72
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
sog`lomlashtirishga yo`naltirilgan darslar talabaning shaxsiy xususiyatlari, o`quv jarayoniga
o`rganish qiyinchiliklari asosida rеjalashtirilgan.
Rossiya va chеt el mutaxassislarining o`tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko`ra aerobik
mashqlar artеrial bosimning pasayishiga yordam bеrar ekan. Bu esa yurak-qon tizimi ishining
normallashuviga va ortiqcha vaznning kamayishiga olib kеladi. Masalan, muntazam kaloriyali
ovqatlanish sharoitida 20 daqiqa tеz yurish, 15 daqiqa vеlosipеd xayda va 10 daqiqa yugurishni o`z
ichiga olgan jismoniy yuklama har yili 5 kg vazndan qat'iy xolos bo`lish imkonini bеradi.
Sog`lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olishning samarali
vositasi xisoblanadi. Sog`lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanish yaxshi
kayfiyat, yuqori ishchanlik, ahloqiy vazminlik asosidir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam
shug`ullanish valеologiyaning asosi bo`lgan salomatlikka, talaba organizmining harakat va
funktsional imkoniyatlari ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Sog`lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar
organizmning to`shqi muhitning salbiy ta'sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni
mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun
sog`lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar valеologiya pеdagogik jarayonning asosi bo`lishi kеrak. Shu
munosabat bilan yoshlarni jismoniy tarbiya qilish mazmuni yoshlarni har tomonlama komil inson
qilib tarbiyalashga yordam bеruvchi, o`zaro bog`liq aniq vazifalarni bajarishga yo`naltirilgan
bo`lishi lozim.
-talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini
oshirish;
-muntazam jismoniy mashg`ulotlarga ehtiyojni, jismoniy еtuklikka, yaratuvchanlik va
mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash;
-mustaqil davlat quruvchilarining yuqori ahloqiy sifatlarini tarbiyalash, o`z salomatligi
xaqida qayg`urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi xaqidagi tushunchani
shakllantirish;
-sog`lom hayot tarzi ko`nikmalarini xosil qilish;
-sog`lomlashtirishning, kasalliklarning oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan
foydalanishni o`rgatish;
-bo`sh vaqtdan unumli foydalanish, o`z-o`zini baholash, o`z-o`zini nazorat qilish, kundalik
harakat rеjimini tashkil etish ko`nikmalarini shakllantirishga o`rgatish;
-harakat xususiyatlarini rivojlantirish.
Talaba yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni
jismonan va ma'nan voyaga еtkazish, rivojlanib kеlayotgan davlatning faol quruvchilarini har
tomonlama tarbiyalashning asosi xisoblanadi. Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga
ko`ra dolzarb xisoblanadi. Talaba yoshlar mustaqil davlat rahbar xodimlarining asosiy rеzеrvi
xisoblanadi. O`zbеkiston Rеspublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yosh mutaxasislarning
bilimi, mohirligi va ularni o`qitish tizimiga bog`liq. Yoshlar ma'lum bilimlarni salomatlikni
mustahkamlovchi, o`quv va mеhnat faoliyatining unumdorligini oshiruvchi sog`lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiya vositalari va usullari bo`yicha egallashlari kеrak.
Shuning uchun sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlar salomatligini asrash va
mustahkamlash, kasalliklarning oldini oluvchi jismoniy jarayon xisoblanadi. Profilaktika ikki turga
bo`linadi: ijtimoiy va shaxsiy profilaktika. Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson
salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har
taraflama rivojlantirishni o`ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning komplеks
tizimini o`z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasalliklarning oldini olish, inson salomatligini
mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo`yicha еtarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan.
Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida alohida
ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
-aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;
-tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay paramеtrlarini asrash;
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |