Teri sezgilari: Burun va og`iz shilliq pardasi, terisiga mexanik va termik qo`zg`atuvchining ta`siridan sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi:a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish; - Teri sezgilari: Burun va og`iz shilliq pardasi, terisiga mexanik va termik qo`zg`atuvchining ta`siridan sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi:a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish;
- Biror narsani tegishini til uchi va barmoqlar uchi bilan yaxshi sezamiz. Muskul - harakat sezgilari va statik sezgilar Bunga og`irlikni his qilish sezgilari, qarshilikni, ayrim a`zolarning harakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilarning fizik sababi gavdalarimizning harakatlaridir. Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deyiladi. Bu statik sezgilar uchun ichki quloq daxlizi va ichki quloqdagi endolimfa nomli suyuqlik bilan to`lgan yarim doira kanallari retseptor vazifasini bajaradi. endolimfada sezuvchi nerv tarmoqlari bor, u organizmning fazodagi harakatini va holatini idora etadi. Organizm harakatlanganda endolimfa tebranib, ana shu nervni qo`zg`aydi, muvozanat a`zosi zararlansa muvozanat saqlanmaydi.
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari - Sezgilarning hosil bo`lish sezgisi va davom etish muddati. Sezgilar biror bir sezgi a`zosining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi. Qo`zg`atuvchi reptseptorga ta`sir etishi bilanoq sezgi hosil bo`lmaydi: qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo`ladi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo`linadi. Masalan: qisqa muddatli sezgiga erga tushib ketgan qqalamning tovushi, lip etib chaq nagan uchqunni sezish. Kunduzgi yorug`likni sezish, zavoddan yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardir. Sezgilar o`zlariga adekvat (mos) bo`lgan qo`zg`atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iborat. Sezgilarning umumiy xususiyatlariga sifati, jadalligi, davomati va fazoviy joylanishi kiradi. Sezgilarning asosiy xususiyatlari sifat bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan ajratadi. Masalan: eshitish sezgilari tovushning balandligi, qattiqligi bilan, ko`rish sezgilari ranglarning quyuqligi, toni bilan farqlanadi. Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo`zg`atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan: 1 gramm qandni bir piyola choydagi mazasi uncha sezilmaydi, 0,1 sm qog`ozni qo`lni kaftiga qo`yilsa uning og`irligi sezilmaydi. Sezgi chegarasining me`yori qanchalik kichik bo`lsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |