155
aholi orasida madaniyatni targ’ib qiladi, balki xorjlik sayyohlar oqimini oshishiga
ham sababchi bo’ladi.
Shuningdek, 2016 yil 2 dekabrdagi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining
4861-sonli “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni
ta’minlash
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi
farmoni
mamlakatimiz
turizm
industriyasida tub burilish yasagan asosiy hujjatlardan biri bo’ldi. Shu asosda
mamlakatimiz sayyohlik sanoatida qator islohotlar amalga oshirilishi boshlandi.
Jumladan, “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini
jadal rivojlantirish” dasturida
turizm infratuzilmalarini qurish, turistlarning kechki
bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratish yo’nalishlarida milliy
hunarmandchilikni rivojlantirish uchun bir necha tadbirlar ko’zda tutilib, Buxoroning
tarixiy qismida (“Shahriston” bozori hududida) o’z ichiga an’anaviy hunarmandchilik
ustaxonalaridan
iborat ikki qavatli uylar, milliy suvenir mahsulotlari, zardo’zlik
mahsulotlari, chop etilgan mahsulotlar, meva va sabzavotlar, shirinliklar va boshqa
turistlar uchun qiziqarli mahsulotlar sotiladigan do’konlar, ikki qavatli hunarmandlar
dahasini va yopiq bozorini qurish maqsad qilib belgilab olindi. Bundan tashqari,
“Abdullaxon” madrasasida milliy urf-odatlar va an’analarning namoyishini tashkil
etish, hamda “Ustoz-shogird” an’analaridagi hunarmandchilik ustaxonalarini yaratish
ham 2017-2019 yillarda qilinishi kerak bo’lgan asosiy ishlar qatoriga kiritildi.
O’zbekistonda turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ular har birining o’ziga
xos turmush tarzi, milliy an’analari,
qadriyatlari shu jumladan, hunarmandchiligi
bilan farqlanadi. Ovqatlanish madaniyatini misol sifatida keltiradigan bo’lsak,
mehmonlarni kutib olish, kattalar va kichiklarning o’tirishi, choy quyib berish tartibi,
taom pishirish jarayoni, turlari, uni tortiq qilish madaniyati, dasturxon ustida duo
o’qilishi, dasturxon atrofida mehmonlarning milliy liboslarda o’tirishi sayyohlar
orasida alohida qiziqish uyg’otadi. Bundan tashqari, o’zining qadimiy, milliy va
qadrli bo’lgan marosimi sifatida to’ylar o’tkaziladi. Ayniqsa, bu marosimlar fasllarga
bog’liq
hisoblanadi, ya’ni qishki mavsumda o’tkaziladigan ziyofatlar, bahorgi
tantanali marosimlar, Navro’z, “Buxoro shahri kuni” festivali, Qovun sayli, Mehrjon,
“O’zbek shoyisi – jahon nazdida” nomli moda namoyishlari, “Buxoro
hunarmandlari”, “Sharq taomlari”, “Nasriddin Afandi”, “Ipak va ziravorlar” kabi
festivallar yuqorida keltirilgan islohotlarning amaliy yechimi sifatida namoyon
bo’ladi.
Bunga o’xshash ko’plab tadbirlar boy o’zbek xalqimiz hozirgi kunda o’z
milliyligini jahonga ko’rsatishni yangicha yo’nalishi sifatida turistlarda qo’llash
orqali amalga oshirilmoqda. Xususan, milliy urf-odatlarini namoyon etishni
festivallar, ko’rgazmalar, bayramlar orqali mujassam etib kelayotgan “Ipak va
ziravorlar” festivali nafaqat urf-odatlar, balki o’zining nodir va betakror buyumlari
orqali turistlarni o’ziga jalb qiladigan hunarmandlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
yerda aynan hunarmandchilik mahsulotlari orqali o’zbek
milliy urf-odatlari aks
ettiriladi, buni qo’g’irchoqlar misolida, gilamchilik mahsulotlari, zardo’zlik,
kulolchilik, kandakorlik buyumlari misolida ko’rishimiz mumkin.
Xalq hunarmandchilik mahsulotlari nafaqat xorijiy mehmonlarda, balki
mahalliy aholining ham diqqatini tortmoqda. Bugunga kelib, Respublikamizda 500
dan ortiq korxonalar aynan suvenirlar tayyorlash tizimi bilan shug‘ullanadi va ular
156
butun dunyoga tarqatiladi [2]. Buxoro xalqi azaldan o’zining qo’l mehnati, ya’ni
zargarlik, zardo’zlik, misgarlik, kulolchilik, kashtachiligi bilan dunyoga dong
taratgan. XVIII asrdan XX asr boshlariga qadar esa misgarlik, kandakorlik bo’yicha
Markaziy Osiyoning asosiy markazi hisoblangan, aynan ma’lum bir hunarmandchilik
turiga ixtisoslashgan mahallalar faoliyat ko’rsatgan. Biroq, hozirda aksariyat
mahallalarda ota-bobolaridan qolgan hunarning davomchilarini topish mushkul.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
2017
yilning
17
noyabrida
“Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hunarmandchilik
faoliyatini yo’lga qo’yishda, buyumlarni yaratishda turistlarni jalb qilish, turistlarni
oqimini oshirish va ularga qulay infratuzilma yaratish borasida davlat tomonidan
ishlab chiqaruvchilarga ko’plab imtiyozlar [3], misol tariqasida, hunarmandchilik
faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy
belgilangan soliq to‘lovidan to‘liq ozod etilishi, yoshga doir pensiya va nafaqa
oluvchilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan
ozod etilishi, qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga
oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50
foizini to‘lashi, hamda hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan
xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank
hisobraqamlaridan chet el
valyutasini naqd shaklda yechib olish huquqi berildi.
Berilgan imkoniyatlardan to’laqonli ravishda foydalanib, milliyligimizni qayta
tiklash, mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida targ’ib qilish uchun bir necha takliflar
amaliy hayotga tadbiq etilsa Buxoro viloyatida hunarmandchilikning turizm
industriyasidagi roli yanada oshishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekiston qadimdan milliy urf-odatlari va
hunarmandchillik mahsulotlari asrlar mobaynida sayqallanib, o’z jozibardorligini
oshirib kelmoqda. Bu borada davlat tominidan sohani rivojlantirishda ko’plab amaliy
ishlar qilinganligi va bu sohaga e’tibor kuchli ekanligi hozirgi O’zbekiston sharoitida
yaqqol o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: