«Islom va yangi ming yillik»: caveat lector[3]. Biz musulmon sifatida ishga kirishishdan oldin kamida ikkita taraddudga ehtiyoj sezamiz. Birinchidan, garchi mustaqil bo‘lmagan tamaddun a'zolari sifatida 2000 yildan qochib qutulolmasak-da, yangi mingyillik bizning mingyilligimiz emasligini tan olishimiz kerak. Bugungi kunda har bir musulmon davlati shoshilinch bir tarzda milodni va shunga asosan, avliyo Grigoriy tuzgan, xristianlik asos qilib olingan taqvimni tan oladi. Islom tarixining Muhammad payg‘ambar hijratidan undan oldin o‘tgan payg‘ambar tavalludi bilan bog‘liq joriy taqvimga moslangani tufayli ko‘pgina islomiy davlatlar yangi asr boshlanishini qaysidir darajada nishonlashni rejalashtirib ham qo‘ydi. Musulmon mamlakatlaridagi shoshib qolgan va dunyoviylashgan aholi ushbu voqea munosabati bilan g‘alati bir hayajonga tushib qoldi: hatto Turkiyada "Iki bin'e dogru" («Ikki minginchi yil sari») haftalik jurnali ham chop etila boshladi. Bunday asabiy hayajon bizga g‘alati tuyulishi tabiiy: biz musulmon sifatida o‘z taqvimimizga va tarixiy mezonlarimizga egamiz. Aslida 2000 yil hijriy 1420 yilda boshlandi. Shunday ekan, bu sana e'tiborga molik deyishga arziydimi? Bu odamning g‘azabini qo‘zg‘ovchi va nomaqbul G'arb ta'sirining yana bir ko‘rinishi emasmi? Ayrim zamondosh olimlar (Ye.P.Sanderz, Jeza Vermes va hk.) ning tadqiqotlariga asosan, Iso (a.s.) miloddan oldingi 6 yilda tavallud topganini inobatga olsak, ushbu fikr yanada qat'iylashadi. Agar shu gaplar rost bo‘lsa, quyosh taqvimiga ko‘ra, uchinchi ming yillik 2000 yilda emas, 1994 yili boshlangan bo‘lib chiqadi, 2000 yilni nishonlash aslida behuda bir ish, ya'ni yangi zamon bayrami ekani ma'lum bo‘ladi. Londondagi Ming yillik qubbasi singari kinoyaomuz va gumanistik loyihalar bilan tanishgan kishi bir narsaga amin bo‘ladi: odamlar Iso Masihning tavalludini emas, balki bema'ni fakt - uchta nolning yonma-yon kelishini nishonlashmoqda. Xullas, bu voqea bugungi kun xristianlari uchun behuda narsalar tizimi, bema'niliklar yubileyi bo‘ldi, xolos. Ikkinchi, tashvishli hol bizning kelajak xususida ishonch bilan gapirish qobiliyatimizga daxldordir. Men ushbu bob va butun kitob davomida (o‘quvchilarni) islomning Buyuk mingyillikdan so‘ng olishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishi haqida bot-bot mulohaza yuritishga da'vat etmoqchiman. Biroq Ash'ariy va Motirudiy nuqtai nazaridan qaraganda, ilohiyotshunoslik nozik masaladir: biz unga halol yo‘l bilan yechim topishimiz mumkinmi? Kelajak ko‘zdan olis narsa, uni ko‘rib bo‘lmaydi, u faqat al-Qodir al-Olim, ya'ni yagona bilguvchi zot - Allohgagina ayon kitobdir. Ehtimol, bani bashar o‘z umrining intihosiga yetib borayotgani yaxshidir. Qodir va qahhor Alloh qiyomat kunidan oldin soatlarni to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin. Biz - inson bolalari, ilohiy adolatning bir ko‘rinishi sifatida bu ishda shunchaki vosita bo‘lishimiz mumkin, xolos: bunday paytda, bir zamonlar Rossiyaga birinchi bo‘lib yadroviy zarba berish kerak, deb turib olgan prezident Kennedining strategik bombardimon kuchlariga ega bo‘la turib ham ikkilanganini eslash kifoya. Biroq bu - mushohada yuritishni talab etadigan mavzu. Jabroil farishta haqidagi hadisda u (Muhammad) payg‘ambar (s.a.v.s.) ning oldiga kelgani, Rasululloh farishtadan, o‘sha soat qachon keladi, deb so‘ragani, u (Jabroil) esa «savolga tutilgan ham savol beruvchidan ko‘proq narsani bilmaydi», deb javob bergani rivoyat qilinadi. Biroq Qur'oni karimda aytilganiday, «falak shu savolga homiladordir». Inson qo‘li bilan yoki o‘zi keladigan ofat siz ushbu kitobni o‘qib tugatmasingizdanoq ro‘y berishi ham mumkin. XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 4 Islom tarixida qisman Qur'on karomati bilan inson hayotidagi asosiy mavzuga aylangan qiyomat qoyimni kutish hollari yangilik emas. Qizig‘i shundaki, oxirat kuni haqidagi gaplar islom tashkil topganining ming yilligi oldidan ham paydo bo‘lgan edi. Misrning o‘rta asrlardagi buyuk olimi Imom as-Suyutiy ko‘plab musulmonlarning hijriy 1000 yilni qo‘rquv va hayajon bilan kutib olgani xususida tashvish bilan yozgan edi. Xo‘sh, bu ham ko‘plab Qohira voizlari minbarlardan turib ta'kidlaganiday, oxiratdan darak beradimi? As-Suyutiy o‘zining ehtiyotkor va narsalarni ataylab murakkablashtirishdan yiroq mashg‘ulotiga sodiq qolib, ushbu ummatning hayotiga oid barcha hadislarni sinchiklab o‘rganib chiqqach, hech qanday qo‘rquvga asos yo‘q ekanini aniqlagan. U bu haqda «Ummatlarning ming yillikdan omon-eson o‘tib olishi isboti» degan kichik bir kitob ham yozgan. Ushbu kitobda muallif, islomning ilk ming yilligi insoniyat tarixining intihosi deb vahima ko‘tarishga hech qanday asos yo‘q, degan xulosaga kelgan. U o‘ziga ma'lum hadislarni o‘rganib chiqib, ularda Iso (a.s.) va Antixrist (al-Masih ad-Dajjol) ning qaytishi islomiy 15-asrda, ya'ni bizning kunlarimizda ro‘y beradi, degan to‘xtamga keladi. Bu fikr bizning zamondoshlarimiz uchun ham o‘ziga xos ogohlantirish emasmi? Biroq Imom hazratlarining mazmunan to‘la aniq bo‘lmagan hadislarni talqin qilishi, kelajakni Allohgina bilishi mumkin, payg‘ambarlarga esa faqat vahiy keladi, degan teologik tushunchalariga asoslangan. Men ushbu kitobning keyingi sahifalarida taxminlarga emas, mavjud dalillarga tayanib mulohaza yuritmoqchiman. Alloh taolo tarix yo‘nalishini biror tabiiy ofat, halokatli urushlar yoxud harbiy laboratoriyadagi mikrob to‘la idishni kimdir tasodifan tushirib yuborishi orqali butunlay o‘zgartirishi mumkin. Ul zot moliki zamon sifatida tarixni, go‘yo daraxtdan bir yaproqni uzib olganday, oyoqlatib qo‘yish qudratiga ega. Bordiyu, bu hol yaqin oylar ichida ro‘y beradigan bo‘lsa, bu taxminlarga o‘rin ham qolmaydi. Bu o‘rinda mening vazifam - hozirgi zamon haqida so‘zlash. Modomiki, mavjud tamoyillar shu kungacha biror falokat tufayli barbod bo‘lmagan ekan, ular kelgusi yillar va o‘nyilliklarda islomning ehtimol tutilayotgan kelajagi tomon davom etib boraveradi. Xo‘sh, ushbu tamoyillarga shubha bilan qarash nima uchun foydadan xoli emas? Chunki, birinchi navbatda, barcha islomiy diskurs[4]da ahli muslim 20-asr, aslida esa so‘nggi uch asr mobaynida o‘rtaga qo‘ygan muammolarni hal etish borasida sustkash va muvaffaqiyatsiz javob harakati qilgani ro‘y-rost aytilishi kerak. G'arbning ustunligi bilan ro‘baro‘ kelarak, biz shu vaqtgacha qaysi evrilishlar muqarrar va ularning qaysi biriga qarshilik ko‘rsatishimiz mumkin ekanini aniqlay olmadik. 19-asr boshlarida Usmonlilar saltanati Rossiyaga qarshi bir qancha halokatli urushlarda yutqazib qo‘ydi. Buning asosiy sababi Rossiya armiyasi Ulug‘ Pyotr amalga oshirgan g‘arblashtirish va texnokratik islohotlar tufayli erishgan qurol-yarog‘lar va temir intizom edi. Biroq ulamolar va yanichar[5]larning aksariyati har qanday o‘zgarishga qarshilik ko‘rsatar edi. Ular janglarda faqat e'tiqod bilan g‘alabaga erishish mumkin, o‘qotar qurollar va o‘quv mashg‘ulotlari musulmonlarning samuraylarnikiga o‘xshash futuvvatning - har bir musulmon jangchisining individual yasog‘ining ahamiyatini pasaytiradi, deb hisoblardi. Ularning nazarida dushmanning ko‘ziga tik qarab, qilich savashish yoki sodda pilta miltiq bilan jang qilish o‘rniga unga qarata olis masofadan o‘q otish qo‘rqoqlik bo‘lib tuyulgan. Shundan so‘ng Usmonlilar saltanati yaxshi qurollangan xristianlar armiyasidan ketma-ket mag‘lubiyatga uchray boshladi. XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 5 Matbaa masalasi bundan ham battar ahvolda edi. Ulamolarning aksariyati 18-asrga qadar matbaa - kitob chop qilishni harom ish deb hisoblagan. Dinga tegishli har bir matn muqaddas sanalgan, shuning uchun u xattot tomonidan asta-sekin, mehr bilan ko‘chirilishi va muqovalanishi kerak bo‘lgan. Ulamolar ayni kitoblarni oson yo‘l bilan ko‘paytirish islom ta'limotining ahamiyatini pasaytiradi, shuningdek, diniy matnlarni yodlashda talabalarni dangasa qilib qo‘yadi, deb bilgan. Boz ustiga, sahifalarni terish va bosish jarayoni butun olamning yaratuvchisi nomi bitilishi ehtimoli bo‘lgan matnlarga nisbatan hurmatsizlik deb baholangan. Asli mojaristonlik bo‘lib, islomni qabul qilgan Ibrohim Mutafarriqa bunday qarashlarning barchasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan edi. U dunyoviy va ilmiy kitoblarni chop etish uchun sulton G'olibning ruxsatini olgan va 1720 yili Istanbulda islom olamidagi ilk matbaa dastgohini ishga tushirgan. Mutafarriqa hamma narsani dunyoviylashtirish tarafdori bo‘lgan badniyat kishi emasdi, aksincha, musulmonlikni qabul qilgan samimiy inson bo‘lib, o‘z tarjimai holi va diniy e'tiqodini «Risolayi Islomiya» kitobida bayon qilib bergan. Mutafarriqa Usmonlilar saltanatining texnik va ma'muriy qoloqligidan qattiq tashvishda edi. Shundan so‘ng u «Ummatlarni boshqarishda aql-zakovat bilan ish yuritish usullari» («Usul ul-hikom fi nizom ul-umam») degan kitob yozib, 1731 yili chop ettirgan. Ushbu mo‘‘jazgina dasturiy asarida u Yevropada urf bo‘lgan hukumatlar va harbiy tizimlarning tavsifini keltirgan va mustaqil musulmon davlatlarini nafaqat Yevropaning harbiy texnologiyasini, qolaversa, ma'muriyati va ilmiy tadqiqotlaridan ham zarurlarini o‘zlashtirish orqaligina omon qolish mumkinligini aytib ogohlantirgan. Ammo muallifning Yevropa tamadduni taraqqiyoti to‘g‘risidagi ogohlantirishlariga yetarli e'tibor berilmaydi hamda Usmonlilar davlati o‘z-o‘zini isloh qilish va shu bilan birgalikda islomiy o‘ziga xosligini saqlab qolishday bir-birini istisno qiladigan ishlarga qo‘l uradi; shunday qilib, yangi sharoitga moslashish jarayoni bugungi kunda ham ko‘pgina musulmon davlatlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mojaristonlik bu olimning ibratli hayoti doimo biz musulmonlarga asrimizning global tamoyillarini anglab yetmay turib, uning texnologiya va uskunalariga moslashmay turib, mag‘lubligimizcha qolib ketaverishimiz mumkinligini eslatib turadi. O'jar konservatizm sabab vujudga kelgan ruhiy ustunlik mag‘lubiyat va hayot oqimidan chetda qolib ketish tajribasi keltirib chiqaradigan ma'naviy inqiroz tufayli tezda barbod bo‘ladi. Bugungi kunda islom davlatlarida yashaydigan musulmonlar aksariyat hollarda o‘tkinchi siyosiy masalalarga mahliyo bo‘lib qolib, hayot-mamotga daxldor ulkan tamoyillarni o‘jarlarcha pisand qilishmayapti. Vaholanki, ularning oldida turgan o‘sha siyosiy masalalar ertaindin hech narsaga arzimay qoladi. Bunday mensimaslik b'zan kishini ajablantiradi. Shu o‘rinda biz o‘z-o‘zimizga, bugungi zamonga tom ma'noda kuch berib turgan g‘oyalardan islom dunyosidagi uyg‘onish harakatlari yetakchilaridan qanchasi voqif, degan savol berishimiz kerak. Bunday yetakchilarning qaysi biri zamonamizning hal qiluvchi ahamiyatga molik intellektual tizimlari nomini aytib bera oladi? Ular uchun strukturalizm, postmodernizm, analitik falsafa, tanqidiy nazariya tushunib bo‘lmaydigan murakkab va yopiq kitoblardir. Ular buning o‘rniga «Xalqaro sionizmning masonlarcha fitnasi» yoki «Yangi salb yurishi» va shunga o‘xshash uydirmalar haqida safsata sotishni afzal bilishadi. Agar biz dunyoda nega bu qadar ko‘p islomiy harakatlar barbod bo‘layotgani sababini anglab yetmoqchi bo‘lsak, ishni, ehtimol, ularning rahbarlari islomiy boshqaruvdagi to‘siqlarni XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 6 muvaffaqiyatli yengib o‘tishning asosiy sharti bo‘lgan yangi dunyoni aqliy bilish qobiliyatiga ega emasligini tan olishdan boshlashimizga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy mafkuralar nima ekanini bilmaydigan bugungi ashaddiy musulmonlar aslida ularni yengish to‘g‘risida xomxayol qilishdan nariga o‘tmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |