma’lumotlar al-Farg’oniy «Kitob al-Harakat as-samoviya va javomeh ilm an-nujum» asarida o’z ifodasini topgan. Bu kitob astronomiyaga oid ilk arabcha asarlardan bo’lib, o’rta asr Ovropasiga keng tarqalgan va mashhur bo’lgan. Bu asar turli xil tillarga tarjima qilindi. Natijada al-Farg’oniy butun Ovropaga tanildi. Al-Farg’oniydan bir asr keyin yashagan, jahon astronomiya faniga katta hissa qo’shgan bog’dodlik Abu Abdulloh Muhammad al-Battoniy «As-zij as-Sobih» nomli astronomik jadvallari bizgacha yetib kelgan.
Eng yirik ishlari
832-833-yillarda Sinjor dashtida yer
meridianining bir darajasining uzunligini
o’lchashda ishtirok etgan
861-yil Miqyos an-Nil inshootini
qurib bergan
Astronomiyaga doir asari Yevropada
bir necha asr asosiy darslik sifatida
o‘qitilgan
Allomaning bugungi kundagi o’rni Fargʻoniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va Gʻarbda mashhurdir. Oʻrta asrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olim sifatida manbalarda, soʻnggi Gʻarb va Sharq mualliflari asarlarida, oʻz yurti Oʻzbekistonda, ayniqsa, zoʻr gʻurur va iftixor bilan tilga olinadi, oʻrganiladi, hozirgi kunda koʻchalar, oʻquv yurtlariga uning nomi berilgan. 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi. XVI asrdayoq Oydagi kraterlarning biriga uning nomi berildi. Farg’ona, Qohira shaharlarida allomaning muhtasham haykali qad rostlab turibdi. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (“Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum”)
XII asrda Ovroʻpoda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovroʻpo tillariga ham tarjima qilinganidan soʻng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida Gʻarbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovroʻpo universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini oʻtadi. Al-Fargʻoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan boʻlib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Fargʻoniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan soʻng, asarining Ovroʻpodagi shuhrati yanada ortdi. Ovroʻpo Uygʻonish davrining buyuk namoyandalaridan biri boʻlgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan maʼruzalarni al-Fargʻoniy kitoblaridan oʻqigan. Al-Fargʻoniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) eslagan.
Geografiya fanida qilgan yangiligi
Al-Fargʻoniy katta kenglikdagi oʻlkalarni tavsiflagan boʻlsa ham, oʻzining asl Vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham taʼkidlash kerakki, al-Fargʻoniyning rubʼi maʼmur haqidagi tasavvuri ancha aniq boʻlib, har xil afsonaviyliqdan xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi Moʻgʻulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq geografik hududni aytgan.
Al-Farg’oniy ilmiy merosi bo’yicha tadqiqot olib borgan olimlar
Sharqda: Hayitmat Rasulning „Piri koinot“, Yo‘ldosh Sulaymonning „Farg‘ona farzandi“, Nurulloxon hoji Abdulloh o‘g‘li „Bashar allomasi“
G’arbda: Dalambr, Brokelman, X. Zuter, I.Yu.Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B.A.Rozenfeld
Al-Farg’oniy yashagan shaharlari va hukmronlik qilgan arab xalifalari
Abbosiy arab xalifalari:
Xorun ar-Rashid (786–809)
al-Maʼmun (813–833)
Muʼtasim (833–842)
Mutavakkil (846–861)
Shaharlar:
Marv
Bag‘dod
Damashq
Qohira
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |