37
C) ijtimoiy adolat tamoyili;
D) barcha javoblar to’g’ri.
3. Jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, unda yashovchi kishilar tomonidan
bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida nima deb ataladi?
A) huquqiy me’yor;
B) axloqiy me’yor;
C) huquqiy qarash;
D) axloqiy qarash.
4. “Ijtimoiy munosabat, kundalik faoliyat, mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil
etishda muayyan qoidalarga qat’iy rioya etish”. Ushbu
holat qanday tushuncha
mazmunini yoritadi?
A) faoliyat;
B) rivojlanish;
C) intizom;
D) ta’lim.
5. Mehnat tarbiyasining maqsadi nimadan iborat?
A) o’quvchilarga mehnat turlari to’g’risida nazariy ma’lumotlar berish;
B) mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish;
C) o’quvchilarga muayyan kasbga qiziqishni uyg’otish;
D) o’quvchilarda mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil etish ko’nikmalarini
shakllantirish.
6. Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida hal qilinadigan vazifalarni
belgilang.
A) o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish, nazariy
bilimlarni amaliyotda qo’llashga o’rgatish, mehnat va
mehnat faoliyatiga ijobiy
munosabatni shakllantirish;
B) o’quvchilarni turli mazmunga ega mehnat ko’nikma va malakalari bilan
qurollantirish;
C)
o’quvchilarda mehnatga muhabbatni uyg’otish, mehnatsevarlik,
tejamkorlik xislatlarini tarbiyalash;
38
D) barcha javoblar to’g’ri.
7. Mehnat tarbiyasi mazmunida aks etuvchi xo’jalik-iqtisodiy omillarni
aniqlang: 1) ta’lim
muassaasasi imkoniyatlari; 2) o’quvchilarning yosh
xususiyatlari; 3) ta’lim muassasasining moddiy ta’minoti; 4) o’quvchi kadrlarning
salohiyati; 5) ishlab chiqarish sharoitlari; 6) ta’lim muassasasining an’analari.
A) 1, 2, 4, 5, 6;
B) 2, 3, 4, 5, 6;
C) 1, 2, 3, 4, 5;
D) 1, 3, 4, 5, 6.
8. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini aniqlang: 1) muammoli; 2)
hasharlar; 3) izlanuvchan-tadqiqot; 4) mehnat bayrami; 5)
loyihalashtirish; 6)
ko’kalamzorlashtirish; 7) maktab binosini ta’mirlash.
A) 1, 2, 4, 5, 7; B) 2, 4, 6, 7; C) 1, 2, 4, 6; D) 1, 3, 5, 6, 7.
9. Qaysi mehnat turi o’quvchilarning moddiy boyliklar yaratishdagi ishtiroki, bu
jarayonda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishishlarini ko’zda tutadi?
A) ishlab chiqarish mehnati;
B) o’quv mehnati;
C) ijtimoiy foydali mehnat;
D) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish.
10. Kasbga yo’naltirishning tarkibiy qismlarini aniqlang: 1) kasbiy ta’limni tashkil
etish; 2) kasbni sevishga o’rgatish; 3) kasbiy bilim berish; 4)
kasbiy faoliyatga oid
mashqlarni bajarish; 5) kasbiy maslahat; 6) kasbga moslashuv.
A) 1,3,4,5,6; B) 1,3,4,6; C) 1,3,5,6; D) 1,2,4,5,6.
11. Uyda va ta’lim muasasasida o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, sinf xonasi yoki
oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar uyushtirish, maktab binosini
ta’mirlashda
ishtirok etish, ko’kalamzorlashtirish tadbirida qatnashish kabilar
qanday mehnat turiga kiradi?
A) o’quv mehnati;
B) ijtimoiy foydali;
39
C) ishlab chiqarish;
D) kundalik mehnat.
12. O’quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda
ko’proq nimalarga e’tibor bermoq lozim?
A) ularni ijtimoiy va ruhiy jihatdan kamol toptirishga;
B) ishbilarmonlik xislatini tarbiyalashga;
C) mehnatda mashq qildirishga;
D) ma’naviy-axloqiy e’tiqodni shaklantirishga.
13. Kasbiy konsulьtasiya (maslahat)ning qanday turlari mavjud?
A) rag’batlantiruvchi, individual-tashxisli, tibbiy;
B) tibbiy, rag’batlantiruvchi, ma’lumot-axborotli;
C) individual-tashxisli, ma’lumot axborotli, tibbiy;
D) tarbiyalovchi, tibbiy, individual-tashxisli.
14.
Ekologik tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat?
A) o’quvchilarning tabiiy muhitning inson hayotida tutgan o’rni va ahamiyati
to’g’risidagi nazariy bilimlarini rivojlantirish;
B) o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatish, ularda tabiat va atrof-muhitni muhofaza
qilish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarini oshirish;
C) o’quvchilarga tabiat va atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish;
D) barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: