70
o‗tish ushbu sohani barqaror va samarali rivojlantirishda eng muhim yo‗nalish
hisoblanadi»
1
deb ta'kidlab o‗tdilar.
Agrar soha rivojida muhim o‗rin tutgan mashina-traktor parklarini
modernizatsiya qilish, tejamkor va zamon talablariga to‗laqonli javob beradigan
texnikalar bilan ta'minlash hamda ularda hisobni to‗g‗ri yuritish, umuman
MTPlarda buxgalteriya hisobini sodda tashkil etish zarurati paydo bo‗lmoqda.
Shu bilan birga mashina-traktor parklarida
xarajatlarini hisobga olishni, ish va
xizmatlar tannarxini hisoblashni to‗g‗ri tashkil etish ham muhim masalalardan
hisoblanadi.
Mashina-traktor parklarida xarajatlarni hisobga olish va mahsulot
tannarxini hisoblash har bir ish va xizmat bo‗yicha alohida, ba'zi holatlara asosiy
ish va xizmat turi bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tannarx
xo‗jalik sub'ekti ishlab chiqarish va moliya-xo‗jalik faoliyatining
muhim iqtisodiy ko‗rsatkichidir. Mashina-traktor parklari faoliyatini baholashda
tannarx muhim o‗rin tutadi. Ish va xizmatlar tannarxini tahlil qilish esa
korxonada foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni
izlab topish va ishlab
chiqarish rentabelligini oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda mashina traktor-parklari ish va xizmatlari tannarxini
hisoblashga yetarli e'tibor berilmayapti. Ta'kidlash joizki, bozor munosabatlari
rivojlanishi sharoitida nafaqat ish va xizmatlar tannarxi to‗g‗risidagi
axborotlarning aniqligi, balki ularni rejalashtirish, me'yorlashtirish,
rezervlarni
aniqlash, baho belgilash, samaradorlikni baholash va shu kabi masalalarni hal
etish
uchun
axborotning
ishonchliligi,
ob'ektivligi,
foydaliligi
va
moslashuvchanligi ham muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan ish va
xizmatlarning tannarxini hisoblashda kalkulyasiya ob'ektini va kalkulyasiya
birliklarini asosli tanlash muhim uslubiy masala hisoblanadi.
Mashina-traktor parklari ishlab chiqarishini samarali boshqarish, xususan,
ish va xizmatlar tannarxini to‗g‗ri shakllantirish va uning dinamikasini nazorat
qilish, me'yor va normativlarning haqqoniyligini baholash, tannarxni pasaytirish
imkoniyatlarini aniqlash, ish va xizmatlarga baho belgilash hamda uni tezkor
qayta ko‗rib chiqish masalalarini ta'minlaydigan tannarx hisoblash uslubini
shakllantirish lozim. Ish va xizmatlar tannarxini hisoblash uchun uning har bir
turi ishlab chiqarish samaradorligini ishonchli aniqlashga imkon beradigan uslub
zarur bo‗ladi.
Zangiota tumani ―Maxamadjon Fozilov –Maksimum‖ muqobil mashina
traktor parki 2006 yilda tashkil etilgan. Asosiy faoliyat mexanizatsiya ishlari va
texnika xizmati ko‗rsatish hisoblanadi. MMTP ustav fondi 105556239 ming
so‗mni tashkil etgan. 2015 yilda MMTP 12 ta fermer xo‗jaligi bilan ish bajarish
1
Karimov I.A «2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni
amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‗l
ochib berish - ustuvor vazifamizdir». mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2015 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza. -T.:O‗zbekiston, 2015 17 yanvar. – 7 b.
71
va xizmat ko‗rsatish bo‗yicha shartnomalar tuzgan. MMTP quyidagi turlarda
ishlarni bajaradi va xizmatlar ko‗rsatadi: yer haydash, chizellash,
dorilash, yuk
tashish, turli ishlar, avtotransport xizmati. MMTP bilan ―AKMAL KOMIL
INSON‖ fermer xo‗jaligi o‗rtasida 2.01.2015 yilda tuzilgan 1-sonli shartnomaga
asosan yer haydash xarajati 1 ga uchun yoqilg‗i bilan 75958 so‗m, yoqilg‗isiz
41958 so‗m belgilangan. 17,4 ga yer maydoniga ega fermer xo‗jaligiga bir yilda
yer haydash MMTP yoqilg‗ini o‗z hisobidan ishlatganda 1391269 so‗mga,
yoqilg‗i fermer xo‗jaligi hisobidan bo‗lganda 730069 so‗mga tushayapti. Barcha
6 turdagi ish va xizmatlar uchun xarajat fermer xo‗jaligiga (yoqilg‗i MMTP
hisobidan bo‗lganda) 4694198 so‗mga, (yoqilg‗i fermer xo‗jaligi hisobidan
bo‗lganda) 2632598 so‗mga tushmoqda. Bu xarajat summasi fermer
xo‗jaligining jami xarajatida 75-80 % ni tashkil etmoqda. Bundan ko‗rinadiki,
ish va xizmatlar tannarxi ancha yuqori .
MMTPlarda ish va xizmatlar tannarxini kamaytirishimkoniyatlari:
-
xaridorlarning arzon sotadigan kanallarini izlab
topish hisobiga ehtiyot
qismlar xarajatlarini kamaytirish va tannarxni pasaytirish;
-
yoqilg‗i moylash materiallarini arzon sotib olish hisobiga xarajatlarni
kamaytirish;
-
agrotexnik tadbirlarni sifatli o‗tkazish natijasida sonini kamaytirish hisobiga
tannarxni pasaytirish;
-
ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‗rsatish xarajatlarini
kamaytirish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: