III bo‘lim. PUNKTUATSION ME’YORLAR 7-§. O‘ZBEK TILINING PUNKTUATSION ME’YORLARI Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda
punktuatsiyaning – tinish belgilarining alohida ahamiyati bor.
Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari hamda til birliklari
bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni,
psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda muhim ahamiyatga
ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning
uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya
zaruriy vositadir1.
Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1
O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari. – T.: «O‘zbekiston»,
2015, 4-b.
35
1. Gap oxirida qo‘llanadigan tinish belgilari – nuqta, so‘roq va
undov belgilari, ko‘pnuqta;
2. Gap ichida qo‘llanadigan tinish belgilari – vergul, nuqtali
vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq.