O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI
KATTA O‘QITUVCHISI G.BAYMURATOVA TOMONIDAN TAYYORLANGAN
“XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI”
FANIDAN VIDEO MA’RUZA
12-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish
Reja - Reja
- 12.1. To’lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari.
- 12.2. To’lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar.
- 12.3. To’lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o’tkazib yuborishlar.
- 12.4 To’lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari.
- 12.1. To’lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari
-
- To’lov balansi – bir mamlakatning boshqa malakatlarga mamluv bir davr moboynida haqiqatda o’tkazgan valyutaviy to’lovlari va tushumlari o’rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o’zida aks ettiruvchi hujjatdir. Agar to’lov balansida valyutaviy tushumlar to’lovlardan ortib ketsa, to’lov balansi aktiv, aksincha esa passiv hisoblanadi.
- Joriy operatsiyalar balansi (xususan, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi nisbatni o’zida aks ettiruvchi savdo balansi, xizmatlarning sof eksportini, investitsiyalardan olingan daromadlarni va bir tomonlama pul o’tkazmalarini o’zida aks ettiruvchi “qo’rinmas” joriy operatsiyalar balansi) va kapital harakati balansi (mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi va unga xorijiy kapitalni kirib kelishini o’zida aks ettiradi) to’lov balansining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
To’lov balansi mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalar kirishish, xalqaro to’lovga qobillik, jahon savdosiga qatnashish darajasini o’zida namoyon etuvchi muhim ko’rsatkich va vosita hisoblanadi. To’lov balansi tushunchasini dastlab Djeyms Denem-Styuart o’zining “Siyosiy iqtisod tamoyillari to’g’risida tadqiqot (Inquiry into the Principles of Political Economy)” (1767 yil) asarida foydalangan. Styuart to’lov balansini mustaqil tushuncha sifatida chet elda fuqorolarning xarajatlari, xorijga foiz to’lovlari, qarzning asosiy summasi va qarz bo’yicha to’lovlar, valyuta ko’rinishidagi qarzlarni boshqa mamlakatlarga taqdim etishdan tashkil topadi deb ko’rsatgan. Shunday qilib, dastlabki to’lov balansi faqat haqiqatda amalga oshirilgan xalqaro valyutaviy to’lovlarni o’zida aks ettirgan, biroq barcha intellektual, moliyaviy va moddiy aktivlar bilan bog’liq tashqi iqtisodiy operatsiyalar (rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi operatsiyalar)ni to’liq namoyon etmagan. Biroq hozirgi kundagi to’lov balansini tuzish tartibi, mantiqiy va kontseptual asoslariga avvalgi to’lov balansi tayanch, negiz sifatida olingan. - To’lov balansi mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalar kirishish, xalqaro to’lovga qobillik, jahon savdosiga qatnashish darajasini o’zida namoyon etuvchi muhim ko’rsatkich va vosita hisoblanadi. To’lov balansi tushunchasini dastlab Djeyms Denem-Styuart o’zining “Siyosiy iqtisod tamoyillari to’g’risida tadqiqot (Inquiry into the Principles of Political Economy)” (1767 yil) asarida foydalangan. Styuart to’lov balansini mustaqil tushuncha sifatida chet elda fuqorolarning xarajatlari, xorijga foiz to’lovlari, qarzning asosiy summasi va qarz bo’yicha to’lovlar, valyuta ko’rinishidagi qarzlarni boshqa mamlakatlarga taqdim etishdan tashkil topadi deb ko’rsatgan. Shunday qilib, dastlabki to’lov balansi faqat haqiqatda amalga oshirilgan xalqaro valyutaviy to’lovlarni o’zida aks ettirgan, biroq barcha intellektual, moliyaviy va moddiy aktivlar bilan bog’liq tashqi iqtisodiy operatsiyalar (rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi operatsiyalar)ni to’liq namoyon etmagan. Biroq hozirgi kundagi to’lov balansini tuzish tartibi, mantiqiy va kontseptual asoslariga avvalgi to’lov balansi tayanch, negiz sifatida olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |