Science and education scientific journal



Download 2,79 Mb.
bet59/76
Sana17.07.2022
Hajmi2,79 Mb.
#811317
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

References

1. Alisher Navoi, Complete Works - Tashkent. Fan.1990,540-bet.




148


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022



TILSHUNOSLIKDA TERMIN TUSHUNCHASIGA DOIR QARASHLAR
Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi

nazokatxaitbayeva@bk.ru


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari


universitetining


Annotatsiya: Termin masalasi har bir davrda va har qaysi millatda murakkab bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada terminlarning o‘rganilishi, ahamiyati hamda termin tushunchasiga doir qarashlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bugungi kunda o‘quvchi-talabalar orasida terminlarga bo‘lgan qiziqishlar tabora ortib bormoqda. O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganishga doir talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan.


Kalit so‘zlar: terminalogiya, termin, tibbiy terminlar, leksika, loyiha, lug‘at, tadqiqot.


Kirish. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayoni, tabiiy ravishda, avvalo, o‘zbek tili leksikasida o‘z aksini topmoqda. Bu esa, ayni paytda, jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda, yangi-yangi so‘z, tushuncha va terminlarni yuzaga keltiradi. Terminlar haqida fikr yuritilar ekan, birinchi navbatda, uning leksik-semantik xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. So‘z semantik strukturasining o‘zgarishi, shuningdek, semantik strukturaning taraqqiyoti lingvistik adabiyotlarda odatda leksik ma’noning o‘zgarishi yoki leksik ma’noning taraqqiyoti deb ta’riflanadi. So‘z leksik ma’nosining taraqqiyoti deganda, asosan, so‘zning u yoki bu ma’nosi asosida yangi ma’no yoki ma’nolarning yuzaga kelishi, so‘z ma’nosining kengayishi va torayishi tushuniladi. G. Paul tomonidan ilgari surilgan bu nuqtayi nazar, nihoyat, o‘zbek tilshunosligiga oid ishlarda ham o‘z ifodasini topgan. Maʼno kengayishi - avval tor doiradagi voqelikni ifodalagan maʼnoning keyinchalik keng doiradagi voqelikni ifodalay boshlashga oʻtishi. Masalan, qishloq soʻzi dastlab “qish faslida yashaydigan joy”ni anglatgan, hozir esa “aholi muqim yashaydigan maʼmuriy hududni” ni bildiradi. Maʼno torayishi-avval keng doiradagi voqelikni ifodalovchi maʼnoning keyinchalik tor doiradagi voqelikni anglatishga oʻtishi. Masalan, yaroq leksemasi oldin “kerak boʻladigan narsa - qurol” maʼnosini bildirgan boʻlsa, hozirgi kunda mazkur leksemaning maʼnosi torayib “hujum qilishda ishlatiladigan qurol” maʼnosini anglatadi.

O‘zbekcha tibbiy terminlar ham o‘z taraqqiyoti jarayonida umumiylikdan xususiylikka qarab borgan yoki ma’nosi toraygan terminlarga yoki xususiylikdan





149


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

umumiylikka qarab borgan yoki ma’nosi kengaygan terminlarga bo‘linish kuzatiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tilda leksik ma’no taraqqiyoti, odatda, biror predmet, belgi yoki harakatning nomini boshqa bir predmet, belgi yoki harakatga ko‘chirish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Bunday leksik ma’no taraqqiyoti bilan bog‘liq ko‘chirishlar metafora (o‘xshashlik), metonimiya (o‘zaro aloqadorlik), vazifadoshlik (vazifaviy bir xillik), sinekdoxa (qism va butun munosabati) kabi turlarga ajratiladi1. So‘zlarda ma’no ko‘chganda, asl ma’no inkor qilinmaydi, balki asl ma’nolarga qo‘shimcha ravishda yangi ma’noga ega bo‘ladi va shu bilan ularning ma’nolari kengayadi. So‘z ma’nolarining ko‘chirilishi predmet, voqea va hodisalar orasidagi o‘zaro o‘xshashlik yoki bog‘liqlikni bir-biriga taqqoslab ko‘rsatish bilangina cheklanib qolmaydi, balki ma’lum predmetni bildiruvchi so‘z bilan predmet o‘rtasida o‘zaro munosabat mavjudligini va o‘xshashlik borligini belgilaydi. Ulug‘ Tursunov, birinchilardan bo‘lib, o‘zbek tili terminologiyasi masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi va ushbu masalaga bag‘ishlab asarlar yozdi: “Til-terminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi”, “O‘zbek terminologiyasi masalalari”, “Terminologiya masalalari”, “O‘zbek adabiy tilida o‘z-terminlar tanlash prinsiplari” kabilar. Bu asarlarda terminlarni hosil qilish, to‘plash, tartibga solish, unifikatsiyalash va nashr etish sohasidagi turli xil qarashlar va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi. Bundan tashqari, terminologiya sohasida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan chalkashliklar yaqqol ko‘zga tashlana boshlanganligi ta’kidlanadi.





Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish