Toshkent Pediatriya Tibbiyoti Instiuti Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti



Download 2,23 Mb.
Sana11.01.2022
Hajmi2,23 Mb.
#348364
Bog'liq
Anatomy

Toshkent Pediatriya Tibbiyoti Instiuti Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti

Davolash ishi 207-guruh talabasiMuhammadjonova O`zbekoyim va Muhammadjonova Madinaning “Anatomiya”fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:Bosh miyanig IX,XI va XII juft nervlari


1.IXjuft nerv:o`zaklari, tarmoqlari va vazifasi

2.XI juft nerv:o`zaklari,tarmoqlari va tuzilishi

3.XII juft nerv: o`zaklari, tarmoqlari va tuzilishi

IX juft nerv-til-halqum nervi-nervus glossapharyngeus

Tuzilishi jihatdan aralash nerv. Uning tarkibida sezuvchi, harakatlantimvchi va parasimpatik tolalar bor .

Til- halqum nervining sezuvchi tolalari yakka yo‘lning o‘zagida (nuclei tractus solitarii) tugasa, harakatlantimvchi tolalari ikki nervga qarashli umumiy o‘zakdan (nucleus ambigiuus),parasimpatik tolalar esa pastki so‘lak ajratuvchi o‘zakdan (nucleus salivatorius inferior) boshlanadi. Til-halqum nervi o‘zaklari uzunchoq miya sohasida joylashgan bo‘lib, nerv miya asosida olivaning orqasidan chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan til-halqum nervi bo‘yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Bo‘yinturuq teshigi

sohasida nerv yuqorigi tugun (ganglion superius), chiqqani-

dan keyin tosh chuqurcha sohasida nisbatan katta pastki tugun (ganglion inferius) hosil qiladi.

Bu tugunlar tarkibida sezuvchi neyronlar bo‘lib, ulaming markaziy o‘siqlari uzunchoq miyadagi sezuvchi o‘zakda tugaydi. Ularning periferik o‘siqlari nerv tarmoqlari tarkibida tilning orqa 1/3 qismi shilliq pardasiga, halqumning shilliq pardasiga, o ‘rta quloqqa va uyqu sinusiga boradi. Bo‘yintumq teshigidan chiqqach til-halqum nervi ichki uyqu arteriyaning orqasida, keyin unung lateral tomonida, shu arteriya bilan ichki bo‘yintumq vena o ‘rtasida yotadi. So‘ng nerv ravoq shaklida pastga va oldinga yo‘nalib, bigizsimon-halqum

va bigizsimon-til mushaklari orasidan o‘tadi. Til ildiziga kirgach, u o‘zining oxirgi til tarmoqlariga (rr. linguales) bo`linadi. Bu tarmoqlar til ustining orqa 1/3 qismi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.

Til-halqum nervidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:

1.Nog‘ora nervi (n. tympanicus) pastki tugundan ehiqib,

chakka suyagining nog‘ora kanalchasi orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga

kiradi va shilliq pardada nog‘ora chigalini (plexus tympanicus)

hosil qilib, nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi shilliq pardasini

innervatsiya qiladi. Bu nervning oxirgi tarmog‘i kichik toshsimon

nerv (n. petrosus minor) parasimpatik tolalaridan iborat bo‘lib, o ‘z

nomidagi yoriq orqali piramidaning oldingi yuzasiga chiqadi. Kalla

bo‘shlig‘idan ponasimon-toshsimon yoriq (fissura sphenopetrosa)

orqali o ‘tib, quloq tuguniga qo‘shiladi.

2.Uyqu kengaymasi tarmog‘i (r. sinus carotici) umumiy uyqu

arteriyasi bo‘lingan joydagi uyqu kalavasini innervatsiya qiladi.

3.Halqum tarmoqlari (rr. pharyngei) halqum devorida avtonom

nerv tolalari bilan halqum chigalini hosil qiladi.

4.Bigiz-halqum mushagiga bomvchi tarmoq (r. stylopharyngei)

shu nomdagi mushakni innervatsiya qiladi.

5.Murtak tarmoqlari (rr. tonsillares) tanglay murtagini innervat-

siya qiladi.

Q o‘shimcha nerv

XI juft qo‘shimcha nerv (n. accessorius) - harakatlantiruvchi

nerv. Uning ikkita o‘zagi bo‘lib, bittasi uzunchoq miya sohasida,

ikkinchisi orqa miyada joylashgan. Uzunchoq miyadan nerv kalla

sohasidagi ildizlari, orqa miyadan esa orqa miya sohasidagi ildizini

hosil qilib chiqadi.

Orqa miya sohasidagi ildiz (radices spinales) yuqoriga ko‘tarilib,

katta teshik orqali kalla ichiga kiradi va kalla sohasidagi ildizlar

(radices craniales) bilan qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan qo‘shimcha nerv

poyasi (truncus nervi accessorii) ikki tarmoqqa bo‘linadi. Ichki

tarmoq (r. internus) adashgan nervga qo‘shiladi. Tashqi tarmoq (r.externus) bo‘yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Teshikdan

chiqqanidan so‘ng nerv orqa tomonga yo‘nalib trapetsiyasimon va

to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarga yo‘naluvchi tarmoqlar

(rr. musculares) beradi.

Nervus accessorius- qo`shimcha nerv



Til osti nervi

XII juft til osti nervi (n. hypoglosus) - harakatlantiruvchi nerv.

Uning bitta harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus nervi hypoglossi)

uzunchoq miyada joylashgan. Nerv uzunchoq miyadan piramida

bilan olivaning o ‘rtasidan chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan o‘z nomidagi

kanal orqali chiqib, ravoq hosil qilib oldinga va yuqoriga tilga qarab

yo‘naladi.

Til ichida til shoxlariga (r. linguales) bo‘linib, til mushaklarini

innervatsiya qiladi. Til osti nervidan chiquvchi yuqorigi ildiz (radix

superior) bo‘yin chigalining pastki ildizi bilan qo‘shilib, bo‘yin

sirtmog‘ini hosil qiladi. Uning tarmoqlari til osti suyagining ostidagi

mushaklami innervatsiya qiladi.

E`tiboringiz uchun rahmat
Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish