171
hisobot xususida quyidagilar yozilgan: «Banklarda buxgalteriya hisobi
yuritish va hisobot qoidalari Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq
belgilanadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi
uchun bank rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar».
Yuqoridagi har ikkala moliyaviy hisobot Markaziy bank belgilay-
igan
shakl va muddatlarda, unda ko‘rsatilgan ma’lumotning to‘g‘riligini
auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar.
Balans hisoboti aktivlar, passivlar (ya’ni majburiyatlar, aksionerlar
sarmoyasi va ko‘zda tutilmagan vaziyatlar moddalarini o‘z ichiga olsa,
daromadlar va xarajatlar hisoboti esa, bankning ma’lum
vaqt ichida
qilgan daromadi va xarajati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi).
Bulardan tashqari, bank faoliyatining moliyaviy ahvoli bilan
qiziquvchilar uchun yana ikki hisobot juda muhimdir. Bular:
mablag‘lar manbayi, ulardan foydalanish haqidagi hisobot;
aksiyadorlar sarmoyasi haqidagi hisobot.
Mablag‘lar manbayi va ulardan foydalanish haqidagi hisobot quyidagi
ikkita savolga javob beradi:
ma’lum bir vaqt ichida foydalanilgan mablag‘lar qayerdan
olingan?
mablag‘lardan qanday foydalanildi?
Aksionerlar sarmoyasi haqidagi hisobot ma’lum vaqt ichida sarmo-
yaning harakati va uning natijasida sarmoyada yuz bergan o‘zgarishlar
haqidagi ma’lumotni beradi.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi ko‘rsatkichlarga
nisbatan moliyaviy
xatarni e’tiborga olgan holda tuziladi: 1) kapitalning yetarliligi; 2) ak-
tivlar sifati; 3) likvidlik; 4) foiz stavkasi xatari; 5) xorijiy valuta savdo-
sining sezuvchanligi; 6) balansdan tashqari mablag‘lar; 7) operatsiyalar
xatari; 8) ichki nazorat va qonun organlari orqali hal
qilinadigan janjalli
moliyaviy ishlar.
Shuningdek, moliyaviy hisobotlarda sof foiz daromadlar, kreditlar
tufayli ko‘riladigan zararlarni qoplash zaxirasi, foiz daromadlari bilan
bog‘liq bo‘lmagan daromadlar, to‘lanadigan foiz bilan bog‘lik bo‘lmagan
xarajatlar, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, to‘lanadigan soliqlarni
tahlil qilish
orqali bank daromadlarining sifati va barqarorligiga baho beriladi.
Moliyaviy hisobotlarning har tomonlama to‘liq va foydali bo‘li-
shiga erishish uchun joriy faoliyat natijalari bilan rejalashtirilgan natija-
172
larni, joriy natijalar bilan o‘tgan davrdagi natijalarni, bank faoliyati nati-
jalari bilan boshqa banklar faoliyati natijalarini qiyoslash maqsadga mu-
vofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: