Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. Xoliqulov A.R. “Erkin iqtisodiy zonalar: nazariy asoslar va jahon tajribasi”, 
Toshkent: “Sharq” nashriyoti. 2002. 186-b. 
2. 
https://www.consultant.ru/law/ref/ju_dict/word/turistskaya_zona/
 
КонсультантПлюс, 1997-2018 
3. 
http://lex.uz/docs/3551110
 
4. Hamroyev H.R. О необходимости и целесообразности создания свободной 
экономической зоны по туризму в Бухарском регионе. /Вестник 
Бишкекского 
Государственного 
университета 
экономики 
и 
предпринимательства. Ежеквартальный научно-практический журнал. 2, 
2006. 110-111 стр. 
Kurbanova M.X., o`qituvchi,
Najmiddinov S.N., talaba, 
Buxoro davlat universiteti, O’zbekiston 
O’ZBEK MILLIY URF-ODATLARI, HUNARMANDCHILIGI JAHON 
SAYYOHLARI E’TIBORIDA
 
Turizm iqtisodiyotning keng qamrovli tarmoqlaridan biri hisoblanib, davlatni 
iqtisodiyotini ko’taruvchi, urf-odatlari va qadriyatlarini turistlar orqali dunyo bo’ylab 
tarqatuvchi soha sifatida namoyon bo’lmoqda. Bu yo’nalishda O’zbekiston ham 
o’zining qadimiy qadamjolari, pirlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlarini, milliy xalq 
ijodiyotini namoyon etish orqali jahon turizm bozorida o’z ulushini oshirib kelmoqda.
2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishing beshta 
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida ham 
hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 
oilaviy biznes va hunarmandchilikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini 
kengaytirish orqali aholi tomonidan o’z xonadonlarida milliy hunarmandchilik 
asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi, qo’shimcha daromad yaratilishi 
inobatga olingan. San’at va hunarmandchilik milliy ko’rgazmalarini tashkil etish 
maqsadi esa yosh avlod ongida ajdodlarimizdan meros qolgan, hozirgi kungacha 
yetib kelmagan yoki unutilgan madaniy merosimizni qayta tiklash va ularga bo’lgan 
hurmatni uyg’otish asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu sa’y-harakatlar nafaqat mahalliy 


155 
aholi orasida madaniyatni targ’ib qiladi, balki xorjlik sayyohlar oqimini oshishiga 
ham sababchi bo’ladi.
Shuningdek, 2016 yil 2 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
4861-sonli “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni 
ta’minlash 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 
farmoni 
mamlakatimiz 
turizm 
industriyasida tub burilish yasagan asosiy hujjatlardan biri bo’ldi. Shu asosda 
mamlakatimiz sayyohlik sanoatida qator islohotlar amalga oshirilishi boshlandi. 
Jumladan, “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini 
jadal rivojlantirish” dasturida turizm infratuzilmalarini qurish, turistlarning kechki 
bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratish yo’nalishlarida milliy 
hunarmandchilikni rivojlantirish uchun bir necha tadbirlar ko’zda tutilib, Buxoroning 
tarixiy qismida (“Shahriston” bozori hududida) o’z ichiga an’anaviy hunarmandchilik 
ustaxonalaridan iborat ikki qavatli uylar, milliy suvenir mahsulotlari, zardo’zlik 
mahsulotlari, chop etilgan mahsulotlar, meva va sabzavotlar, shirinliklar va boshqa 
turistlar uchun qiziqarli mahsulotlar sotiladigan do’konlar, ikki qavatli hunarmandlar 
dahasini va yopiq bozorini qurish maqsad qilib belgilab olindi. Bundan tashqari, 
“Abdullaxon” madrasasida milliy urf-odatlar va an’analarning namoyishini tashkil 
etish, hamda “Ustoz-shogird” an’analaridagi hunarmandchilik ustaxonalarini yaratish 
ham 2017-2019 yillarda qilinishi kerak bo’lgan asosiy ishlar qatoriga kiritildi. 
O’zbekistonda turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ular har birining o’ziga 
xos turmush tarzi, milliy an’analari, qadriyatlari shu jumladan, hunarmandchiligi 
bilan farqlanadi. Ovqatlanish madaniyatini misol sifatida keltiradigan bo’lsak, 
mehmonlarni kutib olish, kattalar va kichiklarning o’tirishi, choy quyib berish tartibi, 
taom pishirish jarayoni, turlari, uni tortiq qilish madaniyati, dasturxon ustida duo 
o’qilishi, dasturxon atrofida mehmonlarning milliy liboslarda o’tirishi sayyohlar 
orasida alohida qiziqish uyg’otadi. Bundan tashqari, o’zining qadimiy, milliy va 
qadrli bo’lgan marosimi sifatida to’ylar o’tkaziladi. Ayniqsa, bu marosimlar fasllarga 
bog’liq hisoblanadi, ya’ni qishki mavsumda o’tkaziladigan ziyofatlar, bahorgi 
tantanali marosimlar, Navro’z, “Buxoro shahri kuni” festivali, Qovun sayli, Mehrjon, 
“O’zbek shoyisi – jahon nazdida” nomli moda namoyishlari, “Buxoro 
hunarmandlari”, “Sharq taomlari”, “Nasriddin Afandi”, “Ipak va ziravorlar” kabi 
festivallar yuqorida keltirilgan islohotlarning amaliy yechimi sifatida namoyon 
bo’ladi. 
Bunga o’xshash ko’plab tadbirlar boy o’zbek xalqimiz hozirgi kunda o’z 
milliyligini jahonga ko’rsatishni yangicha yo’nalishi sifatida turistlarda qo’llash 
orqali amalga oshirilmoqda. Xususan, milliy urf-odatlarini namoyon etishni 
festivallar, ko’rgazmalar, bayramlar orqali mujassam etib kelayotgan “Ipak va 
ziravorlar” festivali nafaqat urf-odatlar, balki o’zining nodir va betakror buyumlari 
orqali turistlarni o’ziga jalb qiladigan hunarmandlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
yerda aynan hunarmandchilik mahsulotlari orqali o’zbek milliy urf-odatlari aks 
ettiriladi, buni qo’g’irchoqlar misolida, gilamchilik mahsulotlari, zardo’zlik, 
kulolchilik, kandakorlik buyumlari misolida ko’rishimiz mumkin.
Xalq hunarmandchilik mahsulotlari nafaqat xorijiy mehmonlarda, balki 
mahalliy aholining ham diqqatini tortmoqda. Bugunga kelib, Respublikamizda 500 
dan ortiq korxonalar aynan suvenirlar tayyorlash tizimi bilan shug‘ullanadi va ular 


156 
butun dunyoga tarqatiladi [2]. Buxoro xalqi azaldan o’zining qo’l mehnati, ya’ni 
zargarlik, zardo’zlik, misgarlik, kulolchilik, kashtachiligi bilan dunyoga dong 
taratgan. XVIII asrdan XX asr boshlariga qadar esa misgarlik, kandakorlik bo’yicha 
Markaziy Osiyoning asosiy markazi hisoblangan, aynan ma’lum bir hunarmandchilik 
turiga ixtisoslashgan mahallalar faoliyat ko’rsatgan. Biroq, hozirda aksariyat 
mahallalarda ota-bobolaridan qolgan hunarning davomchilarini topish mushkul.
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyev 
2017 
yilning 
17 
noyabrida 
“Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hunarmandchilik 
faoliyatini yo’lga qo’yishda, buyumlarni yaratishda turistlarni jalb qilish, turistlarni 
oqimini oshirish va ularga qulay infratuzilma yaratish borasida davlat tomonidan 
ishlab chiqaruvchilarga ko’plab imtiyozlar [3], misol tariqasida, hunarmandchilik 
faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy 
belgilangan soliq to‘lovidan to‘liq ozod etilishi, yoshga doir pensiya va nafaqa 
oluvchilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan 
ozod etilishi, qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga 
oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 
foizini to‘lashi, hamda hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan 
xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisobraqamlaridan chet el 
valyutasini naqd shaklda yechib olish huquqi berildi.
Berilgan imkoniyatlardan to’laqonli ravishda foydalanib, milliyligimizni qayta 
tiklash, mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida targ’ib qilish uchun bir necha takliflar 
amaliy hayotga tadbiq etilsa Buxoro viloyatida hunarmandchilikning turizm 
industriyasidagi roli yanada oshishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekiston qadimdan milliy urf-odatlari va 
hunarmandchillik mahsulotlari asrlar mobaynida sayqallanib, o’z jozibardorligini 
oshirib kelmoqda. Bu borada davlat tominidan sohani rivojlantirishda ko’plab amaliy 
ishlar qilinganligi va bu sohaga e’tibor kuchli ekanligi hozirgi O’zbekiston sharoitida 
yaqqol o’z aksini topgan. 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish