Сентябрь 2020 10-қисм



Download 113,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/186
Sana27.04.2022
Hajmi113,04 Kb.
#584977
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISHNING MAQSAD VA 
VAZIFALARI
Shodiyeva Dilrabo Shukurovna 
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 
4-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
(+998907184244)
Annotatsiya: 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish orqali o‘quvchilar savodxonligini 
yanada oshirish,nutqini boyitish bilan bir qatorda ular ongida milliy g‘urur,umuminsoniy 
fazilatlarni ham shakllantirish mumkin. Bu kabi darslarni qiziqarli tashkil etish esa o‘quvchilarni 
yanada faollikka va intiluvchanlikka undaydi.
Kalit so‘zlar: 
milliy ruh, bilim, ko‘nikma, malaka, kitobxonlik, ma’naviyat, xalq og‘zaki 
ijodi, ertak
maktab o‘quvchisi o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil 
o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan,gazeta va 
jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari 
o‘qish(STo‘) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi.
STo‘ ning maqsadi o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob 
o‘qiydigan,o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STo‘ darslari tashkil etilgan.STo‘ darslari 
1-2-sinflarda haftada 1marta, 3-4-sinfda 2 haftada bir marta o‘tkaziladi.Savod o‘rgatish jarayonida 
esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.STo‘ bolalarda kitob ustida ishlash 
malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsagina, o‘quvchilarning 
dunyoarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag‘i, 
kirish so‘zi, mundarijasi va suratlarga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlashga o‘rgatish 
vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchida badiiy kitoblarni o‘qishga 
havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o‘rgatish, bolalar 
adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish ularning bog‘lanishli nutqini 
o‘stirish, adabiy estetik tafakkurini yuksaltirish STo‘ darslarining ham tub mohiyatini tashkil 
qiladi.
STo‘ sinfda o‘qish bilan uzviy bog‘liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o‘qish STo‘ uchun 
zarur bo‘lgan o‘qish malakalarini shakllantiradi, o‘quvchilarning o‘qigan asarini tushunishga 
o‘rgatadi, lug‘atini boyitadi.STo‘ qiziqarli va o‘ziga jalb etadigan faoliyat bo‘lib, bolalarning 
bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o‘qish-hayotga tayyorlash 
vositasi, sinfdan tashqari o‘qish esa hayotning o‘zidir.
hozirgi paytda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinfdan tashqari o‘qishga mo‘ljallangan 
“kitobim-oftobim” (1-3-sinflar uchun) nomli qo‘llanmalar ham chop etilgan.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, STo‘ darslarini tashkil qilish orqali bola ma’naviyatini yanada 
shakllantirish, uni badiiy kitob o‘qishga qiziqishini orttirish mumkin. kitobxon o‘quvchiklarni 
tarbiyalash esa bugungi kun o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Zero, kitob o‘qigan 
bola yuksak marralarga erishadi yurt istiqboli uchun kurashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. karima qosimova, Safo matchonov va boshqalar “ona tili o‘qitish metodikasi” Tosh 2009
2. internet ma’lumotlari 


129

Download 113,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish