Randalash dastgohlarining texnik tavsiflari
Ko‘rsatkichlar
SF4- 1 SFA41
SFK- 6 S2F4- 1
Kesish aylanasining diametri:
pichoqlar valida
128 !
128
128
128
pichoqlar kallagida
-
-
105
Aylanish chastotasi, ayl/min:
1
pichoqlar valining
5100
5100
5100
5100
pichoqlar kallagining
-
-
-
7000
Surish tezligi, m/min.
-
6,5...30
6; 8;
7...30
Elektr dvigatellaming quvvati,
kVt
3,0
3,5
9,2
5,3
Gabarit o‘lchamlari, mm:
bo‘yi
2564
2556
5565
2556
eni
1020
1013
1370
930
balandligi
1150
1350
1300
1350
Massasi, kg
750
990
1600
1050
Dastgohlarni sozlash.
Bir tomonlama ishlaydigan randalash
dastgohlarini sozlash old va ketingi stollarni hamda yo‘nalti-
ruvchi chizg‘ichni o‘rnatishdan iborat.
Ketingi stolning ish sirti kesish silindrik sirtiga urinma
gorizontal tekislik bilan bir sathda yoki undan
0,02...0,03 mm
pastroqda bo‘lishi lozim. Stol shunday vaziyatda turganda ish-
lov berilayotgan sirtning kinematik notekisliklari stol jag‘iga
tiralmaydi. Stolni zarur vaziyatda o‘rnatish uchun qattiq jinsli
58
yog‘ochdan to‘g‘ri ishlov berilgan g‘o‘lacha olinadi, bu g‘o‘la-
cha stolga jips tekkizib qo‘yilib, pichoqlar vali qo‘lda aylan-
tiriladi. Agar shunda pichoqlar g‘o‘lachaga salgina tegsa, stol
to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi, agar g‘o‘lacha pichoqlar ustida yotsa,
stolni balandroq ko‘tarish kerak. Stolni ko‘tarish uchun gaykani
kalit yordamida burab, ketingi stolning ekssentrik valiklarini
birlashtiruvchi vint-tortqi bo‘yicha siljitishch kerak. Ketingi stol
pichoqlari har gal almashtirilgandan keyin va valda turganda,
charxlangandan hamda raxi chiqarilgandan keyin rostlanadi.
Old stolning ketingi stolga nisbatan turish vaziyati zagotov-
kaning eniga va yo‘nilayotgan qirindining qalinligiga bog‘Iiq
bo‘lib, ensiz zagotovkadan
-
yo‘nilayotgai yog‘och qatlamining
qalinligi
2
mm dan oshmasligi lozim. Bu qalinlik old stolning
ish sirti bilan kesish aylanasiga urinma gorizontal tekislik
orasidagi masofaga qarab belgilanadi. Stol dasta yordamida
ko‘tariladi, ya‘ni dasta sektorning tegishli bo‘linmasi qarshisiga
suriladi. Stolni surish qurilmasi tob tashlagan zagotovkalarni
bo‘ylamasiga frezalashda dastani harakatlantirish yo‘li bilan
stolni tezgina ko‘tarish yoki tushirishga imkon beradi.
Stollar balandligi bo‘yicha rostlangandan keyin stollarning
sathi bilan pichoqlar tig‘i orasidagi masofa tekshiriladi. Bu
tirqish 2...3 mm atrofida bo‘lishi lozim. Bu tirqish tegishli
qalinlikdagi kalibrlangan plastinka bilan o‘lchanadi. Plastinka
stolning sathi bilan pichoq tig‘i orasiga bemalol kirishi, biroq
orada liqillamasligi kerak. Tirqish
3 mm dan katta bo‘lsa, ishlov
berilayotgan sirtdan yog‘och qatiami yulinib chiqadi, tirqish
2
mm dan kichik bo‘lganda pichoqning tig‘i uvalanadi. Zarur
tirqish kattaligi valni pichoq to stolning sathi qarshisiga kelgun-
cha aylantirib rostlanadi. Vintlar burab bo‘shatilib ekssentrik
valikli salazkalami pichoqlar valining bor bo‘yicha
2... 3 mm
kattalikda tirqish hosil bo‘lguncha siljitiladi. Shundan so‘ng
salazkalar yaxshilab mahkamlanadi.
59
G‘o‘lasimon zagotovkalarni randalashda pichoqlar valining
chap tomonidagi uchi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ich orasi
ishlov berilayotgan zagotovka enidan biroz kattaroq bo‘lishi
lozim. Pichoqlar o‘tmaslashgan sari pichoqlarning o‘tkir
qismini ishga solish uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ich sekin-asta
o‘ng tomonga siljitiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich maxovikcha
yordamida qo‘zg‘atiladigan reykali qurilma yordamida stolning
ko‘ndalangiga siljitiladi. Detaining yon qirrasini frezalash uchun
yo‘naltiruvchi chizg‘ich detal qatlamiga nisbatan (odatda,
90°)
qiya o‘raatilishi lozim, bu maqsadda metall uchburchaklik yoki
tegishli andazadan (burchak to‘g‘ri burchakdan farq qilsa)
foydalaniladi. Buning uchun nazorat uchburchaklik (andaza)
dastgohning ketingi stoliga o‘rnatiladi. Bunda uchburchaklik
(andaza) ning tokchasi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ichning sirti
orasidagi tirqish
100 mm masofada 0,05
mm dan oshmasligi
kerak. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich ma‘lum burchak ostida o‘rnatilib.
vint bilan mahkamlab qo‘yiladi.
Ikki tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarini soz-
lashda stollarni hamda yo‘naltiruvchi chizg‘ichning qo‘zg‘al-
mas qismini (ketingi stol tepasida) rostlash tartibi bir tomon-
lama ishlaydigan randalash dastgohiniki kabidir. Yo‘naltiruvchi
chizg‘ich qo‘zg‘aluvchan qismining tekisligi qo‘zg‘almas qismi-
ning tekisligidan zagotovkaning yon qirrasidan yo‘nilayotgan
yog‘och qatiami qalinligicha narida bo‘lishi lozim. Ekssentrik
dastasini burib, chizg‘ich zarur holatda o‘rnatiladi, dasta bu-
rilganda yarim aylana shaklidagi halqa bo‘yicha sirpanadi
Dasta yarim aylananing o‘rtasida turganda chizg‘ich
yo‘niladigan yog‘ochmng qalinligi
1
mm ga, dasta yarim ayla-
naning
1/4
qismida turganda esa
— 0,5
mm ga teng bo‘lgan va
hokazo vaziyatni egallaydi
Avtomatik uzatkichlar kabi, surish konveyerlari ham mu-
ayyan qalinhkdagi zagotovkani uzatadigan qihb rostlanadi
Zagotovkalar prujinali roliklar, zanjirlar yoki panjalar yorda-
mida salgina siqilib, shataksiramay, ravon uzatihshi lozim
60
Zagotovkalarning uzatihshi avtomatik uzatkichlarning turish
vaziyatiga ham bog‘hq Zagotovkaning qatlamlanga ishlov be-
nshchda avtomatik uzatkichni pichoqlar validan keyin (valdan
30 40
mm masofada) o‘rnatgan ma‘qul, qalin zagotovkalarga
ishlov benshda uzatish moslamalari old stol tepasida bo‘lishi
ham mumkin Avtomatik uzatkich yo‘naltiruvchi chizg‘ichga
nisbatan kichik burchak ostida o‘rnatiladi, shunda ishlov
benlayotgan zagotovka unga yopishib turadi
Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarida ham
avtomatik uzatkichlardan foydalaniladi Zagotovkalarning yon
qirralanni randalash uchun avtomatik uzatkichlar yo‘naltiruvchi
chizg‘ichga parallel holda o‘rnatiladi, shunday vaziyatda
avtomatik uzatkich qismlari zagotovkani yo‘naltiruvchi chiz-
g‘ichga va dastgoh stoliga yaxshi qisadi
Dastgohning to‘g‘ri sozlanganligi zagotovkani randalash
orqali tekshiriladi Teshikdan chetga chiqish
1000
mm uzun-
likda ko‘pi bilan
0,15
mm dan va perpendikularhkda esa
100
mm uzunhkda
0,1
mm dan oshmashgi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |