Sh. Djumanov, S. Sayfiddinov



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/73
Sana11.01.2022
Hajmi1,15 Mb.
#352028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari

2-rasm. Chekli kalibrlar:  

(Detallar o‘lchamlarining aniqiigini o‘lchash uchun):

a - kahbr - tiqin, b,d,e - kahbr - halqalar

Detallar o‘lchamlarini tekshirishda kalibrlar o‘lchanayotgan 

detalga kuch ishlatilmasdan, erkin kirgizilishi va erkin harakat- 

lanishi lozim.



8

II BOB



YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH 

TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR

Qo‘yim va o‘tqazishlar

Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ular- 

ni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning 

qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar 

va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun 

detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76 

“Yog‘ochdan 

va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va 

o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya 

qilinadi.

Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘l- 

chamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish 

vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan 

qismlarning o‘lchamlari 



tutashuvchi o‘lchamlar 

deb ataladi. 

Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami 

bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi 

o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari 

erkin o‘lcham 

deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan 

o‘lchamlar 

haqiqiy o‘lcham 

deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi 

ikkita o‘lcham 

chekli o‘lcham 

deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l 

qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham 

chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin).

Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham 

nomi- 

nal o‘lcham 

deb  ataladi.  Nominal  o‘lcham  hisobiy  chetga 

chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy, 

chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal 




9

o‘lcham orasidagi 



chetga chiqishlar 

ham aniqlanadi. 



Qo‘yim 

— 

eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir. Ma- 



salan, detaining nominal yo‘g‘onligi 

15 


mm va chekli chetga 

chiqishi ±0,2 

mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng 

katta yo‘g‘onligi) 

15 -4- 0,2 = 15,2 

mm, eng kichik chekli oi- 

chami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa 

15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi 

mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm.

Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘t- 

qazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi. 

Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan 

ma‘lum darajada suriladi. Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirt- 

qi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning 

ich- ki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlati- 

ladi. Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘l- 

sa, ularning devorlari orasida 

tirqish 

paydo bo‘ladi, valning 

o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular ora- 

sida 


taranglik 

hosil bo‘ladi. 



O‘tqazish 

deganda, detallarni birik- 

tirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish 

yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik 

va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi.

Ham tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan 

o‘tqazish 

oraliq o‘tqazish 

deb ataladi (bunda teshik va valning 

qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi). Buyumlarni 

konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini 

oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash 

kerak. Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni 

hisoblab topish uchun GOST 

6449—76 


da to‘qqizta kvalitet 

ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18). 

Tutashtiruvchi o‘lchamlar 

kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak; 

bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va 

tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga 

asoslanib chiqariladi.



10


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish