Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar yordami bilan bilinadi Masalan: organik sezgilar, proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang, yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. - Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar yordami bilan bilinadi Masalan: organik sezgilar, proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang, yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |