Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


 Estetika” haqidagi qarashlar tarixi



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/452
Sana31.05.2023
Hajmi15,64 Mb.
#946810
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   452
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

 
2. Estetika” haqidagi qarashlar tarixi 
 
Dastlabki estetik qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar falsafa fani bag‘rida vujudga keladi va 
rivojlanadi. Falsafiy ta’limotlar estetik qarashlarning u yoki bu ko‘rinishda bo‘lishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi. 
Estetik g‘oyalar qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga keldi. Bu mamlakatlar 
xalqlaridan qolgan ma’naviy-madaniy meros shunday xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. 
Masalan, Urxun-Yenisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at 
asarlari, me’moriy obidalar bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini 
ko‘rsatadi. Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori atiqalar, Amudaryo 
xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tanalar, skiflar oltin buyumlari, Bobil minorasi, qadimgi 
Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar 
devorlaridagi tasviriy san’at asarlari buning yaqqol isbotidir. 
Estetik qarashlar bizning vatanimizda ham qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan. 
Zardushtiylikdagi estetik qarashlar Axura Mazdaga xizmat qiluvchi xudolar va ularning 
bajaradigan vazifalari orqali ifodalangan Quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra yeru ko‘kda kezib, 
zulmat xudosi Axriman bilan kurashuvchi ulug‘vor va bahodir yigit sifatida tasvirlansa, 


16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
236 
obodonchilik va farovonlik xudosi Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida namoyon 
bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – baxt, tole va davlat 
ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga soya 
solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi 
axloqiylik bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar 
zaminida Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Yunoniston 
mutafakkirlari Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni 
ishlab chiqdilar. Qadimgi yunon faylasufi Pifagor (e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari 
o‘zlarining raqamlar haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq etdilar. Ularning nafosat 
asoslari, ya’ni “xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy hamohanglik ekanligi 
haqidagi qarash va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi. 
Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, 
nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb 
ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi. 
Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi 
(simmetriya)da deb biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid 
qilishdir, deb hisoblaydi, u. 
Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki 
kechinmalariga ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir. 
Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat manbaini “g‘oyalar” tashkil etadi, uning yoritib 
turuvchilik kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat 
aql-idrok bilan anglash mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning 
o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning odamlarga nisbatan 
ta’sir kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi 
kelajakda orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa san’at turlarini tilga 
olmaydi. 
Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi. 
U san’atni voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan 
ta’sir kuchiga alohida e’tibor beradi. San’atning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish 
kuchini ulug‘laydi. Arastu inson ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish 
(“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek, Arastu voqelik va san’at, inson va san’at, 
inson va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan. 
Estetik qarashlar Qadimgi Rimda ham shakllanib rivojlangan. Tit Lukretsiy Kar (e.a. 99-
55) “Narsalar tabiati haqida” asarida san’at “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini 
ta’kidlab, uning ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi. 
Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik 
g‘oyalari, qarashlari, ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin 
vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablarga zamin vazifasini bajardi. 
O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya 
masalalarida turli xil qarashlar, muammolar yuzaga keldi. Bu davr estetikasida uchta hududni 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish