276
FIZIKADAN ONLAYN DARSLARDA ELEKTRON TA‟LIM
RESURSLARIDAN FOYDALANISH
Haydarov K.B., Xalilov S.S., TATU
Keyingi o‘n yillik davomida yangi texnologiyalar sohasida ko‘plab
o‘zgarishlar odatiy holga aylandi. O‘quv jarayonlarini
avtomatlashtirish uchun
information tizimlar kiritildi. Bugungi kunda texnologiyalarning ta‘lim sohasidagi
o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. O‘quv tarmoqlari kengaydi. Maktablar,
universitetlar, kutubxonalar va dunyoning kompyuter sistemasi ma‘lumotlar bazasi
o‘rtasida cheklanmagan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Zamonaviy
texnologiyalar xoxlagan ta‘lim sohasi bo‘yicha ta‘lim tajribalari yordamida
foydalanish imkoniyatini beradi
Respublikamizda yangi ta‘lim tizimiga o‘tish munosabati bilan keng qamrovli
islohotlar o‘tkazilmoqda. Talabalar tafakkurini faollashtiruvchi, chuqurlashtiruvchi
va ilmiy-o‘quv axborot ko‘lamini kengaytiruvchi zamonaviy
pedagogik va axborot
texnologiyalarini o‘quvga joriy qilish amalga oshirilmoqda. Xususan, Universitetda
ham fizika fani aniq fan bo‘lganligi uchun dars o‘tish jarayonida qonun, ta‘rif,
tayanch tushunchalar va xulosalarni ob`ektiv baholashda o‘quv ilmiy axboro tuzatish
jarayonini faol o‘qituv texnologiyalari asosida talaba ongiga yetkazishda elektron
doskadan samarali foydalanilmoqda. Fizika fanini o‘qitishda
yuqori samaradorlikni
ta‘minlashning muhum omili-ko‘rgazmali namoyish eksperementlari, o‘quv filmlari,
o‘quv plakatlari slaydlari va multimediyalaridan unumli foydalanishdir. Ma‘ruza
paytida nazariy bayon qilinayotgan har bir nazariya, qonun, fizikaviy hodisalar,
hamda tushunchalar yaqqol namoyish qilinadigan mantiqiy nihoyasiga yetib talaba
ongida mustaxkam o‘rin oladi.
Ma‘ruzalarni elektron doska (ED) yordamida o‘tishda
talabalarning fikrlash
qobiliyatini faollashtirish, uzatilayotgan axborotni samarasini oshirish imkoniyatini
fizikaning hamma bo‘limlari bo‘yicha o‘quv filmlari, multimedialari, o‘quv plakatlari
slaydlari, elektron manbalar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Bugungi kunda elektron doskada tayyorlangan qiziqarli maʼruzalar
laboratoriya ishlari elektron darslik sifatida internetga kiritilib ulardan hamma oʻquv
muassasalarida ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda,
ammo bu resurslarni
yaratishda kompleks yondashishgina effekt berishi mumkin. Jumladan yaratilgan
resurslar yoki tarmoqda mavjud resurslardan foydalanish didaktik maqsadlarga mos
boʻlmogʻi joizdir.
Masalan, ‗Smart Boord‘ texnologiyasi asosidagi elektron doskada resurslardan
quyidagicha amaliy tadbirlar bilan foydalanish mumkin:
277
1-topshiriq: Elektron doska kolleksiyasida va Internetda mavzuga oid
resurssaytlarni toping va jamlang.
2-topshiriq: Elektron doska kolleksiyasida mavjud imkoniyatlari va
Internetdan olingan resurslar instrumentariy yordamida
tayyorlangan mavzuga oid
chizmalar tablitsalar laboratoriya ishlari sxemalari va o‘qituvchiga ko‘rsatish.
3-topshiriq: Elektron doska yordamida hosil qilingan elektron material,
taqdimot materiali yoki elektron resursni kolleksiyasida saqlash va axborotlar
bazasiaga kiritish.
Biz mazkur didaktik yondashuv asosida umumiy fizika va nazariy
mexanikadagi oid ba‘zi mavzularni elektron doskada yoritish uchun kerak bo‘ladigan
yordamchi materiallar yaratdik va elektron doska kolleksiyasida saqlab qoydik.
Labaratoriya ishlarini informatizatsiyalash jarayonida
elektron doska va shaxsiy
kompyuterda qo‘llaniladigan Excel, Power Point, Flash kabi dasturiy ta‘minot va
resurslardan foydalandik. Bu resurslardan foydalanish amalda mavjud bo‘lgan
kompyuterlar bazasida bemalol, texnik qiyinchiliklarsiz, amalga oshirilish mumkin.
Mazkur asnoda tadbirlarni amalga oshirilish jamiyatni axborotlashtirish
davrida pedagogik kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda o‘sib kelayotgan
avlodni hayotga tayyorlash
maqsadlarni muvofiq keladi, o‘quv jarayonini
jadallashtirish, ta‘limni faollashtirish vazifa qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: