3 - ГУРУҲ УЧУН ТОПШИРИҚЛАР
“Диққат” мавзусини ёритиб беринг. Кичик гуруҳда талабаларнинг ҳаммаси қуйидаги саволларга жавоб беришлари керак. Саволларга талабалар ҳаммаси биргаликда тайёргарлик кўриши лозим. Талабалар доскада призентациялар қилади, ҳаммаси биргаликда доскага чиқади ва мавзу қай даражада ёритиб берилишига ҳам балл олади. (тайёгарлик учун 15 дақиқа)
Диққат тўғрисида умумий тушунча беринг?
Biz voqelikni sezamiz, idrok qilamiz, xotirada saqlaymiz, esga tushiramiz va ular haqida fikr yuritamiz. Diqqat-e’tiborini ularga
yo‘naltirolmasa, to‘play olmasa unda hech bir psixik jarayon unumli
bo‘lmaydi. Biz biror obyektga qarab tursak ham uni ko‘rmaymiz, televizorda konsert berib tursa ham uni eshitmaymiz. Yoki o‘z fikr-mulohazalari bilan band bo‘lgan odam yaqin atrofdagi kishilarning gaplarini
eshitmaydi. Agar aksincha odam biror-bir predmet yoki faoliyatga butun
diqqat e’tiborini yo‘naltirsa va markazlashtirsa, u holda odam
predmetning miridan-sirigacha bilib oladi va ishi ham juda unumli
bo‘ladi. Shuning uchun ham u ongli faoliyatning sharti hisoblanadi.
Diqqat, deb psixik faoliyatning biror bir obyekt ustiga yo‘nalishi va
to‘planishiga aytiladi.
Psixik faoliyatning yo‘nalishi deb, psixik faoliyatning tanlovchilik
xarakteri, obyektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlab olishga aytiladi.
Psixik faoliyatning to‘planishi deb, uni tanlab olgan obyektga butunlay berilishi va unga chuqur e’tibor berishga aytiladi.
Biz bundan oldingi boblarda aqliy faoliyatning ayrim turlarini bayon
qilganda diqqatning ahamiyati haqida gapirib o‘tgan edik. Aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Bizning ish-harakatlarimiz
ham diqqat ishtiroki bilan sodir bo‘ladi.
Диққатнинг физиологик асосларини гапириб беринг
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi «optimal
qo‘zg‘alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib ko‘rsatish
uchun I. P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda
uning ichidagi miya ko‘rinadigan bo‘lsa, agar katta miya yarim sharlarida
optimal qo‘zg‘alish uchun eng yaxshi sharoit tug‘ilgan nuqtasi yiltillab
ko‘rinadigan bo‘lsa edi, ongi sog‘lom bo‘lib, bir narsani o‘ylab turgan
odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g‘alati jimjimador shakl bo‘lib, surati va hajmi har lahzada
bir o‘zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug‘ narsaning u
yoqdan-bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining
bu yorug‘ narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini
ko‘rar edi»
Optimal qo‘zg‘alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko‘ra, bosh
miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi.
«Miya yarim sharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,
– deydi I. P. Pavlov, – yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil
bo‘ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joy ayni chog‘da bosh
miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi
И.П.Павлов ва академик А.А.Ухтомскийнинг олиб борган текширишлари ҳақида гапириб беринг?
Diqqatning fiziologik asosi bo‘lmish optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i
haqidagi I. P. Pavlov ta’limoti bilan akademik A. A. Uxtomskiyning
olib borgan tekshirishlari bir-biriga to‘g‘ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida
quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha
qo‘zg‘ovchilar bir vaqtda ta’sir etsa, bosh miya po‘stida shu onning
o‘zida bir necha qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga,
har bir qo‘zg‘alish o‘chog‘i bosh miya po‘stining hamma yeriga
tarqalishga, irradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim
qo‘zg‘alish o‘choqlari o‘rtasida to‘qnashish va «kurash» sodir bo‘ladi.
Bu kurash natijasida qo‘zg‘alish o‘choqlaridan biri hukmron (dominanta)
bo‘lib oladi. Mana shu hukmron bo‘lib olgan qo‘zg‘alish o‘chog‘ini
akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan
ta’rifiga ko‘ra, dominanta – bu ayni chog‘da markazda sodir bo‘ladigan
reaksiyalar xarakterini bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo‘zg‘alish
o‘chog‘idir.
«Доминанта»-нима? Диққат доминантаси ҳақида гапириб беринг?
Dominantalar mavjud bo‘lgan paytda boshqa qo‘zg‘alish o‘choqlari
(«subdominantalari» – nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari) ko‘pincha
yo‘qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo‘shilib, uni kuchaytiradilar
yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo‘lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa
subdominanta bo‘lib qolishi mumkin. Hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i
bo‘lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo‘naltirilishi va
to‘planishining fiziologik asosidir.
Diqqatning paydo bo‘lishida orientirovka refleksii deb ataladigan
refleksning ahamiyati kattadir. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi
har qanday o‘zgarishlarga tug‘ma reaksiyasidan iboratdir. Masalan. Darsda o‘quvchilar o‘qituvchining ma’ruzasini maroq bilan eshitib
o‘tirganlarida sekin eshik ochiladi deylik. Shunda hamma o‘quvchilar
ham o‘qituvchining o‘zi ham beixtiyor ravishda eshik tomonga o‘grilib
qaraydilar. Bu refleksni I.P. Pavlov obrazli qilib, «bu nima?» refleksii
deb atagan. Demak, orientirovka refleksi ham diqqatni ko‘chib turishining
nerv-fiziologik mexanizmidir.
Диққатнинг турларини тушунтириб беринг?
Diqqat dastavval o‘zining faolligi jihatidan – ixtiyorsiz va ixtiyoriy
deb farqlanadi. Diqqat asosan uch turga, ya’ni ixtiyorsiz va ixtiyoriy
diqqat, muvofiqlashgan diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan
va bizning xohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatni ixtiyorsiz
diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni tug‘diruvchi sabablar, avvalo, bizga ta’sir qiluvchi
qo‘zg‘ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ularning go‘zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq davom etishi, to‘satdan sodir bo‘lishi, kontrastligi va hokazo. Masalan,
shiqildoqli chiroyli va yaltiroq o‘yinchoq bog‘cha yoshigacha bo‘lgan
bolalarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajribamiz bilan bog‘liq bo‘lgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob
bera oluvchi hamda bizda ma’lum bir hissiyot uyg‘ota oluvchi
narsalarning ta’siri bilan ham vujudga keladi.
Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog‘dagi holatiga ham bog‘liq. Bir xil narsalar va hodisalar diqqatimizni o‘ziga tortishi
mumkin va mutlaqo tortmasligi ham mumkin. Bu narsa odamning ayni
chog‘dagi holati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi oriyentirovka yoki
tekshirish reflekslaridan iborat.
Diqqatimiz qaratilishi lozim bo‘lgan narsani oldin belgilab olib, ongli
ravishda qo‘yilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat
deyiladi.
Диққатнинг хусусиятлари ҳақида айтинг?
Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan asosiylari –
diqqatning ko‘chuvchanligi, bo‘linishi, ko‘lami, kuchi va barqarorligidir.
Bu xususiyatlarning qanchalik yaqqol ifodalanishiga qarab, har turli
faoliyat jarayonida ayrim odamlar diqqatining ma’lum bir (ijobiy yoki
salbiy) sifatlari belgilanadi
Тахистоскоп мисолида диққатни текшириб беринг?
Taxistoskop vositasi bilan o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, katta
yoshli odam ayni vaqtning o‘zida diqqat doirasiga uchtadan to oltitagacha bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni, masalan, undosh harflarni,
shakllarni sig‘dira oladi.
Паришонлик-бу
Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki
to‘g‘ridan to‘g‘ri parishonlik deyiladi. Parishonlik odamning o‘z diqqatini
biron-bir muayyan ishda tutib tura olmasligidir. Parishonlikda odamning diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o‘tib
turadi, bu narsalardan birontasida ham to‘xtab turmaydi. Parishonlik
holatini biz bolalar hayotining dastlabki kunlarida uchratishimiz mumkin:
yosh bola diqqatini hali hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi.
Parishonlik holati katta yoshdagi odamlarda ham bo‘ladi, masalan,
charchaganda nerv kasalligiga duchor bo‘lganda, nerv sistemasi
zaharlanganda. Maktabda parishonxotir o‘quvchilar uchrab turadi.
Bunday o‘quvchilar hamisha hamma yoqqa «alang-jalang» qilaveradi,
biron narsa ustida diqqatini tutib tura olmaydi. Bolalarning parishon
bo‘lib qolishlariga, ko‘pincha, yasli va maktabda ular diqqatini yetarli
darajada tarbiyalamaslik sabab bo‘ladi.
Parishonlikni odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligi deb
tushunish yaramaydi. Odam hamisha diqqat qila olish qobiliyatiga egadir,
lekin odam diqqatining to‘planish darajasi hamma vaqt bir xil
bo‘lavermaydi. Parishonlik – bu eng kuchsiz diqqatdir, miya po‘stida
qo‘zg‘algan joyning kuchsiz bo‘lishligidir
Ҳиссиёт, Ирода ва диққат ҳақида тушунчалар беринг?
Hissiyot va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi hissiyotga bog‘liq.
Bu yerda hissiyotning roli ikki xil – ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Hissiyot diqqat qaratilgan narsa bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirdagina
diqqat uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‘ladi: bunday hissiyot qanchalik
kuchli bo‘lsa, diqqat ham shunchalik kuchli va barqaror bo‘ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan, hissiyotga bog‘liq.
Kishining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hislar, emotsiyalar ham ixtiyoriydiqqatning kuchi va barqarorligini mustahkamlaydi va zo‘raytiradi. Bilish
va amaliy faoliyat jarayonida kishining ongi tobora ko‘proq yangi narsalar
bilan boyib borar, bilmagan va oz bilgan narsalarini bilib borar ekan,
diqqatning to‘planishi va barqarorligi ham ortib boradi. Yangilikni sezish
hissi kishining bilish faoliyatini kuchaytiradi, faollashtiradi, shu bilan
birga, diqqatning kuchini va barqarorligini mustahkamlaydi.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga kishining ayni paytdagi umumiy
kayfiyati ham ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat har qanday ishda diqqatimizning kuchini oshiradi.
Diqqat obyektidan bo‘lak sabablar tufayli qo‘zg‘algan his-tuyg‘ular
diqqatning kuchi va barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday his-tuyg‘ular
diqqatni chalg‘itadi va kuchsizlantiradi hamda uning barqarorligini buzadi. Masalan, qo‘shni sinfdagi musiqa yoki ashula ovozi tufayli tug‘ilgan
hissiyot o‘quvchilarning darsga qaratilgan diqqatlarini bo‘shashtiradi.
Iroda va diqqat. Ixtiyoriy (irodaviy) diqqatning kuchi iroda kuchi
bilan saqlab turiladi. Ko‘pincha, ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi ham
faoliyat jarayonida irodaning zo‘ri bilan ushlab turiladi. Shuning uchun
iroda, asosan, diqqatda ko‘rinadi, desa bo‘ladi. Agar kishi diqqatli
bo‘lishni xohlab, buning uchun zo‘r bersa, diqqat kuchli va barqaror
bo‘ladi; bunda kishi ixtiyorsiz ravishda paydo bo‘ladigan va diqqatning
obyektiga munosabati bo‘lmagan taassurotlar, tasavvurlar, fikr va
hissiyotlarni siqib chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun zo‘r harakat
qiladi.
Диққатнинг кучи ва барқарорлигини таъмин этадиган шарт-шароитларни тушунтириб беринг?
Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossasidir. Diqqatning
kuchi turli darajada bo‘lishi – diqqat kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin.
Diqqat qanchalik kuchli bo‘lsa, u diqqat obyektiga shunchalik ko‘p
to‘planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz bo‘lgan narsalarga shunchalik
kam chalg‘iydi. Biz tashqi tomondan diqqatning kuchi to‘g‘risida asosan,
uning chalg‘ish darajasiga qarab hukm chiqaramiz. O‘quvchining diqqati
har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qo‘zg‘ovchilardan, chunonchi,
qalamning tushib ketishiga, qo‘shni partadagi o‘rtoqlarining pichirlashganiga, koridorda bo‘layotgan gaplarga chalg‘ib ketaversa – bu ayni
vaqtda o‘quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar o‘quvchi
bunday chetki qo‘zg‘ovchilar (ba’zan hatto kuchli qo‘zg‘ovchilar) ta’sirini
ham go‘yo «sezmay», balki muayyan bir ishga berilib qunt bilan ishlasa,
bu ayni vaqtda o‘quvchi diqqatining kuchliligidir.
Ихтиёрсиз диққатни, ихтиёрий иродавий диққатнинг кучини, диққатнинг барқарорлиги ва паришонликни роллар билан тушунтиринг. Талабалар топшириқни ролли ижро этиб бериши керак!
Do'stlaringiz bilan baham: |