Hisoblash natijalari
Guruhlar tartibi
|
Variantlar
|
Ishlov berish chuqurligi (a), mm
|
h ≤ 0,5a
|
Hujum birchagi (α)
|
Disklar oralig‘i (b), mm
|
|
I
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
Ish bo‘yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, topshiriqda berilgan tirma tishlarining va ishlov berish o‘lchamlariga asosan chizilgan tuproqning deformasiyalash sxemasi (12-rasm) chiziladi. Olingan ma’lumotlarga (6-jadval) asosan chizilgan h = va grafiklari keltiriladi va olingan natijalar bo‘yicha xulosalar beriladi.
Nazorat savollari:
1. Qanday sabablarga ko‘ra disksimon tirma bilan serkesak shudgorga ishlov
berish ma’qul bo‘ladi?
2. Disksimon tirmaning xujum burchagi qanday maqsadda o‘zgartiladigan
qilinadi?
3. Qo‘shni disklar oralig‘ida yumshatilmasdan qoldirilgan do‘ngcha balandligi
qanday omilga bog‘liq?
4. Yumshatilmasdan qoldirilgan do‘ngchalar maydoni qanday omilga bog‘liq?
8- Laboratoriya ishi
Mavzu: Chigit seyalkasi miqdorlagichini ekish me’yori va uyalar sonini aniqlash
Ishning maqsadi: Chigit seyalkasi urug‘ miqdorlagichini uyalar oralig‘iga nisbatan rostlash va ishini baholash tartibini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: SCHX-4 seyalkasi yoki laboratoriya ishiga moslangan seyalka moslamasi, urug‘lik chigit , paket (xaltacha), tarozi.
Ma’lumki, bir gektar maydonga ekilgan chigit soni, keyinchalik olinadigan g‘o‘za tuplari soni, tuplari oralig‘i to‘g‘ri belgilansa o‘simliklar avj olib o‘sishi, ularning hosili yuqori va sifatli bo‘lishini olim va mutaxassislar tomonidan aniqlangan.
Shu bilan birga ekilgan chigitning asosiy qismidan unib chiqqan g‘o‘za nihollarini yaganalashda, kultivasiyalashda, ob–havoning, zararkunanda va kasalliklarning salbiy ta’siri, chopiq o‘tkazishda, egat olishda o‘simliklarning shikastlanishi hisobiga birinchi hosil terilgunga qadar bo‘lgan davr ichida gektariga 10–15 ming va undan ko‘proq g‘o‘za tupi nobud bo‘ladi.
Agar tuproqqa agrotexnik talabga mos darajada ishlov berilmasa, chigit tuproq holatiga to‘g‘ri keladigan kerakli chuqurlikda ko‘milmasa, sug‘orish sifatsiz bajarilsa, gektariga 20–25 ming tup g‘o‘za ko‘chati tabiiy ravishda kamayib ketadi. Shu sababli, chigitning unuvchanlik darajasi va yuqoridagi holatlar e’tiborga olinib, amalda belgilangan ko‘chat soniga nisbatan 30% gacha ortiq chigitni tuproqqa ekadigan qilib seyalkani sozlash kerak.
SCHX-4 rusumli seyalka tuksizlantirilgan chigitni to‘rt qatorli uyalab ekishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.
Agregatlanayotgan seyalka (13-rasm) g‘ildiragi aylanib, tishlar soni Z1 bo‘lgan yulduzcha 2 va zanjir 3 orqali Z2, Z3, Z4, Z5 yulduzchalar bloki 4 kiydirilgan yetaklanuvchi val 5 ni aylantiradi.
Val 5 ning aylanma harakati Z6 va Z7 konussimon shesternyalar orqali teleskopik val 7 yordamida miqdorlash apparatiga uzatiladi.
Val 7 ga bikr o‘rnatilgan Z8 shesternyasi va bloklar Z9 – Z10 orqali Z11 va unga mahkamlangan urug‘ ajratuvchi uyachali disk 9 aylantiradi.
Aylanayotgan disk gardishidagi uyachalarga tushgan chigit urug‘ qutisi 8 tubidagi darcha orqali to‘dalovchi disk 11 ustiga tashlanadi. Val 7 bilan birgalikda aylanayotgan to‘dalovchi disk kurakchalari chigitlarni to‘plab ekkich 12 ning ichiga tushiradi. Seyalkaning ikkita g‘ildirakni har biri yer bilan ilashishi hisobiga aylanma harakat qilib, har biri ikkitadan ekish apparatini ishga tushiradi.
Bir gektar maydonga belgilangan miqdordagi chigit ekish uchun uyalar soni har xil bo‘lgan ajratuvchi disk o‘rnatish yoki uning aylanish tezligini o‘zgartish kerak bo‘ladi.
Ajratuvchi disk (u bilan birga to‘dalovchi disk) tezligini o‘zgartirish uchun harakat yuritmasidagi zanjir 3 ni Z2...Z5 larning biriga ulash kerak. Ammo, disk tezligi iloji bo‘lsa, kamroq bo‘lgani ma’qul, aks holda, uyalarga chigit tushib ulgurmasligi mumkin. Uyalar orasi va ularda ko‘milgan chigitning miqdori kurakchalar soni har hil bo‘lgan to‘dalovchi disk o‘rnatish bilan o‘zgartiriladi.
Misol uchun, ajratuvchi diskda 12 ta uyacha bo‘lsa, u to‘liq bir aylanganida 12 dona chigit ajratib oladi. Shu vaqtda ikki kurakchali to‘dalovchi disk ishlatilsa, har bir uyaga 6 dona chigit, uchta kurakcha bo‘lsa 4 dona, to‘rtta kurakcha bo‘lsa 3 dona, 6 ta kurakcha bo‘lsa 2 dona chigit tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |