273
FIZIKA FANINI OʻQITISHDA MULʼTIMEDIA VOSITALARI VA
KOMPʼYUTER DASTURLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA DARS
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Jumaniyozov I.O., TATU
Jahondagi har qanday davlatda texnika, texnologiyalar hamda ishlab
chiqarishning rivojlanishi va natijada yuksak iqtisodiy qudratga ega boʻlishi
shubhasiz, shu mamlakatda taʻlimni, ilm – fanni yuqori darajaga koʻtarilishi va
salohiyatli kadrlar tayyorlanishi bilan uzviy bogʻliqdir. Rivojlangan mamlakatlar
tajribasidan maʻlumki, taʻlimni, ilm – fanni rivojlantirish bilan bir qatorda yuqori
salohiyatli, ishlab chiqarishga tez moslashuvchan kadrlar tayyorlash masalalariga
katta eʼtibor qaratiladi.
Mamlakatimizda ayniqsa, keyingi yillarda taʻlimga, yoshlarning bilim olishiga
katta eʼtibor qaratilmoqda. Birgina taʼlim tizimini rivojlantirishga oid 10 dan ortiq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari qabul qilindi. 2019 yil 8
– oktyabrda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʻrisida»gi farmoni eʼlon qilindi.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish birinchi navbatda tayyorlanayotgan kadrlar
sifatiga bogʻliq. Keyingi yillarda turli tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar
ushbu masalaning dolzarbligini yana birbor isbotladi.
Keyingi yillarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, dars mashgʻulotlarini
tashkil etishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda. Taʻlim jarayonida
mulʼtimedia vositalaridan va kompʼyuter dasturlaridan foydalanish taʻlim sifatini
oshirish kafolatlaridan biridir.
Mulʼtimedia texnik vositalarini vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlib
oʻrganish mumkin.
Maʻlumotlarni audio – (nutqli) kiritish va chiqarish qurilmalari;
Mikrafon, turli eshitish qurilmalari (kalonka, naushnik);
Maʻlumotlarni koʻrsatish – raqamli, tasvirva video axborotlarni
foydalanuvchiga koʻrsatuvchi qurilmalar (monitor, proyektor qurilmalari, video karta
qurilmasi);
Video va grafik maʻlumotlarni kiritish qurilmalari – raqamli video kamera,
raqamli fotokamera, TV-tyuner, modem.
Oʻquv jarayonida qoʻllanilayotgan zamonaviy mulʻtimedia texnoloyilaridan
biri interfaol elektron doska hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi
koʻrinishga ega boʻlib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik, koʻrinish, chizma,
jadval kabilar, tez fursatlarda doska displeyida paydo boʻladi.
274
Elektron doskalarning taʻlimda asosiy afzalliklari quyidagilar:
• Auditoriyada talabalarni diqqat eʼtiborini bir obʼektga yoʻnaltirish;
• Dars mavzusiga oid natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali joʻnatish,
saqlash imkoniyatlarining mavjudligi;
• Dars jarayonida matn, tovush, animatsiya, grafiklardan birgalikda foydalanish
imkoniyatining kengligi;
• Mavzuni tushuntirish jarayonida maʻlumotlarni tahrirlash va elektron
qalamdan foydalanishning mavjudligi.
Respublikamizdagi taʻlim muassasalari oʻquv auditoriyalarida Activboard
interfaol elektron doskalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Activboard interfaol
elektron doskalari konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun
moʻljallangan qulay texnika vositasi hisoblanadi. Activboard interfaol elektron
doskalar auditoriya aʼzolariga maʼlumotlarni yetkazish sifatini oshiradi. Activboard
interfaol elektron doskalardan foydalanish auditoriyadagi har bir qatnashuvchining
faol ishtirokiga imkon yaratadi. Elektron qalam orqali kompʼyuterni sichqoncha kabi
boshqarish mumkin. Activboard interfaol elektron doska Windows tizimining
istalgan ilovasida ishlay oladi. Infraqizil poʻrtli panelʼ yordamida faol ekranni
auditoriyaning istalgan joyidan turib boshqarish mumkin. Ulardan keng
foydalanilayotgan amaliy ishlardan biri kompʼyuter dasturlari yordamida kuzatilishi
qiyin boʻlgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual tajribalar va
taqdimotlar asosida koʻrgazmali tushuntirishdir.
Hozirgi kunda bunday dasturlarning bir qanchasi mavjuddir. Misol uchun
Word, Exsel, Internet Explorer, Opera, Macromedia Flash Mx, Macromedia
Authorware, Adobe Photoshop, Crocodile Physics, Electronics Workbench
dasturlaridir.
Word dasturida matnli hujjatlarni yaratish va qayta ishlash, nusxa olish va chop
etish; Exsel dasturida matnli va sonly maʼlumotlarni kiritish, oddiy jadvallar yaratish
va qayta ishlash, nusxa olish, saqlash va chop etish; Internet Explorer, Opera va
boshqa brauzerlardan foydalanib, internetdan zarur boʻlgan maʻlumotlarni qidirish va
yuklab olish; Animatsiyon roliklar yaratish uchun Macromedia Flash Mx
dasturlaridan foydalaniladi. Mulʼtimedia taqdimot maʼruzalarini yaratishda Power
Point va Macromedia Authorware dasturlaridan foydalaniladi. Elektron oʻquv
adabiyotlarini yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi Adobe
Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi.
Crocodile Physics dasturidan foydalanish fizik jarayonlarni modellashtirish va
fizikaning mexanika, elektr, optika va toʻlqin hodisalariga oid tajribalarni kuzatish
275
imkonini beradi. Bu dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar oʻtkazish va turli
murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkonini beradi .
Fizika fanining elektromagnit jarayonlarini oʻrganuvchi qismi hisoblangan
«Elektrvamagnetizm» boʻlimida tajriba ishlarini bajarishda Electronics Workbench
dasturidan foydalanish elektrotexnik jarayonlarni tahlil etishni osonlashtiradi.
Electronics Workbench dasturi sxematik modellashtirilgan sistema boʻlib, analogli,
raqamli va raqamli-analogli elektr sxemalarni modellashtirish va tahlil qilish
imkonini beradi. Dastur bazasida keng tarqalgan elektron komponentlarning katta
toʻplami mavjud. Komponentlar qiymatlarini kattaliklar toʻplamidan klavishlar
yordamida oʻzgartirish mumkin. Electronics Workbench dasturida tajriba ishlarini
bajarish vaqtni tejash imkonini berish bilan birgalikda, alohida joyga ehtiyoj
tugʻdirmaydi. Electronics Workbench dasturida sxemalarnino toʻgʻri yigʻish
asboblarning ishdan chiqishiga va tajriba oʻtkazuvchining hayotiga xavf
tugʻdirmaydi.
Oliy taʻlimda taʻlim sifatini talab darajasiga koʻtarish uchun, bilimli va yuqori
salohiyatli professor-oʻqituvchilardan tashqari, moddiy texnik baza bilan
taʻminlanganligi, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan innovatsiyon
pedagogic texnologiyalar qoʻllanilishi, aniq va fundamental fanlarni rivojlantirishni
taʻminlaydigan oʻquv va ilmiy – tadqiqot laboratoriyalari tashkil etilganligi, ishlab
chiqarish korxonalaridagi mavjud asbob uskunalar va jihozlar kabi, oily taʻlim
muassalarida ham taʻminlangan boʻlishi kerak.
Taʻlim jarayonida talabaga berilayotgan maʻlumotlarning salmogʻi emas, sifati
muhum boʻlishi kerak. Unda pedagogik texnologiyalarning eng soʻngi yutuqlari,
axborot texnologiyalarining mukammal variantlaridan foydalanish koʻzda tutiladigan
tizimga erishish maqsad
–
muddaomiz boʻlishi lozim. Xususan, oily taʻlimda dars
jarayoni bir tomonlama boʻlmasligi, balki talaba faol ishtirokchiga aylanishi zarur.
Darslarni har tomonlama qiziqarli tashkil etish uchun moddiy-texnik bazaning
taʻminlanganligiga alohida eʼtibor qaratilishi zarur. Zamonaviy axborot
texnologiyalari bilan auditoriyalarni jihozlamasdan turib, ushbu ishlarni amalga
oshirish qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Taʼlim sifatini moddiy texnik bazani tashkil
etmasdan turib amalga oshirib boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |