Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Mahsulot va xizmatlarni o'z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish



Download 61,19 Mb.
bet46/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Mahsulot va xizmatlarni o'z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish - tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo'jalik esa tovar xo'jaligi deyiladi. Tovar xo'jaligida kishilar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namo­yon bo'ladi. Tovar ishlab chiqarish natural xo'jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o'sishi natijasida paydo bo'ladi. Natural va tovar xo'jaliklarining bir-biridan farqini 4.1-jadval orqali ko'rish mumkin.


4.1-jadval
Natural va tovar xo'jaliginiug asosiy farqlari

Asosiy jihatlar

Natural xo'jalik

Tovar xo'jaligi

1. Ne'matlar ishlab chiqarishning asosiy njaqsadi

Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish

Boshqa tovarlarga ayir­boshlash, bozorda oldi- sotdi qilish

2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi

Ehtiyojlar va imkoniyat- lardan kelib chiqqan hol­da oldindan aniqlanadi

Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiy manfaati asosida aniqlanadi

3. Iste'molchini o'ziga jalb etish uchun kurash

Bunday kurash mavjud emas

Bunday kurash mavjud va tovar xo'jaligining rivojla­nishi bilan kuchayib boradi

4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste'mol qilinish darajasi

Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to'liq iste'mol qilinadi

Ishlab chiqarilgan mabsu- lotlaniing ayrim turlari va qismlari sotilmay qolishi, ya'ni iste'mol qilinmasligi mumkin

5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari

Ishlab chiqarish jarayo­nida faqat o'zining va oila a'zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi

Ishlab chiqarish jarayonida ustun ravishda yollanma ishchi kuchidan foydalanish mumkin

Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste'moJchilar o'rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o'lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o'ziga xos usulidir. Natural xo'jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashrung rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo'jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o'tish yo'li bilan boradi. Ayrim tur- dagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o'rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo'yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali boiib ham bo­radi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo'jaligini rivojlantirish- ning harakatlantiruvchi kuchi boiib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar toborabir-birlariga ko'proq bog'lanib boradilar. Dastlabki davrlarda tovar xo'jaliklari jamoalar, quldorlik la- tifundiyalari, feodal va dehqon xo'jaliklari o'rtasida aloqalar o'rnatiJishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojla- nishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochgan.


Ma'lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqti- sodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo'jaUgining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy- iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

  1. ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi. Bunda ishlab chiqaruv- chilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixti- soslashuv, o'z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo'yicha, ya'ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;

  2. shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqamv- chilarning iqtisodiy jihatdan aloliidalashuvi. Bunda ular o'z mulklari hamda mehnat natijalarini o'zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo'jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o'zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo'yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisob­lanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya'ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo'lgan tovarning xususiyatlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

4.2. Tovar va uning xususiyatlari
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta'rif be- rishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jum- ladan, Ye.F.Borisovta'rifiga ko'ra «Tovar — bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo'ljallangan, mehnat orqali yaratil­gan ijtimoiy naflilikduV. Bundan ko'rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne'mat» va «tovar» tushuncha]ariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne'matning maxsus shakli bo'lib hisoblanishi ko'rsatib beril­gan: «Tovar — bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqti- sodiy ne'mat»'. Bu va boshqa qator olimlarning Qkrlari asosida ta'kidlash mumkinki, tovar bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega boigan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi malisulotlar va ko'rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, O'zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan ko'plab turdagi tovarlardan ba'zilarini misol keltirish mumkin (4.2-jadval).
* 4.2-jadval



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish