Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet47/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Qayta xlorlash — xlor zararsizlantirilmoqchi bo’lgan suvga tin- dirishdan oldin qo’shiladi, qayta xlorlashda fil’trdan o’tgandan so’ng qo’shiladi. Xlorni tindirishdan ilgari qo’shilganda suvga koagulyantlar kamroq qo’shiladi. Bu koagulyaciya jarayonini engillashtirib baktyeriyalarning o’sishini to’xtatadi, qayta xlorlash samara byeradi.
Ammonizaciya — keyingi vaqtlarda zararsizlantirilmoqchi bo’lgan suvga oldin ammiak va bir qancha sekunddan so’ng xlor qo’shiladi. Natijada suv tarkibida ammiak va xlor birikmalari o’zaro birikib mono- dixloraminlarni paydo qiladi (NN2 Cl va NHCl2). Keyinchalik baktyeriyalarga xlor emas balki xloramin baktyericid ta’sir ko’rsatadi.
Bu usulning afzalligi shundaki, xloraminning baktyericid ta’siri xlorga nisbatan ancha uzoq, bu suvning yoqimsiz hidi va mazasini yo’qotadi, Ayniqsa suv tarkibida fedol va neft’ bo’lganda bu usulning ahamiyati katta. Suvning organoleptik xususiyati o’zgarishi oldini olish suvga xlor va ammiak qo’shish bilan amalga oshiriladi.
Suvni ammonizaciyalayotgan vaqtda xloraminning ta’siri darhol sezilmaydi. Ammonizaciya qilishdan oldin xlor va ammiak nisbati laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi. Odatda suvga ammiak va xlor 1:4, 1:6 yoki 1:8 nisbatda qo’shiladi. Ammonizaciya apparati xuddi xlorlash apparatiga o’xshab ketadi.
SUVNI KO’P MIQDORDAGI XLOR BILAN XLORLASH
Bu usulda suv ko’p miqdordaga xlor bilan zararsizlantiriladi. Bunda 1 litr suvga 5—10 mg xlor qo’shiladi, qoldiq xlor miqdori esa 1—5 mg ga teng bo’ladi. Bu usuldan suvda baktyeriyalar soni ko’p bo’lganda, suvni nazorat qilish qiyin bo’lganda foydalaniladi. Suv ko’p miqdordagi xlor bilan zararsizlantirilganda baktyeriyalardan yaxshi tozalanadi, ammo bunday suvni darrov ichib bo’lmaydi. SHu sababli suvni yuqori dozada xlorlashga ruxsat etilmaydi.
Toshkentdagi Qibray vodoprovod inshootida yoz oylari boshlanishi bilan suvga solinadigan xlor dozasi birmuncha oshiriladi, ammo
suvdagi qoldiq xlor 0,6—0,7 mg dan oshmaydi. Xlor ikki oksiddan ham dezinfekciya maqsadida foydalanish mumkin.
Suvni vodoprovod stanciyasida xlorlashning bir qancha qiyin tomonlari bor. Xlor o’ta zaharli bo’lgani uchun uni saqlash va bir joydan ikkinchi joyga olib borish ancha murakkab. Xlorni saqlashda, transportirovka qilishda, u bilan ishlaganda mehnat xavfsizliga qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Ishchilar shaxsiy kiyim-kechak, respirator, protivogaz va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi zarur.
Suvni ozonlash. 1901 yilda Rossiyada vodoprovodchilar s’ezdi bo’lib o’tdi. Bunda ozondan suvni zararsizlantirish maqsadida foydalanish masalasi ko’rib chiqildi. 1905—1906 yillarda G. V. Xlopin va K.E. Dobrovol’skiylar tomonidan Neva suvlarini ozonlash bo’yicha tajriba o’tkazildi. 1911 yilda Petyerburg shahrida tarqalgan vabo epidemiyasidan so’ng ozon fil’trli vodoprovod stanciyasi qurildi. Stanciya sutkasiga 24 000 m suvni fil’trlab chiqaradi. Bir yil o’tgach N.F. Gamaleya ozonli vodoprovod to’g’risida katta maqola yozdi. Ammo, arzon va keng ko’lamda ishlatish mumkinligi tufayli ozon o’rniga yana xlordan foydalana boshlandi.
Ozon (Oz) yoqimsiz hidli, suvda juda yaxshi eriydigan havorang gaz. 0°S li 760 mm simob ustuniga teng 1 litr suvda 980 mg ozon eriydi.
Ozon o’tkir oksidlovchi modda bo’lib, baktyericid xususiyati juda yuqori. Ozon mikroblarning protoplazmasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, har qanday organik moddalar bilan reakciyaga kirishib ularni parchalaydi.
Keyingi yillarda ozonga bo’lgan qiziqish rivojlangan mamlakatlarda kuchayib bormoqda. Hozir Amyerika Qo’shma SHtatlari va Franciyaning eng katta vodoprovod inshootlarida ozondan suvni zararsizlantirish maqsadlarida foydalanilmoqda. Moskva, Kiev, YAroslavl’, CHelyabinsk va boshqa shaharlarda ham ozonli vodoprovodlar mavjud.
Ozon molekulasi suv tarkibida oraliq moddalarga parchalanadi - ya’ni erkin radikallar NO2, ON hosil qiladi. Oksigen molekulasi va erkin radikallar kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun mikroorganizmlarga baktyericid ta’sir ko’rsatadi.
Ozon faqat baktyericid xususiyatga ega bo’lib qolmay, balki suvning organoleptik xususiyatini yaxshilashga ham yordam byeradi.

  1. Ozon oz vaqt ichida suvni ishonchli darajada zararsiz holatga keltiradi.

  2. O’zicha suvdagi moddalar bilan aralashmaydi va hech qanday maza yoki hid byermaydi.

  3. Suvni zararsizlantirishdan tashqari, uni rangsizlantiradi

ham.

  1. Suvni ozonlashtirishga uning rN i, tempyeraturasi va boshqa xususiyatlari xalaqit byermaydi.




Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish