Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.
A. Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.
R. Rasulov. So’z valentligi va sintaktik aloqa “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali N 5-6 1992 y.
E. Hemingway ‘ A Farewell to Arms’. Copyright renewed 1957.
E. Hemingvey “ Alvido, qurol”. “Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent 2019.
140
"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS
|
24 MAY 2022
|
NAVOIY SHE’RIYATIDA XALQ MAQOLLARINING O’RNI
Toshquvatova Mashhura
SamDU
Annotatsiya: Ushbu maqola Alisher Navoiy she’riyatida xalq maqollarining qo’llanilish o’rniga bag’ishlanadi. Sharq mumtoz adabiyotida insonlarni tarbiyaga, odob-axloqqa chorlovchi g’oyalar asosidagi asarlar yaratilib, bu kabi asarlarda xalq maqollaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Shu jumladan Navoiy ijodida ham xalq maqollaridan foydalanish ko’p uchraydi va bu asarlarning mazmun mohiyatini ochib berishga va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar: Xalq og’zaki ijodi, yozma adabiyot, fard, maqol, hikmat, bayt.
Ma’lumki, she’riyat inson ruhiyatiga,tarbiyasiga ta’sir qiladi.Buni birgina fard misolida ko’zdan kechirar ekanmiz, Navoiy ijodida fardlar salmoqli o’ringa egadir. Fardda ijodkorlar axloqiy-tarbiyaviy, falsafiy qarashlarini ixcham va siqiq shaklda ifodalaydilar. Shu bois unda didaktik va falsafiy ruh ustuvorlik qiladi. Mana shu shakliy, mazmuniy-ruhiy jihat ularni xalq maqollariga birmuncha yaqin deb qarashga olib keladi. Lekin maqollar ko’pincha fikrni bir-biriga yo o’xshatilgan, yo taqqoslangan, yo butunlay zid qo’yilgan ichki mantiqiy qutblarga bo’lingan holda (yaxshilik va yomonlikning o’zaro qiyosiy aspektida qurilishi orqali) ifoda etishi jihatdan o’ziga xoslik kasb etadi.
Qisqa bir shaklda katta bir g’oyani ifodalash, albatta, muallifdan yuksak iqtidorni talab qiladi. Shuning uchun fardlarda xalqning asrlar osha hayotiy tajribalaridan o’tib, hikmat darajasiga ko’tarilgan qisqa va lo’nda maqollardan foydalanish tez-tez ko’zga tashlanadi. Umuman, badiiy asarlarda xalq maqollaridan foydalanish irsoli masal badiiy san’atini yuzaga keltiradi. Bu san’at fikrni ixcham va lo’nda, badiiy jihatdan yetuk tasvirlash barobarida, she’rda ifoda etilayotgan fikrning o’quvchi tomonidan e’tirozsiz qabul qilinishiga yordamlashadi.Bu jihatdan Alisher Navoiy fardlarini kuzatadigan bo’lsak, ularda xalq maqollaridan foydalanishning quyidagi usullari ko’zga tashlanadi.
1.She’riy misralar mazmuniga mos maqolni aynan keltirish:
Yuqar yomonlig’ angakim, kirar yomon el aro,
Ko’mur aro ilik urg’an qilur ilkini qaro.
“Kimki yomonlar bilan yursa, unga ham yomonlik yuqadi. Ko’mirga qo’l urgan kishining qo’li qora bo’ladi”.
Navoiy fardda “yomon el” ga yaqinlashgan kishilarni tanqid qilar ekan, fikr tasdig’i uchun ikki misrada ikki ta xalq maqolini keltiradi. Bular: “Yomon bilan yurganga yomonlik yuqadi” va “Ko’mirga tekkan qo’lini qora qiladi”. Mazkur
"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS
|
24 MAY 2022
|
maqollar “Qozonga yondashsang - qarosi yuqar” xalq maqolining variantlaridir.
Ikkita maqolni bir o’rinda keltirish esa Irsol ul-masalayin deb ataladi.
Shoirning ba’zi fardlarida maqollar baytning ikkinchi misrasida keltirilgan. Birgina misra esa shoirning falsafiy qarashlarining tezisi sifatida yuzaga kelgan. Albatta, bunda shoir o’z fikri bilan maqolda ilgari surulayotgan fikrni muvofiqlashtirishiga harakat qiladi. Natijada uning fikri sal bo’lsa-da, chegaralanib qoladi. Shunday esa-da, Navoiy fardlarida o’z fikrini tasdiqlash uchun maqollarni juda o’rinli qo’llagan.
Dunyovu uqbo ikkisi jam o’lmas, ey rafiq, Kimki ikki kema uchini tutsa, bo’lur g’ariq.
Fardda “Ikki kemaning boshini ushlagan g’arq bo’ladi” maqoli keltirilgan. Katta manfaat ko’rish niyatida bir nechta ishning boshini tutib, har ikkalasidan ham quruq qolgan kishilarga qarata aytiladigan bu maqol yuqoridagi fardda ham shu ma’nosini saqlagan. Kemaning bir uchi dunyo bo’lsa, ikkinchi uchi- uqbo. Dunyo-moddiy dunyo, uqbo - boqiy dunyo, oxirat. Bu o’rinda ulug’ shoir qarashlariga tasavvuf falsafasi nuqtai nazaridan yondashsak, uning muddaosi oydinlashadi. Shoir falsafiy qarashlarida farq maqomi ulug’langani, haqiqiy farq uchun dunyo va uqboning qimmati yo’qligi, muhimi, Olloh rizoligiga erishish g’oyasi mujassamlashgani anglashiladi.
Quidagi fardda “Birovning aybini aytma, aybingni aytguvchilar ko’p”, “Ko’zni o’z aybingdan olma, o’zgalar aybiga ko’z solma” maqollarining alohida qismigina misralarga joylashtirilgan:
Kishi aybini yuziga qilma izhor,
Taammul ayla o’z aybingga zinhor.
Diqqat qilsak, birinchi misrada maqolning “Birovning aybini aytma”, ikkinchi misrada “Ko’zni o’z aybingdan olma” qismlarigina shoirning g’oyaviy niyati uchun xizmat qiladi. Natijada o’zaro sinonim xalq maqolining kontaminatsiyalashuvi yuz bergan.
Maqollarning badiiy adabiyotda aks etishi bilan bog’liq yana bir ilgari surulgan g’oyalarni ijodiy o’zlashtirish natijasida yuzaga keltirilgan sof adabiy hikmatlardir. Fard shaklida yaratilgan bunday adabiy hodisalarda maqol mazmuni misralar mag’ziga singdirib yuborilgan:
Qotiq el jismidin anbarlar olmay naqd emas vosil-Ki, tog’ni pora-pora qilmayin la’l o’lmadi hosil.
Xalqda “Toqqa chiqmasang, do’lona qayda, jondan kechmasang, jonona qayda” degan maqol mavjud. Mazkur maqolda inson o’z maqsadiga mashaqqatsiz erisha olmasligi targ’ib qilingan. Fardda maqol aynan keltirilmagan, uning mazmuni saqlangan, xolos. Xalq maqolidagi “Toqqa chiqmasang” qismi fardda “tog’ni pora-pora qilmayin”, “ do’lona qayda” qismi “ la’l o’lmadi hosil” shaklida berilgan.
"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS
|
24 MAY 2022
|
Demak, ushbu maqol Navoiyning “Tog’ni pora-pora qilmasang, la’lga ega bo’la olmaysan” tarzidagi hikmati yuzaga kelishiga g’oyaviy asos bo’lgan. Maqol va hikmatda bir g’oya ilgari surulgan. Bu o’rinda illuziya hodisasini kuzatish mumkin. Chunki “tog’” so’zining ishtiroki “Toqqa chiqmasang, do’lona qayda, jondan kechmasang, jonona qayda” degan maqolning ma’nosini bera olmoqda.
G’ofil o’lma, nazardin etsa adu,
Sham o’churganda, yel ko’rinurmu.
Xalqda “Tuzoqni sen unutsang ham, tuzoq seni unutmas”, “Olmaning qizilligiga ishonma, dushmanning do’stligiga”, “Og’a-ining bo’lsa ham, dushmanim yo’q dema” kabi qator maqollar mavjudki, ularda dushmandan hamisha hushyor bo’lish zarurligi aytilgan. E’tibor bersak, Navoiy fardida ham shu g’oya targ’ib qilingan. Ya’ni “adu (dushman) senga ko’rinmay qolsa, g’aflatda qolma”, deb ta’kidlanadi. Ikkinchi misrada fikr tasdig’i uchun “Shamni o’chirganda yel ko’rinmaydi” tarzidagi hikmat tamsil qilib keltirilgan. Bu hikmatni shoir hikmatlarning go’zal namunasi sifatida qabul qilish mumkin.
Navoiy fardlarini kuzatsak, ularda nafaqat maqol, balki xalq ertaklariga xos tayyor epik klishe shaklidagi kiritmalardan ham foydalanilgani kuzatiladi:
Belu og’zidin, dedilarkim, degil afsonaye, Boshladim filholkim: “Bir bor edi, bir yo’q edi”.
Bilamizki, o’zbek xalq ertaklari, odatda, “Bir bor ekan, bir yo’q ekan” shaklidagi an’anaviy boshlanma bilan boshlanadi. Alisher Navoiy xalq ertaklariga xos mazkur unsurdan fardda mahorat bilan foydalanib, so’z o’yini qilgan. Ya’ni: “Ma’shuqa ta’rifidan afsona ayt, dedilar: “Bir bor ekan, bir yo’q ekan”,- deb boshladim”, - deydi. Bu o’rinda shoir xalq ertaklaridagi kiritmadan ma’shuqaning go’zal ko’rinishini mubolag’ali tasvirlash uchun so’z o’yini tarzida foydalanib, betakror obrazli talqinga erishgan. Ma’shuqaning og’zi va beli shu qadar nozikki, uni ko’rganlar “bormi yo yo’qmi” degan shubhaga berilishini ertaklarga xos kiritma vositasida ayta olgan.
Ta’kidlash joizki, u yoki bu maqol shoirning badiiy fikrlash tarziga estetik ta’sir ko’rsatar ekan, bu ta’sir ijod sohibining tafakkuridan ahli bashar uchun foydali “pand”larning yuzaga kelishiga ham turtki bo’ladi. Xuddi shunday holatni yuqoridagi fardda ham ko’rishimiz mumkin.
Navoiyning hikmatomuz baytlarini mutolaa qilgan kitobxon ko’z o’ngida shoirning donishmand siymosi gavdalanadi. Agar maqollarda inson tarbiyasida odob-axloqqa doir fikrlar sodda, mazmunan aniq, shaklan muxtasar tarzda berilgan bo’lsa, Alisher Navoiy ularni obrazli, yoqimli va ta’sirchan qilib, badiiy ifodalashga intilgan.
Xulosa qilib aytsak, xalq og’zaki ijodi namunalari bag’ridagi o’lmas g’oyalar Alisher Navoiy ijodi uchun sarchashma vazifasini o’tadi. Shoir lirikasi xalq didi va yuragiga yaqinligi bilan shuhrat paydo qilgan barhayot she’riyatdir.
"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS 24 MAY 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |