E’tiborga molik jihati: o‘yinda jarayonida hamkor bilan o‘zaro do‘stona munosabat.
Til va nutq markazi
“Mening ona shahrim” mavzusida hikoya
Maqsad: SHaharning diqqatga sazovor joylarini o‘rganadilar. O‘z shahri bilan faxrlanish xissini uyg‘otish, uni chiroyli va ozoda qilib saqlab qolish xissini shakllantirish.
Jihoz va materiallar: slaydlar, fotosuratlar, turli xil o‘yinchoqlar, kitob burchagi, to‘siq, maketlar.
Faoliyatning borishi:
Ona shahri haqida, shox ko‘chalar, asosiy diqqatga sazovor joylar va dam olish maskanlari.
Mening shahrimda menga nimalar yoqadi.O‘z shahrim bo‘ylab sayohat.
SHahar tozaligi va uni saqlash xaqida suhbat.
Didaktik o‘yin: “Bu nima bilib ol”.
So‘z o‘yinlar “SHahar bo‘ylab sayr” , “Gapni tugatib qo‘y”.
Qo‘shimcha: shahringiz haqida badiiy asarlar o‘qish, illyustratsiyalar, fotosuratlar, videoroliklar ko‘rish, shahar bo‘ylab ekskursiya. Lug‘at ishi, yangi so‘zlar bilan tanishish maket, markaziy maydon. Syujetli-rolli va didaktik o‘yinlar
Do'stlaringiz bilan baham: |