2.6-rasm.
Ripshaybasiz paypoq to ‘quv avtomatida to ‘qilgan paypoqning
bortini birlashtiruvchi chok tuzilishi (overlog mashinasida choklangan).
-
2.7-rasm.
Ripshaybasiz paypoq to ‘quv avtomatida to'qilgan paypoqning
boitini ignalar yordamida birlashtirish.
20
Kj
u>
Bu usulning o ‘ziga xosligi yupqa paypoq va kolgotkalar uch
qismining ikki qavat bo‘lib shakllanishi ulaming tashqi ko‘rinishiga
ta’sir etmay qolmaydi.
KAS avtomatlarining yaratilishidan oldin aylana ignadonli paypoq
to ‘quv avtomatlarida to'qilgan ayollar paypoqlarining bort qismi,
paypoq to'qib bo‘lingandan so‘ng tikuv «overlog» mashinasida chok-
langan (birlashtirilgan), hosil bo‘ladigan chok tuzilishi bo'yicha (2.6-
rasm) trikotaj to'qimasidan farqlanganligi sababli yetarlicha cho‘-
zilmaydigan, dag‘al va ko‘rimsiz bo‘lib shakllangan. Chunki overlog
tikuv mashinasining choki bir yo‘la 2-3 gohida 4 halqa qatorini yo‘rib
ketadi.
Demak, chokning qalinligi ortib, paypoqning bort qismi chandiq
ko‘rinishiga ega bo'lib qoladi. Paypoq to ‘quv korxonalarida yaqin
kunlarga qadar avtomatik tikuv mexanizmi bo‘lmagan (ripshaybasiz)
mahsulotning bort qismi tikuv sexiga uzatilib, ana o‘sha yerda chok-
langan. Ayrim tarmoq mutaxassislari avtomatik choklashning o ‘rniga
ignadon ignalari va platinalar bilan choklash usullarini tavsiya etishgan.
Bu choklarning tuzilishi 2.7-rasmda keltirilgan. Igna yordamida chok-
langanda ignadonning har bir to'rtinchi ignasi boshlang‘ich halqa
qatorlaridan birini ushlab qolib (bort qismini) to ‘qishda qatnashmaydi.
So'ngra bortning oxirgi halqa qatori to ‘qilishida ignadonning o‘chi-
rilgan har bir to'rtinchi ignasi ishga tushiriladi, bort ana shu uzaytirilgan
halqalar yordamida choklanadi. To'quv avtomatida avtomatik choklash
mexanizmi bo'lmagani uning ko‘rinishini biroz soddalashtiradi, biroq
hosil qilinadigan chok unga qo‘yiladigan talabga javob bera olmaydi.
Bir ignadonli, ripshaybasiz paypoq to ‘quv avtomatida bortni ikki
qatlamli qilib, chokni ignalar bilan birlashtirib to‘qish usulining o‘ziga
xosligi mavjud. Bort choki yaxshi cho‘zilmaydi, chunki chok tarkibida
protyajkalar soni ortadi, o‘lchamlari bo‘yicha butun bort uzunligiga
teng birlashtiruvchi halqa uzilishlardan holi emas. Platinalar yordamida
bort qismini choklash birinchi usulning kamchiliklarini bartaraf etishga
yordam beradi (2.8-rasm). Choklash ikki dahanostilik platinalar
yordamida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich halqa qatorlari birining
halqalari platinaning ikkinchi dahanosti qismi bilan igna o‘zaklarida
tutib turiladi va bortning yetarli o ‘lchamdagi uzunligi to'qib bo'lin-
gandan so‘ng platinalar yordamida tutib turilgan halqalar bo‘shatiladi.
21
-±JT)
A j h
Г ^ Г ) Щ-СГ)
(T U ? )
fZ- ■
i \ I \ j \ I \ I \ I
V T T ? v / w w u L
Do'stlaringiz bilan baham: |