Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/452
Sana31.05.2023
Hajmi15,64 Mb.
#946810
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   452
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
232 
taraqqiy ettiradi. Estetik his-tuyg‘u insonni qurshab turgan muhitdagi go‘zallik va xunuklikni, 
ulug‘vorlik va tubanlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Estetik 
ehtiyoj ezgulikka, go‘zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi 
go‘zallikni taqozo etadi. Estetika o‘z mohiyatiga ko‘ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan 
farq qiluvchi o‘ziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda o‘tmish madaniy merosi, hozirgi kun 
tarbiyasi, kelajak bashoratlari uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi, fan voqea-hodisalarning 
qonuniyatlarini voqelikka muvofiq keladigan tushunchalar va qoidalar orqali ochib bersa
estetika voqea-hodisalarni xayol, to‘qima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar ham 
o‘z tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, haykaltaroshlik, teatr va 
boshqa san’at turlarida voqea-hodisalar bevosita tasvirla-nadi. Musiqa, raqs, me’morchilikda 
san’atkorning voqea-hodisalar va narsalardan tug‘ilgan g‘oyaviy-hissiy holati ifodalanadi. Bu 
jihatdan estetika san’atga yaqin turadi. Estetika fani
 
falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos 
alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan insonning atrof-muhitga, voqelikka estetik 
munosabati doirasidagi olamni o‘zgartirish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. Ikkinchidan, 
san’atga alohida ahamiyat beradi. Chunki ayni shu erda insonning nafosat olamini o‘zlashtirishi 
eng yuqori darajaga ko‘tariladi.
Estetika fanining ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab tizimga ega 
bo‘lib, uni soddalashtirib, qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili vaziyatlarga olib 
keladi. Uning bir tomonini bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika 
fani mohiyatini buzilishiga olib keladi. Masalan, atrof-muhitni go‘zallik mezoni bilan 
baholanishini bo‘rttirib yuborish estetikani faqat go‘zallik falsafiy qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga, 
inson badiiy faoliyati sohasini esa faqat san’at falsafasi darajasiga tushirib yuborishga sabab 
bo‘ladi. Estetikaning fan, keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanish jarayonlarida uni bir 
qator mustaqil bilim sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya’ni estetikani «estetik qadriyatlar 
nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» sohalariga ajratib 
o‘rganish hamda o‘qitish maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan edi. Insonning estetik faoliyati 
badiiy faoliyati bilan, aksincha uning badiiy faoliyati estetik faoliyati bilan bab-baravar degan 
aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida o‘zini oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega 
bo‘lgan inson faoliyati sohalari o‘zaro shu qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. 
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qad-riyatlari munosabatlari 
tizimidagi estetik xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojialilik va 
kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo‘ladi. Insonning estetik faoliyati sifati va darajasi esa estetik 
qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot 
o‘rtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o‘zaro 
bog‘liq mezonlari bilan o‘lchanadi. 
Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan san’atni yaxlit birlikda mushohada etib 
o‘rganish, uning faoliyati boshqa turlari qatorida tizimi va amal qilish xususiyatlarini anglab, 
badiiy ijod, uning samarasi bo‘lgan san’at asarlari bilan ularni odamlar idrok qilishining uzviy 
bog‘liqligini ilg‘ab olish, badiiy faoliyat aniq shakllarini yaratuvchi qonunlarini o‘rganish 
faoliyat badiiy taraqqiyoti qonunlarini san’at ravnaqining istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyatining 
vujudga kelishi jarayonlarini tadqiq etish estetika fanining eng muhim mavzusi hisoblanadi.
Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini 
o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad-manfaatlariga 
yo‘naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni 
nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, 
amaliy faoliyatga tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib
rivojlanib va takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy-
ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur insonning maqsad-
manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy 
amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy 
asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. SHunday 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish