Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana19.12.2020
Hajmi0,86 Mb.
#53529
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
1.  Qo‘shma  gap  komponentlarining  har  ikkisida  ham  so‘roq 
mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq belgisi faqat yaxlit 


41
qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Bu  o‘zingning  fikringmi  yo 
biror ko‘rsatma bormi?
2. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar 
o‘rtasida alohida mazmuniy munosabatlar mavjud bo‘lmay, bu 
gaplar bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘ladigan hodisalarni 
ifodalasa, ular o‘rtasiga vergul qo‘yiladi: Sidiqjon to‘xtadi, 
orqasidan kimdir kelayotgan edi (A. Qahhor);
3. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar o‘zaro zidlov 
bog‘lovchilari bilan bog‘langanda, bu bog‘lovchilardan oldin 
vergul qo‘yiladi: Shunda ham yo jasurlik, yo qaysarlik qilib 
teatrga  ketsa,  qaytganda  yana  eshik  ochiq  bo‘lardi-yu,  ammo 
yo‘lak boshidayoq darg‘azab otaga duch kelardi (L. Qayumov).
4. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar o‘zaro -u (-yu), 
-da yuklamalari vositasida bog‘langanda, bu yuklamalardan keyin 
vergul qo‘yiladi: U  kafeda  navbatda  turib  ovqat  olayotganlarni 
yonlab o‘tdi-da, ikki stakan kofe bilan ikkita bulochka oldi 
(R.  Rahmonov «Qutlug‘ qadam»).
5. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar o‘zaro 
takrorlangan ayiruvchi hamda inkor bog‘lovchilar bilan 
bog‘langanda, takrorlanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul 
qo‘yiladi: Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi (Oybek).
6. Ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gap bilan 
chunki,  negaki,  shuning  uchun,  go‘yo kabi bog‘lovchilar yoki 
bog‘lovchi vositalar bilan bog‘lansa, ulardan oldin vergul 
qo‘yiladi:  Ular  mening  aytganimni  qilishadi,  chunki  men 
oilamizning kenjatoyiman (E. A’zam).  
7. Ergash gap bosh gapga -ki yordamida bog‘lansa, undan 
keyin vergul qo‘yiladi: Ma’lum bo‘ldiki, yangi dastgohlar korxona 
hisob-kitobida qayd etilmagan.
8. Kesimi shart maylidagi fe’l bilan ifodalangan ergash gapli 
qo‘shma gaplarda mazkur kesimdan keyin vergul qo‘yiladi: Agar 
ular o‘ttiz yoshlarda bo‘lsa, savol sal boshqacharoq bo‘ladi.


42
9. To‘siqsiz ergash gaplarning kesimi -sa ham shaklida 
ifodalangandan keyin vergul qo‘yiladi: U  o‘g‘lining  tirishib 
o‘qiyotganini  bilsa  ham,  talabni  yanada  qattiqroq  qo‘yaverardi 
(T.  Malik). 
10. Ergash gap bosh gapga deb vositasida bog‘lansa, undan 
keyin vergul qo‘yiladi: Vatan uchun jangga bor deb, qurol berdim 
qo‘lingga (H. Olimjon).
11. Bog‘lovchisiz yoki murakkab qo‘shma gap tarkibidagi 
gaplar bir nechta bo‘lsa, ularning mazmunan bir-biriga yaqinlari 
vergul bilan ajratilib, qolgan bir yoki bir nechtasi nuqtali vergul 
bilan ajratiladi: Unsin ko‘kragiga og‘ir bir narsa bilan urilganday 
ko‘ngli  ozib  ketdi-yu,  yiqilmadi,  lekin  oyoq  uzra  turib  hushidan 
ketdi; oradan qancha vaqt o‘tganini bilmadi, ko‘zini ochib qarasa, 
jonivor emaklab orqaga o‘tib ketdi (A. Qahhor).
12. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish 
munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo‘yiladi: Dangasaga 
ish buyur – ketidan o‘zing yugur (maqol).
13. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida savol-javob
zidlash, shart, sabab-oqibat, asos-xulosa, payt munosabatlari 
ifodalanganda, ular orasiga tire qo‘yiladi: Qo‘shning  tinch  – 
sen tinch (maqol);  Uyda  qadam  bosgani  joy  yo‘q  –  hamma  yoq 
o‘yinchoq (Sh. Boshbekov). 
14. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi 
qismdagi olmosh bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan ega, 
kesim, to‘ldiruvchining mazmunini aniqlab kelsa, oldingi qismdan 
keyin ikki nuqta qo‘yiladi:  Muovinimga  ayting:  o‘rningizga 
boshqa birovni tayinlasin! (O. Yoqubov).

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish