V. Talabalar uchun topshiriq.
Mavzuga oid quyidagi test savollariga javob bering:
1. “Axloq” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
A) shaxsni atrof-muhitga, kishilarga nisbatan ijobiy munosabati;
B) ma’naviy-axloqiy ongning rivojlanganlik darajasi;
C) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs
xatti-harakatini tartibga solib turadigan qonun-qoidalar majmui;
D) to’g’ri javob yo’q.
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari qaysi javobda ko’rsatilgan.
A) o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy xulq-atvor ko’nikma va odatlarini tarkib
89
toptirish;
B) o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish;
C)
o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash va
rivojlantirish;
D) barcha javoblar to’g’ri.
3.
Estetik tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
A) shaxsning voqelikka estetik munosabatini shakllantirish;
B) o’quvchilarni go’zallikni his qilishga o’rgatish;
C) o’quvchilarda san’at asarlari, shu jumladan, badiiy adabiyotga qiziqishni
uyg’otish;
D) o’quvchilarda tasviriy san’at, jumladan, rassomlik va haykaltaroshlikka
oid asarlar mohiyatini tushuna olishga o’rgatish.
4. Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
A) go’zallikni sevishga o’rgatish;
B) tabiiy go’zallikni his qila olish ko’nikmalarini shakllantirish;
C) san’at asarlarida ilgari surilgan ma’noni anglashga o’rgatish;
D) estetik tushunchani hosil qilish, estetik idrok, his-tuyg’u, did va
madaniyatni shakllantirish.
5. O’quvchilarda estetik madaniyatni rivojlantirish omillarini belgilang.
A) tabiat, ijtimoiy munosabatlar, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;
B) tabiiy muhit, kishilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyati, shaxsning san’at
asarlariga bo’lgan munosabati;
C) san’at asarlari, moddiy va ma’naviy boyliklar, moddiy ishlab chiqarish;
D) tabiat, san’at asarlari, moddiy mahsulotlarning tashqi ko’rinishi.
6. Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy me’yorlar yig’indisi orqali
shakllanadigan va shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol
namoyon bo’ladigan hodisa nima deb ataladi?
A) estetik did;
B) estetik ehtiyoj;
90
C) estetik ideal;
D) estetik mulohaza.
7. Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv
omillar nima deb ataladi?
A) estetik ong;
B) estetik mulohaza;
C) estetik did;
D) estetik ehtiyoj.
8. Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan
o’zlashtirishga kirishi nima deb ataladi?
A) estetik did;
B) estetik qiziqish;
C) estetik ong;
D) estetik baho.
9. Jismoniy tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
A) o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va
jismoniy jihatdan mehnat va Vatan mudofaasiga tayyorlash;
B) o’quvchilarning salomatliklarini mustahkamlash;
C) o’quvchilarda jismoniy mashqlarni bajarish ko’nikma va malakalarini
shakllantirish;
D) o’quvchilarning jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
10. Jismoniy tarbiyaning vazifalariga nimalar kiradi?
A) o’quvchilar sog’ligini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish, jismoniy
jihatdan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, ishlash qobiliyatini rivojlantirish;
B) o’quvchilarda yangi harakat turlariga nisbatan ko’nikma va malakalar hosil
qilish va ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish;
C) o’quvchilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan asosiy harakat
sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish, o’quvchilarda o’z sog’ligiga ongli
munosabatni tarbiyalash;
91
D) barcha javoblar to’g’ri.
11. Jismoniy madaniyatga egalikni ifodalovchi asosiy tushunchalar qaysilar:
1) jismoniy ta’sir; 2) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik; 3) jismoniy mehnat;
4) jismoniy kamolot; 5) jismoniy ideal; 6) jismoniy madaniyat; 7) jismoniy jazo?
A) 1,2,4,6;
B) 1,3,4,7;
C) 2,3,4,5;
D) 1,2,5,6.
12. “Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir.
CHunki o’qimoq, o’qitmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz vujud
kerakdir”. Ushbu fikr kim tomonidan ilgari surilgan?
A) Alisher Navoiy;
B) Abu Ali ibn Sino;
C) Abdulla Avloniy;
D) YAn Amos Komenskiy.
13. Oila tarbiyasining samaradorligi nima bilan belgilanadi?
A) oilaning moddiy darajasi;
B) oila a’zolarining o’zaro munosabati;
C) oila tarbiyasining ilmiy, pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil
etilganligi bilan;
D) oilaning ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |