2 -КИЧИК ГУРУҲ ТОПШИРИҚЛАРИ
“Идрок” мавзусини ёритиб беринг. Кичик гуруҳда талабаларнинг ҳаммаси қуйидаги саволларга жавоб беришлари керак. Саволларга талабалар ҳаммаси биргаликда тайёргарлик кўриши лозим. Талабалар доскада призентациялар қилади, ҳаммаси биргаликда доскага чиқади ва мавзу қай даражада ёритиб берилишига ҳам балл олади. (тайёгарлик учун 15 дақиқа)
Идрокнинг муҳим хусусиятларини тушунтириб беринг
Biz narsa va hodisalarning ayrim sifat va xossalarini sezgilar orqali
ongimizda aks ettiramiz. Shuningdek, hamisha narsalarning ayrim xossalarini aks ettiruvchi birtalay sezgilarimiz bo‘ladi. Bu sezgilar asosida
atrofimizdagi narsa va hodisalarni idrok qilamiz.
Idrok deb, narsa va hodisalarni bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir
etishi natijasida ularni yaxlitligicha ongimizda aks etishidan iborat bilish
psixik jarayoniga aytiladi. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning
ayrim xossalarini ham sezamiz.
Biror narsaning o‘zini idrok qilmasdan hosil bo‘ladigan sezgilar yangi
tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo‘lsa kerak; chaqaloq narsaning o‘zini idrok qila bilmasa ham undan hosil
bo‘ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug‘ va qorong‘ini, shirin va
nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar
faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo‘li bilan
ajratiladi.
2.Idrokning predmetliligi – bu tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni
shu olamning o‘ziga qaratishda ifodalanadi. Idrok tevarak-atrofdagi narsalarni amaliy faoliyatda qanday bo‘lsa shundayligicha aks ettirish jarayonidir, ya’ni subyektiv olamning predmetliligini ochib berishni
ta’minlaydigan harakatlar tizimidir. Predmetlilik idrokning sifati tarzida
ish-harakatlarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3.Idrokning yaxlitligi – idrok jarayonida barcha psixik jarayonlar, psixik
holatlar va psixik xususiyatlarning ishtirok etishidan iborat qonuniyat.
Idrokning yaxlitligi insonning predmet faoliyati jarayonida shakllanadi.
Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini
aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsalarning yaxlit obrazidir. Bu
yaxlit obraz har xil sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat
va sifatlari haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning yaxlitligi uning tuzilganligi bilan bog‘liqdir. Biz musiqa
eshitganimizda uni yaxlitligicha idrok qilamiz, lekin bu musiqa tarkibida
juda ko‘p musiqa asboblarining ovozi bor (tor, doira, nay va b.). Ular
hammasi bir bo‘lib shu musiqaning tuzilishini tashkil qiladi
4.Идрокнинг структуралилиги ....
5..Идрокнингдоимийлиги (константлиги) – (konstantlik — doimiy, o‘zgarmas) idrok
qilinayotgan narsaning fizik holati o‘zgarsa ham, uni ko‘z to‘r pardasidagi
obrazlarning o‘zgarmasligi yoki nisbiy turg‘unligidir. Masalan, samolyotda
ucha turib yerga qarasak, yerdagi uylar gugurt qutichasiga (odamlar esa
umuman ko‘rinmaydi, ko‘rinsa ham juda kichkina) o‘xshab ko‘rinadi.
Lekin biz ularni gugurt quticha deb emas, balki 4–5 qavatli uylar deb,
odamlarni rasman kishilardek idrok qilaveramiz. Konstantlik 1) katta
kichiklik konstantligi, 2) shakl konstantligi, 3) rang konstantligi bo‘lishi
mumkin.
6.Идрокнинг англашилганлиги нима?
Odamning idroki tafakkur bilan, narsalarning mohiyatini tushunish
bilan bog‘liqdir. Narsalarni ongli idrok qilish degan so‘z uni fikran atash
degan ma’noni bildiradi. Bu esa idrok qilinayotgan narsani ma’lum
guruhlarga, sinfga kiritish, ya’ni so‘z orqali umumlashtirishdir. Idrok
qilinadigan narsa haqida bor ma’lumotlarni tushunib, ularni bog‘lab,
farq va o‘xshashliklarini aniqlab idrok qilish jarayoni idrokning
anglanganligidir.
7.Идрокнинг физиологик асоси деганда нима назарда тутилади?
Idrokning fiziologik asosi bosh miya po‘stining
analiz-sintez faoliyatidan iborat bo‘lib, bu faoliyat sezgi organlarimizga
ta’sir qilib turadigan narsa yoki hodisaning bitta xossasi bilan emas,
balki bu xossalarning jami, butun bir kompleksi bilan vujudga keladi.
Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari jamining ta’siri
bilan hosil bo‘ladigan muvaqqat bog‘lanishlar sistemasidan iboratdir.
Har bir narsadagi xossalarning shu jamiga qarab, biz narsalarni birbiridan farq qilamiz.
8.Фазони идрок қилишини тушунтириб беринг
Fazoni idrok qilish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning
fazodagi shakllarini, ularning fazodagi katta-kichikligini va fazodagi o‘zaro
munosabatlarini ko‘zda tutamiz. Ma’lumki, fazodagi shakllariga qarab,
uch burchakli, to‘rt burchakli, kub, silindr va shu kabi shakldagi narsalar
ajratiladi; narsalar katta-kichikligiga qarab, nisbatan katta, kichikroq, o‘rtacha va hokazo narsalarga ajratiladi; fazodagi munosabatlariga qarab, bu narsalar bizga va bir-biriga nisbatan yaqin, uzoq, chap tomonda, o‘ng tomonda, yuqori yoki past bo‘lishlari mumkin.
9.Вақтни идрок қилишни тушунтириб беринг
Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar ma’lum bir (zamon) davomida paydo bo‘ladi, taraqqiy qiladi va o‘zgarib boradi. Shuningdek, obyektiv
dunyo hodisalarini aks ettiradigan idrok, tasavvur, fikr va hokazolardan iborat bo‘lgan bizdagi subyektiv, psixik hodisalar ham vaqt davomida
paydo bo‘ladi, o‘zgarib va almashib turadi. Ma’lumki, fazo singari vaqt
ham materiyaning mavjudligi shaklidir. Har qanday bog‘liqning asosiy
shaklidir. U obyektiv reallikdir, ya’ni ongimizdan tashqari o‘zi mavjuddir. Biz fazoni idrok qilganimizdek, vaqtni ham idrok qilamiz. Biroq,
vaqtni idrok qilish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, biz quyidagilarni nazarda
tutamiz. Vaqtni idrok qilishni vaqt «bo‘laklarini» soat va boshqa
xronometrik asboblar yordamida o‘lchash deb tushunish yaramaydi. Kishi
xuddi bir xilda bo‘lgan vaqt bo‘lagi (daqiqa, soat yoki ko‘p va hokazo)ning
obyektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas ekan. Ba’zan bir soat,
bir daqiqada, o‘tib ketadi yoki «bir soat bir yildek tuyuladi» deb
gapiradilar.
10.Галлюцинация турларини айтинг ва уларни ролли ижро этинг.
Gallyutsinatsiya (lot. haUucinatio -xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashki tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bogʻliq psixozlarda, giyohvandlikning baʼzi xili, ruhiy iztirob va h.k. oqibatida yuzaga keladi. G.ni birinchi boʻlib fransuz psixiatri J. Eskirol taʼriflab bergan (1817). G.lar bosh miya barcha faoliyatining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, u faqat idrok etish va tasavvur qilishning buzilishigina boʻlmay, balki bemorning atrof muhitga boʻlgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham oʻzgarishidir. G.ning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyutsinator obrazlarning tasviri hamda paydo boʻlish sharoitiga qarab bir necha xilga ajratiladi. G.ning oddiy xili, yaʼni elementar G.ga fotopsiyalar (koʻz oldida uchqun, tutun yoki tuman koʻrinishi) hamda akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. G.ning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning koʻz oʻngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon koʻrinishi mumkin) ega boʻladi.
Tabiatiga koʻra (sezgi aʼzolari yoki analizatorlar boʻyicha) koʻrish, eshitish,
hid bilish, taʼm bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor G.lar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning oʻzida bir nechta G. kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yoʻq) tanish yoki notanish kishilarni koʻri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni koʻrib ularni ushlashi yoki hidlab koʻrishi mumkii. G.dan imperativ mazmundagi eshitish G.i xavfli, bunda gʻoyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (oʻzini oʻldirish, ovqat yemaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi. Asli yoʻq tovushga bemor itoat qilib baʼzan jinoyatga qoʻl urishi, oʻz-oʻziga yoki oʻzgalar joniga qasd qilishi mumkin. G. paydo boʻlish vaqti va sharoitiga koʻra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uygʻonish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. G.ni imyuzshshan farqlamoq kerak. G. koʻpgina ruhiy kasalliklarning oʻziga xos belgilaridan hisoblanadi.
11.Идрокнинг муҳим хусусиятларини кластер бўйича тушунтиринг. Иллюзияни “Кейс-стади” усулида тушунтиринг.
Do'stlaringiz bilan baham: |