Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


O'zbekistonda 1995-2003-yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirishning



Download 61,19 Mb.
bet43/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

O'zbekistonda 1995-2003-yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirishning
asosiy ko'rsatkichlari

Ko'rsatkiehlar

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003

Xususiylashtirilgan korxonalar soni, birlik

8537

1915

1231

451

448

374

1449

1912

1519

Xususiylashtirish na­tijasida tashkil etil­gan nodavlat mulki­dagi korxonalar soni

8537

1915

899

266

373

372

1238

1800

1452

Aksiyadorlik jamiyatlari

1026

1257

456

110

141

152

227

223

75

Xususiy korxonalar

6036

420

260

103

156

103

827

1252

981

Boshqa shakldagi korxonalar

1475

238

183

53

76

117

184

325

396

Xususiylashtirishdan tushgan mablag', mlrd. so'm

2,4

5,3

4,4

8,9

9,1

14,3

23,2

43,6

56,1


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

Jadvaldan ko'rinadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy kor­xonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar hajmi 167,3 mlrd. so'mni tashkil etgan.


O'zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jara- yonlarining hozirgi — beshinchi bosqichi O'zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2003-yil 24-yanvardagi «0'zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning uluslii va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni bilan bog'liq. Mazkur farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtiiish, shuningdek, mazkur korxonalarni moderai- zatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to'g'ridan-to'g'ri investitsiya- larni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilash- ning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan kor­xonalar davlat aktivlarining boshlang'ich narxlarini sekin-asta pasay- tirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli obyektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo'yicha tanlov asosida in- vestitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi1.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqich- ma-bosqich davom ettirilmoqda. Ma'lumotlarning ko'rsatishicha, 2004- 2008-yillar davomida 3904 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag'larning jami hajmi 471,1 mlrd. so'mni tashkil etgan (3.7-jadval).


3.7-jadval
O'zbekistonda 2004-2008-yillarda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi

Yillar

Xususiylashtirilgan obyektlar soni

Xususiylashtirishdan tushgan pul niablag'lari, mlrd. so'm

2004

1228

78,4

2005

980

80.5

2006

673

70,5

2007

631

111.1

2008

392

130,6


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo'naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jara- yonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylash­tirishning manzilli yo'naltirilganligi uy-joylarning o'z egalariga imti- yozh yoki bepul berilishida, aholining ko'proq muhtoj va zaif qatlam- larini qo'llab-quvvatlashning turli xil dasturlari budjet mablagiari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o'z yordamchi xo'jaligi uchun chek yer- lar olishi kabilarda ifodalanadi.


O'zbekistonda xususiylashtirishning to'lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to'lash orqah davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bogiiq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qi­lish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xusu­siylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo'llab-quwatlashning moliyaviy manbalari paydo bo'ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash das- turini ro'yobga chiqarish uchun mablag'lar jamlanadi. Davlat mol- mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo'li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan ohnadi- gan mablag'lar shu korxonaning o'zini qo'llab-quwatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat — respublikada mulkni davlat tasarru­fidan chiqarish chog'ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratil- di va ta'minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga ak- siyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, dav­lat korxonalarining mol-mulki. fermalar, bog'lar va shu kabilarni im- tiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq toiashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o'ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqti­sodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kehb chiqadi. Bular quyidagilar:

  1. davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayot- gan islohotlarning ichki mantiqiga bo'ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

  2. mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

d) xususiylashtirishni huquqiy-me'yoriy jihatdan ta'minlashda qo-
nunlaiga rioya etiladi.
Shuningdek, Prezidentimiz o'zining 2007-yil yakunlariga bag'ishlan­gan ma'ruzasida o'tgan yilda davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqa­rish va xususiylashtirish sohasidagi yondashuvlar tubdan qayta ko'rib chiqilgani, korxonalar kapitalida davlat ishtirokini keskin kamaytirish bo'yicha qarorlar qabul qilinganini alohida ta'kidlab o'tdi. Ayni vaqtda davlat mulkini baholash va keyinchalik xususiy mulk sifatida sotishni tartibga soladigan me'yoriy bazani erkinlashtirish yuzasidan ishlar olib borilayotgani, davlat mulkini investitsiya kiritish va boshqa majburiyat- larasosida sotish uchun xorijiy va mamlakatimiz investorlari bilan tuzil- gan shartnomalarning umumiy qiymati 3-4 barobar ko'payib, 310 million dollar hamda 57 milliard so'mni tashkil etgani, jami tushumlar- ning 65 foizdan ortig'i xususiylashtirilayotgan korxonalarni moder- nizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo'naltirilganligi qayd etildi.
«Davlat obyektlarini xususiylashtirishda biz uchun eng asosiy tamoyil, - deb ta'kidladi Prezidentimiz, — bu ishning ko'zini biladigan, omil- kor mulkdorlarni jalb etish, korxonalarni haqiqiy egasiga, xususiylash­tirilgan zavod yoki fabrikani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqa- rishni tashkil etishga qodir bo'lgan mohir menejerlarga topshirish kerak.
...Shunday natijaga erishishimiz kerakki, bizning pirovard maqsadi- miz amalga oshsin — barcha korxonalarni o'z ishi uchun qayg'uradigan haqiqiy mulkdorlar, haqiqiy mulk egalari boshqarsin»'.
Respublikamizda xususiylashtirish bo'yicha qo'yilgan vazifa davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o'ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo'lgan sohalari ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoit- lariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yuritish mexanizmi- ni ishlab cliiqish talab qilinadi.
Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomlj asarlarida ta'kidlanishicha, mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va tex- nologiya asosida zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bunday korxonalar soni bugungi kunda 200 tadan oshib, ularning aksariyati engil va oziq- ovqat sanoati sohasida saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu sohalarda tez o'zgaruvchan bozor talabi texnika va texnologiyani uzog'i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan ham qisqa muddatlarda o'zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatni mazkur korxonalarni bank- rot deb e'lon qilish yo'li bilan tubdan o'zgartirish darkor1. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF- 4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqaror- ligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonida ko'zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish, modemizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag'larini kengroq jalb qilishni yo'lga qo'yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Farmonda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot kor­xonalarni tijorat banklariga sotish yoki to'g'ridan-to'g'ri balansiga be- rishning 3 ta mexanizmi ko'zda tutilgan:

    1. bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini bank kreditlari tashkil etsa. u holda korxonani tijorat banldari balansiga berish;

    2. bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va tegishli majburiyatni o'z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish;

    3. bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish.

Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo'jalik faohyatini yo'lga qo'yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi2.
Xulosalar
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kech- may, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion, madaniylashish (tsivilizatsi^a) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o'zgarishi kabi jihatlar bo'yicha yondashuvlar mavjud.

      1. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar — iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo'jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasinj o'z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazari- yasida ko'pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarn- ing rivojlanisb darajasi bilan bog'lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an'anaviy iqtisodiyot, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.

      2. Mulkchilik munosabatlari — shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlari- ni o6zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydala­nish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o'rta­sidagi munosabatlar majmuasidir.

      3. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma'naviy ne'matlarni o'zlashiirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o'zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o'rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyekt- ning obyektga nisbatan bo'lgan munosabatini aks ettiradi.

      4. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish — kor­xonalar ustav fondida davlat ulushinmg qisqarishi, ularning inves- titsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.

Asosiy tayanch tushunchalar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish