Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


Mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari (2012-2016 yillar)



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari (2012-2016 yillar) 
2017 – yil 20-aprel, № 02-09/1091 sonli O`zbekiston Respublikasi Turizmni 
rivojlantirish 
davlat 
qo`mitasi 
farmoniga 
muvofiq 
hamda 
Prezidentimiz 
Mirziyoyevning 2017 yil 19 maydagi “2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro 
shahri turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PP-2980-
sonli qarori
ga asosan viloyatimizda bu borada keng ko`lamli ishlar olib 
borilmoqda[3].
Bu borada quyidagi raqamlarga nazar soladigan bo`lsak, ular orasidagi 
farqlarni yanada chuquqrroq anglashimiz mumkin. 
2016 yilda butun Respublika bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash 
joylashtirish vositalari soni 750 tani tashkil qildi va 2012 yilga nisbatan 44,0 foizga 
(229 ta) ko`paydi. Ulardagi o`rinlar soni 2012 yilga nisbatan 40,8 foizga (11 ming 
o`rin) ko`payib, 37,8 ming o`ringa yetdi. Mehmonxonalarga joylashgan shaxslar soni 
2016 yilda 1513,1 ming kishini tashkil qilib, 2012 yilga nisbatan 27,2 foizga (323,5 
ming nafar) ko`paydi. Bu sonlarning ko`payishi yuqori darajada bo`lishiga 


153 
qaramasdan, kata oqimdagi sayyohlar qabul qilish uchun yetarli darajada emas, 
xususan Buxoro viloyatida bunday oqimni qabul qilish uchun infratuzilma yetarli 
darajada emas[4]. 
2-rasm 
Hududlar bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish 
vositalarida joylar fondidan foydalanish koeffisienti (foizda) 
O`zbekiston Republikasi bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish 
vositalarida joylar fondidan foydalanishkoeffisienti (o`rinlarning yil davomida band 
bo`lishi) 2016 yilda 26,1 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, eng yuqori ko`rsatkich 
Sirdaryo viloyatida 40,0 foiz, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 36,5 foiz, 
Toshkent shahrida 35,7 foizni tashkil qilmoqda, shuningdek yil davomida joylarning 
band bo`lishi Xorazm viloyatida 14,1 foiz, Farg`ona viloyatida esa 14,6 foizni tashkil 
etgan. 
Buxoro viloyatida mazkur raqamlar 17,4 % tashkil qilayotgani yetarli darajada 
emas. Kichik haj ziyoratining tashkil qilinishi evaziga, yoki bo`lmasa islom 
mamlakatlari, xususan, Malayziya, Indoneziya davlatlaridan Buxoro viloyatiga 
tashrif buyurish istagidagi sayyohlar soni tahlil qilinganda mazkur oqimni qabul 
qilish uchun mehmonxonalar, sifatli xizmat ko`rsatish uchun umumiy ovqatlanish 
korxonalarining yetarli darajada emasligi, yoki bo`lmasa, “7 silsilayi sharif” deb 
yuritiladigan “7 piri bilan” mashhur viloyatimiz miqyosida bunday hajmdagi 
sayyohlar oqimini qabul qila olmasligi evaziga qurilishi rejalashtirilayotgan bunday 
hududlar soha rivoji uchun amaliy asos bo`lib xizmat qiladi.
“Ko`hna va boqiy Buxoro” deb nomlangan turistik erkin iqtisodiy hududda 
2017-2021 yillar davomida mehmonxonalar, muzey, teatrlar qurilishi, “Shaxriston” 
bozorining qayta yo`lga qo`yilishi, xorijiy investorlar ko`magida “Buxoro Palace”, 
“Zarafshon”, “Varaxsha” kabi yirik mehmonxonalarning qayta ishga tushirilishi 
evaziga viloyatimiz yanada gullab yashnashi hamda ichki turizm bilan bir qatorda 


154 
chet ellik turistlarni qabul qila olish imkoniyati kengayishiga olib kelishi 
shubhasizdir. 
Bunday hududlarning faoliyati o`z navbatida mavsumiylikning oldini olishga 
xizmat qilishi mumkin. Yangi turistik yo`nalishlar, masalan, speleoturizm, 
gastronomik turizm, etnoturizm, sarguzasht turizmi, biznes turizmi, ta`lim turizmi, 
oilaviy turizm kabi turlarni rivojlantirib, mavjudlarini yaxshilash uchun sa`y-
harakatlar qilinishi ham sohaning rivoji uchun juda muhim omillardandir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, turistik erkin iqtisodiy hududlarning barpo 
etilishi sohada bo`layotgan o`zgarishlarga sabab bo`lishi bilan bir qatorda, mintaqaga 
investorlarni jalb qilish, infratuzilmani va salohiyatni oshirish bilan biorga mahalliy 
aholi uchun yangi ish o`rinlarni yaratish bilan bir qatorda mamlkatga keluvchi 
turistlar sonini orttirib, davlat budjetiga foyda keltiradi. 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish