Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASIDAN DARS TURLARI
Sharipova Nargiza Boqiyevna
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
4-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
(+998914441951)
Annotatsiya:
matematika darsining turlari darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir
xususiyatlardan kelib chiqadi. Bunday darslarning tafsiloti muvoffaqiyatga erishmoq uchun u
yoki bu o‘quvchining o‘zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq
hisobga olish kerak.
Kalit so‘zlar:
individuallik, guruh bo‘lib ishlash, ko‘rgazmali qurol, mustaqil ish, maqsad,
reja
dars o‘qitish jarayonining asosiy bo‘g‘inidir. “dars” so‘zining dastlabki ma’nosi bu ma’lum
muddatga bajarilishi kerak bo‘lgan mehnat topshirig‘idir.
darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi asosiy
masalalardan biridir.
Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari quyidagilar:
1. mustaqil ish darslari. darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituvchining mustaqil
ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmog‘i
kerak. Bu darslarda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil
qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan
qiyinchiliklarni yengadi.
2. Yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi. har bir darsda olg‘a qarab
siljiydilar,lekin darslar orasida shundayi ham borki, bunday darsning asosiy qismi oldindan
olgan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi.mustahkamlash va olingan bilim ko‘nikma
va malakalarni hosil qilish uchun darsning tizimi har xil bo‘lishi mumkin. Bunday darsning
tug‘ilishiga quyidagilar kiradi: uy vazifasini tekshirish,mavzuni va darsning maqsadini e’lon
qilish,mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzishi,o‘lchashi va grafik bajarishi va h.k
3. o‘tilgan materialni takrorlash darsi. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan har bir darsda
qandaydir darajada o‘tilgan materiallar takrorlanadi va mustahkamlanadi. Takrorlash vzifasi
faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash bilangina chegaralanmaydi, balki bu
bilan, ko‘nikma va malakalrni to‘ldirish, chuqurlashtirish va bir tizimga keltirishni ham o‘z
ichiga olishi kerak.
4. Xatolarning oldini olish maqsadida bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish darsi.
o‘quvchilarning bilim,malaka va ko‘nikmalarini tekshirishga alohida dars bag‘ishlanadi. Bunday
darsga mavzu v abo‘limni tugatgandan keyin o‘tkaziladigan yozma nazorat ishi darsi misol
bo‘ladi.
5. o‘quvchilarning alohida va guruhli ishlari. guruhli mashg‘ulotlar butun guruh bilimidagi
kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash,
o‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, matematikadan dars turlaridan o‘z o‘rnida foydalanish yaxshi
natijalar beradi. har bir darsni qiziqarli, ko‘rgazmalarga boy qilib tashkil etish esa o‘qituvchining
pedagogic mahoratiga bog‘liq. dars qanch qiziqarli tashkil etilsa. uning natijasi shuncha yaxshi
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. m.e.Jumayeva. Z.g‘.Tadjiyeva “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”
Tosh 2005
2. internet ma’lumotlari.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |