1-sinflarda o`quvchilarga unli va undosh harflarni farqini tushuntirish
Egamova Nargiza G'ayratpo'latovna
Namangan viloyati Pop tumani
7-sonli maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya.Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda jumladan 1-sinflarda tovushlar,unli va undosh tovushlar va ularning farqini tushuntirish bo'yicha fikr-mulohazalar keltirildi.
Kalit so'zlar: fonetik, morfologik, jarangli, jarangsiz,unli, undosh, usual,tovush
Kichik yoshdagi oquvchilarning ogzaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf oquvchilari savod organish davrida oqishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim sozni togri talaffuz qilish (tovushlarni togri talaffuz qilish, urguli boginni ajratish, orfoepik meyorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va soz yasalishiga oid bilimlar bilan birga oquvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin boladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga kora togri aytish, logik urgu va gap qurilishidagi toxtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) sozning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim sozlarni togri talaffuz qilish va qollash uchun zarur.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlangich sinf oquvchilari fonetik-grafik konikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yoq jarangli va jufti yoq jarangsiz undoshlar; sozni boginlarga bolish, urguli boginni ajratish konikmalariga ega boladilar.Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy ozlashtiradilar, ammo ular maxsus oqigunlariga qadar sozni boginlarga bolishni, sozdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1- sinf oquvchilarida sozni togri talaffuz qilish, boginlarga bolish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish konikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, oz navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy oyinlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, soz tarkibida bir-biriga tasiri kabi ayrim elementar bilimlarni ozlashtirishga imkon beradi.
1- sinfda fonetika va grafikani organishga katta orin beriladi, chunki oquvchilar oqish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Tovush murakkab tushuncha bolgani uchun boshlangich sinflarda unga tarif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida togri ilmiy tasavvur amaliy oyinlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul sozdagi tovushlarniig talaffuzi hamda sozning leksik manosi sozdagi tovushlarning tarkibiga bogliqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan sozlar har xil lugaviy manoni ifodalaydi.
Sozning tovush tarkibi ustida ishlash savod orgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan soz tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular sozni tovush tomonidan tahlil qilishga organadilar, yani sozni boginlarga boladilar, sozdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
Sozning tovush tarkibini togri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki ornini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, sozni togri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod orgatishdan song ham sozni tovush tomondan tahlil qilish oyinlari yordamida sozdagi tovushlar tarkibini aniqlash konikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Malumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bolinadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni oquvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi ogiz boshligidan erkin ravishda otadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo ogiz boshligida tosiqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, bazan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bogin hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bogin hosil qiladi, undosh tovushlar bogin hosil qilmaydi).
Oquvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yol qoymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq azolarining vaziyatini kuzatish konikmasini ostirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni ozlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta ozlashtirishga imkon berishi bilan birga, oquvchilarning aqliy qobiliyatini ostirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga organadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. “Boshlang’ich ta'lim” jurnali. 2006-yil, № 5.
2.Boshlang’ich ta'limning takomillashtirilgan o’quv dasturi. “Boshlang’ich ta'lim” jurnali . 2006
Do'stlaringiz bilan baham: |