Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet46/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

XLOR MIQDORIII BELGILASH
Suvni to’la-to’kis zararsiz holatga keltirish uchun suvdagi xlor miqdori etarli bo’lishi zarur. Xlor suvga tushgach, faqat mikroblar bilan reakciyaga kirishmay, balki organik moddalar bilan ham reakciyaga kirishadi.
Demak, xlorning ma’lum miqdori suvdagi moddalar bilan bog’lanadi, bu suvniig xlorni bog’lash xususiyati deb nomlanadi. SHuning uchun ham suvga solinadigan xlor miqdori ortiqcha bo’lishi kerak. SHunda u ham baktyeriyalarni o’ldiradi, ham suvdaga moddalarni xlor bilan to’yinishini ta’minlaydi.
Suv xlorlangandan 0,5—1 soat o’tgach suvdagi moddalar xlorga o’yinadi va ortiqcha xlor suv tarkibida qoladi. Bunday qoldiq lorning suv
tarkibida 0,3—0,5 mg bo’lishi gigienik normaga o’g’ri keladi.
Suvda xlorning shimilishiga suvning harorati, suvdagi kolloid hamda osilma moddalar va boshqalar ta’sir ko’rsatadi. Vodoprovod suvi tarkibida 1—3 mg xlor bo’lishi baktyericid ta’sir ko’rsatadi. Xlor miqdori bundan ortsa, suvdan xlor hidi kelib qoladi.
Agar suvdan organik, kolloid va osilma moddalar topilsa, xlorlash natija byermaganini ko’rsatadi.
Keyingi yillarda suvni xlorlashning yangi usuli ishlab chiqildi. Bunda elektrolit sifatida maxsus tayyorlangan natriy xlorid eritmasi, yuqori minyerallashgan yer osti suvi yoki dengaz suvidan foydalanish mumkin. Bunda gapoxlorid elektroliz yo’li bilan vodoprovod stanciyasida olinib suvlarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi, iqtisodiy jihatdan tejamli usul. Suvni xlorlash asbob-uskunalari.
Vodoprovod stanciyalarida suvni xlorlash uchun bir qancha ishlarni bajarish kerak bo’ladi.

  1. Xlorli ohakni eritish va eritma tayyorlash;

  2. Suyuq xlor saqlanadigan asbobni boshqarish;

  3. Xlorni dozalash va suv bilan aralashtirish.

Xlorli ohak bilan dezinfekciya qilish uchun odatda 3 ta bak kerak bo’ladi. Birinchi bakda quyuq eritma tayyorlanadi, ikkinchi bakdagi eritmaga suv qo’shib, 2% li ishchi eritma hosil qilinadi, uchinchi bak dozalovchi bak hisoblanadi.
Xlorli ohakdan vodoprovod stanciyalarida foydalanish qiyin bo’lgani sababli sutkasiga 3000 m suv byeradigan va undan katta vodoprovod inshootlarida faqat suyuq xlor ishlatiladi.
Xlor dozasini aniqlash va uni suv bilan aralashtirish uchun maxsus xlorator asbobi ishlatiladi.
Xlorli ballon va xlorator apparati odatda alohida xonaga o’rnatiladi. Xona mustahkam va yaxshi shamollatiladigan bo’lishi zarur.
Odatda xlorlash ishi suv fil’trlangandan va tindirilgandan so’ng boshlanadi. SHunda xlor baktyeriyalarga yaxshi ta’sir etadi. Fil’trlangan suv byerk hovuz — rezyervuarga tushadi, xlor bilan aralashib nasos bilan vodoprovod tarmoqlariga, ya’ni aholiga tarqatiladi.
Hozirgi kunda LK-10 va LK-11 xloratorlari mavjud. Ular 0,04 dan 120 kg gacha xlorni suv bilan aralashtirib berishi mumkin. Xloratorlar vakuumli bo’lib, xlorning gaz holida tushishiga yo’l qo’ymaydi. Suvni xlorlash 30—60 minut davomida amalga oshiriladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish