E’tiborga molik jihati: Qurilma namunalarini taxlil qilish
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi
Maqsad: Nutqqoidalariga ko‘ra o‘yinli harakatlar qila oladilar, tasavvurdagi ob’ektlar bilan harakat qiladilar, predmetlarni almashtirib ishlata oladilar, shahar, kasblar, trener, kutubxonachi so‘zlarining ma’nosini biladilar.
Jihoz va materiallar: slaydlar, avtobuslar, kostyumlar, maketlar, haydovchi bosh kiyimi, rul, kassa yozuvi, qurilish mollari.
Faoliyatning borishi:
1. SHahar haqida suhbat,ekskursiya o‘tkazish.
2.Stulchalardan avtobus yasash.
3.Sport maktabi. “Hayvonot bog‘i” bekati (bolalar hayvonlar rasmlari tushirilgan atrebutlarni kiyadi va musiqaga qarab harakat qiladi).
4.O‘yinlar parki bekati .(Arg‘imchoq o‘yini)
5.Kutubxona bekati.
Qo‘shimcha: “Bizning shahar” fotosuratlarini ko‘rish, yo‘l xarakati qoidalarini o‘rganish. Ko‘chalarda sayr qilish. Park xodimi ishi, kutubxonachi, jismoniy tarbiya yo‘riqchisini ishi bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |