III BOB.
YOG‘OCH KESISH ASOSLARI
Kesish —
yog‘och materiallardan zarur o‘lchamli va shaklli
detallar yasashning asosiy usulidir. Kesish jarayonida ponasimon
keskich yog‘ochga o‘yib kirib yog‘och tolalarini kesadi va ular
orasidagi bog‘lanishni buzib, yog‘ochning ma‘lum qatlamini
kesib qirindi hosil qiladi. Yog‘ochni qirindi ajratmay kesish ham
mumkin: masalan, payrahaning yaroqsiz qismini kesganda yoki
payrahani qaychi bilan qirqqanda qirindi chiqmaydi.
Energiyani kam sarflab, jihozni yuqori unum bilan ishlatib.
yog‘ochga talab qilingan darajada sifatli ishlov berish uchun
kesish sharoitini to‘g‘ri tanlay bilish, buning uchun esa dastlab
mazkur jarayonning mohiyatini tushunib olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |