Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
64 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
g‘oyalar va axborotlarni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va 
tanqid qilishda tarkib topadi. Badiiy asar matnini tushunish va baholash uchun har bir o‘quvchi tilni 
tushunishi va badiiy tasvir vositalarini bilishi kerak. Badiiy asar o‘quvchilarga hali duch kelmagan 
vaziyatlar va his-tuyg‘ularni o‘ganish imkoniyatini taqdim etadi. Badiiy adabiyotda tasvirlangan 
voqealar, harakatlar va oqibatlar o‘quvchilarga haqiqiy hayotni yoritibgina qolmay, tasavvur 
qilishlari mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bilvosita his qilish va aks ettirishga imkon beradi. 
Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo o‘zligini, qolaversa,olamni anglashga bo‘lgan 
intilishlariga turtki beriladi. SHuning uchun “O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizdagi 
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,mehnat, istiqlol va milliy-
ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular kiritilgan. Mazkur mavzularga 
oid badiiy va ilmiy-ommabop asarlar ta’limiy, axloqiy xarakterda bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy 
kamoloti va ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga qaratilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilarni 
badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida 
to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik 
hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha bilim va tarbiya berishni 
ta’minlaydi. Ularning ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib 
turadi. Adabiy mavzulardan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va 
tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularini uyg‘otishdir. 
“O‘qish kitobi” darsliklaridagi materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan sari mavzu jihatdan 
ham, mazmun jihatdan ham kengaya borishi hisobga olinadi. Har bir mavzu uchun tanlangan 
materialning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va 
yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor 
kurashi, bunyodkorlik ishlari, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida 
muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Najmiddin Kubro,Ibn Sino, Alisher Navoiy, 
Bobur, Pahlavon Mahmud va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu 
xildagi asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi 
farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Vatanga muhabbat tuyg‘usi 
shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni 
tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. 
Jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, 
milliy istiqlol bilan bog‘liq mavzudagi asarlar yordam beradi. 
Badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy xususiyatlaridan tashqari, 
mavzusi ham nazarda tutilgan holda metodik ishlar tashkil qilinadi. 
Badiiy asarning san’at hodisasi sifatidagi xos xususiyatlarini chuqur tushunish, mavjud 
adabiy bilim va tushunchalarni rejadagi asarlar tahliliga tatbiq etish o‘qish darslarining sifat va 
samaradorligini ta’minlaydi. 
PIRLS tadqiqotida o‘quvchilar matnni baholash va tanqidiy tahlil qilishda quyidagi 
malakalarga ega bo‘lishlari talab etiladi:
-matnda berilgan ma’lumotlarning aniq va to‘liqligini baholash; 
-tasvirlangan voqeani haqiqatdan sodir etilishi ehtimolini baholash; 
-insonlarning g‘oyalari va bajaradigan ishlarini o‘zgartirishda muallifning fikrlari qanchalik 
aniqligini baholash; 
-matn sarlavhasi asosiy mazmunni qanchalik yoritib berishini baholash; 
-metafora yoki nutq ohangi kabi til xususiyatlari ta’sirini tasvirlash; 
-muallifning asosiy mavzuga oid qarashlarini aniqlash. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Matchonov S., G‘ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlag‘ich sinflarda o‘qish darslarini 
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.–T.: Yangiyo‘l poligraf servis, 2008. –224 b. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish