Sh. R. Ikramov, R. N. Abdullaev maxsus texnologiya (Donali trikotaj qismi) “ t afakku r b o ‘sto n i”



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/171
Sana11.07.2022
Hajmi7,73 Mb.
#777499
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171
Bog'liq
Maxsus texnologiya. Ikromov.Sh.R, Abdullaev R.N

4.37-rasm. 
Murakkab o‘rilishdagi aralash interlok to'qimaning grafik
chizmasi.
cho‘zilishi va so'tilishi kam bo‘lgan, yengil aralash trikotaj to ‘qimani 
ishlab chiqarishdagi grafik chizmasi tasvirlangan. Bunday murakkab 
o'rilishga ega bo'lgan aralash to ‘qima elektron boshqarish qurilmalariga 
ega bo‘lgan to'quv avtomatlarida to ‘qiladi. Bu to ‘qimalardan yuqorida 
ta’kidlangandek, ommabop trikotaj mahsulotlarini yarim muntazam 
va muntazam usullarda naqshli etib ishlab chiqariladi.
RTR rusumli yassi ignadonli fang to'quv avtomatlari (mashinalari) 
ko‘p tizimli bo‘lib, ular bittadan to'rttagacha bo'lgan to'quv tizim- 
lariga 
ega. 
RTR-2 ikkita to ‘quv tizimli, RTR-3 uchta to'quv tizimh, 
RTR-4 esa to'rtta to'quv tizimiga ega bo'lgan mashinalardir.
Mashina to'quv tizimining takomillashganhgi va avtomatik (elek­
tron) boshqarish qurilmalari bilan jihozlanganligi, undagi mavjud 
pona (klin)larni avtomatik ravishda tanlab olish va vaqtincha ishdan 
ozod qilish, ya’ni o'chirish imkoniyatlarini yaratadi.
RTR rusumli to'quv avtomatlarining texnologik imkoniyatlari 
yuqori bo'lib, to'quv jarayonida ishlayotgan ignalar sonini qisqartirish 
(ignalarni o'chirish) yoki ishlayotgan ignalar sonini ko'paytirish 
(qo'shish) imkoniyatlari mavjud. To'quv avtomatlarida toqish jarayoni 
bajarilayotgan vaqtda ignalar sonini chegaralangan (istalgan) tartibda 
kompyuter qurilmasi orqali tanlab olib ishga jalb etish yoki ishdan
161


vaqtinchalikka, zarur bo'lsa butkul о ‘chirish imkoniyati mavjud. Bu 
esa to ‘quv avtomatining o'ziga xos boigan afzalliklaridan biridir.
To‘quV avtomatida ishlab chiqarilyotgan mahsulot enini qisqartirish 
maqsadida qo‘llaniladigan halqa ko'chirish qurilma (dekker)larining 
mavjud ekanligi mahsulotning chekka gardish qismlarini andoza 
gardishi bo'ylab qisqartirib yoki kengaytirib to'qishni ta ’minlaydi. 
Bu esa mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida xomashyodan samarali 
foydalanish im koniyatini yaratadi. To'quv avtomatlaridagi halqa 
ko'chirish (qo'shni ignaga va oldingi ignadon ignalaridan orqa ignadon 
ignalariga) imkoniyatlarining mavjudligi, ularda turli murakkab o'ri- 
lishlardagi naqshli, ko'zchali (ajur) va aralash o'rilishli trikotaj to'qi- 
malarining bir qator turlari to'qiladi. Shu bilan birgalikda to'quv 
avtomatlarining ko 'p tizimli qilib ishlab chiqarilayotganligi ham
ulaming o'ziga xos ishlab chiqarish usullariga ega ekanliklarini hamda 
texnologik imkoniyatlari yuqoriligini ta’minlaydi.
RTR-1-4 rusumli to'quv avtomatlarining ikkala ignadonlari sirtiga 
biriktirilgan relslarga aravacha o'm atilgan bo'lib, aravacha maxsus 
qurilmalar ta’sirida ignadonlar sirti bo'ylab ilgarilanma-qaytma hara­
katlanadi. Aravachaning ostki qismiga to'quv tizimlarining doskalari 
boltlar bilan biriktirilgan bo'lib, ular aravacha bilan birgalikda igna­
donlar sirti bo'ylab harakatlanadi, natijada ikkala ignadondagi igna 
uyalariga erkin joylashgan ignalar harakatga kelib, to'quv jarayoni 
bajaralishini ta ’minlaydi. To'quv avtomati aravachaning harakatlanishi 
va undagi to'quv tizimlari soniga ko'ra ikkitadan to'rttagacha bo'lgan 
halqa qatorini to'qib hosil qiladi.
To'qim a o'rilish turiga ko'ra zulflardagi ponalaming ishchi holatlari 
va ulaming oraliqlarida harakatlanadigan to'quv ignalarining holat 
(pozitsiya) turlari tanlanib, ignadondagi igna uyalariga joylashtiriladi. 
R TR-1-4 rusumli to'quv avtomatlarida to'quv jarayonlari bajari- 
layotgan vaqtida h ar bir to'quv tizim lari o'ziga tegishli bo'lgan 
ignalarga ip joylashtiruvchi qurilmalar bilan birgalikda ishlaydi.
Birinchi (1) to'quv tizimi doimiy ravishda ignalarga yani, ipni 
joylashtiruvchi birinchi qurilma bilan ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi 
to'quv tizimlar esa ignalarga ipni joylashtiruvchi 2, 3, 4 qurilmalar 
bilan birgalikda ishlaydilar.
162



Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish