Jihoz va materiallar: plastilin, yasash uchun kleyonka, stek, salfetka, o‘yinchoqlar, sxemalar.
Faoliyatning borishi:
1. Suhbat: “Qaysi o‘yinchoqlar bilan ko‘proq o‘ynashni yoqtirasiz?”
2. Didaktik o‘yin: “Tasvirlash bo‘yicha top”.
3. SHe’r o‘qish: “O‘yinchoqlar haqida”
4. Ijodiy ustaxona: Bolalar yoqtirgan o‘yinchoqni yasaydi.
5. YAsalgan o‘yinchoqlar umumiy taxtaga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha: YOqtirgan o‘yinchoqni o‘ynash, o‘yinchoqlar haqida suhbat, ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rib chiqish.
E’tiborga molik jihati: qo‘l barmoqlari mayda motorikasi harakatlarini rivojlantirish.
San’at markazi
Applikatsiya “So‘zana”.
Maqsad: bolalar tayyor naqshlardan bezaklar uchun kompozitsiya tuzishni biladilar, ularni butun varaqda joylashtiradilar, qaychini to‘g‘ri ushlaydilar .
Jihoz va materiallar: rangli qog‘oz, oqqog‘oz varaqlari, elim, qaychi, guash, mo‘yqalam, sxemalar. So‘zana, Molbert namunalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |